So’nggi yangiliklar

00:29Ўртоқлик учрашуви. "Дўстлик" Тожикистон Олий лигаси жамоасини мағлуб этди  0 23:55Ўртоқлик учрашуви. "Навбаҳор" "Хоразм"ни минимал ҳисобда таслим этди  0 23:40Қозоғистон Лига кубоги. "Турон" ва "Ордабаси" ўртасидаги ўйинда жанговар дуранг қайд этилди  0 23:27"Тоттенхэм" 60 млн фунтлик ўйинчисини Саудия Арабистонига қўйиб юборишга тайёр  0 22:47Расман: Санжар Қувватов "Нефтчи"ни тарк этди  8 22:39Ўртоқлик учрашуви. "Пахтакор" Чераннинг голи эвазига "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  7 22:30Назорат учрашуви. "Бунёдкор" "Арал"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 21:58МЮ товон пули 60 млн евро бўлган испаниялик хавбекка қизиқмоқда  1 21:32"Ман Юнайтед" Маунтни сотишни режалаштирмаяпти. Хавбек янги мавсумда ўзини кўрсатмоқчи  1 21:06"Mirabror Usmanov Cup-2024". Ўзбекистон Қирғиз Республикасини мағлуб этди, Нишоновдан хет-трик!  3 21:01Фюллькруг Ла Лига гранди сафига ўтиши мумкин  1 20:27Назорат учрашуви. "Андижон" ва "Қизилқум" ўртасидаги ўйинда 4та гол урилди  7 19:59"Фенербахче" "Севилья" билан Юссеф Эн-Несири трансфери бўйича келишувга эришди, аммо...  1 19:33РПЛ. "Локомотив" голларга бой учрашувда "Акрон"ни мағлубиятга учратди  5 19:12"Mirabror Usmanov Cup-2024". Ўзбекистон - Қирғиз Республикаси: Таркибимиз маълум  2

Osiyo kubogi-2023. Tojikiston musobaqadagi ilk ishtirokidayoq ikkinchi o'rin bilan keyingi bosqichga chiqdi! Yangiliklar

Osiyo kubogi-2023. Tojikiston musobaqadagi ilk ishtirokidayoq ikkinchi o'rin bilan keyingi bosqichga chiqdi!

Osiyo kubogi-2023 "A" guruh 3-tur doirasidagi Tojikiston - Livan o'yini bo'lib o'tdi.

Tojikiston — Livan 2:1

Gollar: Parviz Umarboev (81), Nuriddin Hamroqulov (90+2) — Bassel Jradi (48).

Tojikiston: Yatimov, Safarov, Xanonov, Jo'raboev, Nazarov (Davlatmir, 90), Panshanbe, Umarbaev, SHukurov (Muhammadjon, 72), Jalilov (Xayloev, 88), Mabatshoev (Hamroqulov, 72), Soirov (Samiev, 72).

Livan: Matar, Al Zein, Xamis, Al Zeyn, Melki, Nassar (Laxud, 82), Jradi (Bitar, 82), Srour, Tnesh (Xaydar, 82), Maatuk (SHur, 58), Bugiel (El Xelve, 67).

Ogohlantirish: Jo'raboev (27), Matar (77), Al Zein (90), Panshanbe (90), Xayloev (90).

CHetlatish: Al Zeyn (56).


Tajikistan

Parvizdzhon Umarbaev - 80', Nuriddin Khamrokulov - 90'

Asian Cup Grp. A . 3-tur

22/01/2024, 19:00

1
:
2
Tugadi

Lebanon

Bassel Jradi - 47'

Stadion: Jassim Bin Hamad Stadium, 11843 tomoshabin

45'
90'
27'  Zoir Dzhuraboev
72'  Alisher Shukurov (Muhammadjon Rahimov)
72'  Rustam Soirov (Shahrom Samiev)
72'  Shervoni Mabatshoev (Nuriddin Khamrokulov)
80'  Parvizdzhon Umarbaev
88'  Alisher Dzhalilov (Ruslan Khayloev)
90'  Nuriddin Khamrokulov
90'  Ehson Panjshanbe
90'  Ehson Panjshanbe
90'  Ruslan Khayloev
90'  Akhtam Nazarov (Tabrezi Islomov)
47'  Bassel Jradi
47'  Hasan Srour
56'  Kassem El Zein
58'  Hassan Maatouk (Waleed Shour)
67'  Omar Bugiel (Hilal El-Helwe)
77'  Mostafa Matar
82'  Ali Tneich (Mohamad Haidar)
82'  Nassar Nassar (Daniel Lajud)
82'  Bassel Jradi (Gabriel Bitar)
90'  Hussein Zein



O'YIN YAKUNLANDI. TOJIKISTONLIK MUXLISLARNI TABRIKLAYMIZ!



90+12. Tojikistonda o'zgarish: Islomov Nazarovning o'rniga maydonga tushdi.

90+12. Hailoev raqibning qorin qismiga oyog'i bilan zarba berib yuborgani uchun sariq kartochka bilan jazolandi.

90+11. Tojikiston qarshi hujumda uchinchi golni urishi mumkin edi. Ammo, raqib o'yinchisi ushbu vaziyatda abjirroq harakat qildi.

90+7. Hilal Al Helvi birga-bir vaziyatdan darvozani ishg'ol qila olmadi. Uning bergan zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.

90+7. Navbatdagi sariq kartochka Ehsoni Panshanbega ko'rsatildi. Hakam Tojikiston yarim himoyachisi vaqtni cho'zgan deb baholadi. 

90+4. Husayn Al Zein sariq kartochka bilan jazolandi.

90+2. GOOOOOOLLLL! Hamroqulov jarima maydonchasi ichida to'pni boshi bilan raqibda darvozasiga yo'lladi!

90. Dahshat! Hakam ikkinchi bo'limga 16 daqiqa (!) qo'shib berdi.

88. Tojikiston safida Xayloev Jalilovni almashtirdi.

82. Livan safida o'zgarishlar ro'y berdi: Haydar, Lajud Martines va Bitar Sisi, Nassar va Jradining o'rnini egalladi.

81. GOOOOOLLL! Umarboev jarima zarbasidan raqib darvozasini ishg'ol qildi! Bu Tojikiston uchun Osiyo kubogi tarixidagi ilk gol bo'ldi.

77. Navbatdagi sariq kartochka Livan o'yinchisi Mustafo Matarga ko'rsatildi.

77. Panshanbe jarima zarbasini ijro etdi, ammo "Navbahor" sobiq o'yinchisining bergan zarbasi noaniq edi.

72. Bu orada Tojikiston terma jamoasida bir yo'la uch o'zgarish ro'y berdi: SHukurov, Soirov va SHervoni o'z o'rinlarini Rahimov, Samiev va Hamroqulovga bo'shatib berishdi.

71. Yo'q do'stlar! Bu safar ham Tojikiston terma jamoasi o'yinchisi offsaydda qolgani malum bo'ldi va gol bekor qilindi.

70. GOOOOLLL! Tojikiston hisobni tenglashtirdi. Alisher Jalilov jarima maydonchasi ichidagi tartibsizlikdan so'ng qulay vaziyatdan to'pni darvozaga aniq yo'lladi. Bu Tojikiston uchun Osiyo kubogi tarixidagi ilk gol!

68. Halil Hamis ustunlikni ikkita golga oshirishi mumkin. Ammo, uning burchak to'pidan so'ng bergan zarbasiga aniqlik etishmadi.

67. Livanda navbatdagi o'zgarish: Omar CHaaban uchun bugungi o'yin yakunlandi, uning o'rnini Hilal Al Helvi egalladi.

65. Ha, livanliklar etiborlarini ko'proq mudofaaga qaratishgan. Tojikiston esa to'pga egalik qilayotgan bo'lsa ham xavfli vaziyatlargacha etib bormayapti.

58. Livan terma jamoasida o'zgarish: Valid SHur jamoa sardori Hassan Matukni almashtirdi.

57. Alisher Jalilovning jarima maydonchasi chegarasida bergan zarbasi o'ta noaniq chiqdi.

56. Qosim El Zeyn maydondan chetlatilmoqda. Hakam uning harakati qizil kartochkaga loyiq deb topdi!

55. Hakam VAR monitoriga qarab yo'l oldi. Ehtimoliy qizil kartochka!

54. Livan terma jamoasi o'yinchisi Qosim El Zeyn raqibiga nisbatan juda qo'pol harakat qildi. Hakam esa uni sariq kartochka bilan "siyladi".

51. Kichik janjal yuzaga keldi. Uning tashabbuskori esa Alisher Jalilov. OKMK sobiq futbolchisi raqibni vaqt cho'zishda ayblab tezroq o'rnida turishni talab qildi.

48. GOL! Livan hisobni ochmoqda. Jradi juda chiroyli gol urdi. Bassel uzoqroq masofadan Yatimov qo'riqlayotgan darvozani ishg'ol qildi.

46. Ikkinchi bo'limga start berildi!


BIRINCHI BO'LIM YAKUNLANDI

45+7. Hakam offsayd sabab golni bekor qilmoqda. VAR ushbu vaziyatda o'yindan tashqari holatni qayd etdi.

45+5. GOOOOOLL! Tojikiston taym so'nggida hisobni ochdi. SHervoni Mabatshoevning jarima maydonchasi ichidan bergan zarbasi rikashet orqali raqib darvozasidan o'rin oldi.

45+3. Alisher Jalilovning xavfli zarbasini darvozabon bartaraf etdi. Ammo, bundan biroz oldinroq o'yindan tashqari holat ro'y bergani malum bo'lmoqda.

45. Hakam birinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berdi.

42. Hanonovning qo'pol xatosi Tojikistonga qimmatga tushishi mumkin edi. Yakunda himoyachilar bir amallab to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishdi.

40. xG bo'yicha ko'rsatkich juda past: 0.18 - 0.17.

34. Hassan Matuk o'z omadini sinab ko'rdi. Livanliklar sardorining bergan zarbasi biroz noaniq chiqdi.

32. Uhhh!!! Tojikistonliklar hisobni ochishlari mumkin edi. Darvozabon to'pga erta chiqib uni maydonga chiqarib yubordi. Ammo, tojiklar tezda o'ynab ketishdi va posbon bu vaqtda darvozasiga qaytishga ulgurmagandi. Ammo, ochiq qolgan darvozaga yo'naltirilgan to'pni livanliklar futbolchisi qaytardi.

27. Zoir Jo'raboev raqibiga qarshi qo'pol harakati uchun sariq kartochka bilan jazolandi.

23. Rustam Soirov! "Lokomotiv" (Toshkent) hujumchisida hisobni ochish uchun yaxshi vaziyat yuzaga kelgandi. Ammo, livanlik futbolchilar xavfli vaziyatning oldini olishdi.

15. Hozircha o'yin xavfli vaziyatlarsiz o'tmoqda. Livan terma jamoasi so'nggi daqiqalarda tojiklar darvozasi oldiga ancha yaqinlashib olishdi.

8. Xavfli vaziyat! Hussayn Zaynning jarima maydonchasi ostonasidan bergan kuchli zarbasini Yatimov qiyinchilik bilan bartaraf etdi.

4. Hozircha tojikistonlik futbolchilar o'yinni o'z nazoratlariga olishga urinishmoqda.

1. O'yin boshlandi!

- Ikki mamlakat madhiyalari yangramoqda.

- Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.

- Birozdan so'ng Osiyo kubogi-2023 "A" guruh 3-tur doirasidagi Tojikiston — Livan o'yini boshlanadi. Biz esa qo'shnilarimiz uchun tarixiy bo'lgan o'yinni birgalikda kuzatib boramiz.

Reyting: +46   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика