Osiyo Kubogi-2019. "Saudiya Arabistoni to'g'ri yo'ldan ketyapti" - Xuan Antonio Picci
26 dek 2018 16:25
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/468904_original.jpg)
![](/upload/storage/468904_220.jpg)
Osiyo Kubogi-2019. "Saudiya Arabistoni to'g'ri yo'ldan ketyapti" - Xuan Antonio Picci
Saudiya Arabistoni terma jamoasi ham Osiyo Kubogiga qizg'in tayyorgarlik ko'rmoqda.
Jamoa bosh murabbiyi Xuan Antonio Picci musobaqaga tayyorgarlik haqida gapirdi: "Biz Dubayga keldik va buyog'iga mashg'ulotlarni shu erda olib boramiz. Osiyo Kubogidagi dastlabki uchrashuvni 8 yanvar kuni KXDRga qarshi o'tkazamiz. Bu o'yinga tayyorgarlik yaxshi ketyapti".
"Men imkon qadar har bir futbolchining holatidan xabar olib turibman. Musobaqa oldidan bu nihoyatda muhim hisoblanadi. O'ylaymanki, terma jamoa Osiyo Kubogiga qadar 100 foiz tayyor holatda bo'ladi. Saudiya Arabistoni to'g'ri yo'ldan ketyapti va buni musobaqa davomida ko'rsatishga harakat qilamiz".
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar