Osiyo Kubogi-2019. Avstraliya o'z guruhida birinchi bo'la olmaydi
11 jan 2019 02:04
Yangiliklar


Osiyo Kubogi-2019. Avstraliya o'z guruhida birinchi bo'la olmaydi
BAA mamlakatida Osiyo Kubogi bahslari davom etmoqda.
Bugun "B" guruhidan o'rin olgan Iordaniya - Suriya uchrashuvi bo'lib o'tdi. Unda Iordaniya 2:0 hisobida g'alaba qozondi. SHu tariqa, Vital Borkelmans shogirdlari muddatdan avval keyingi bosqich yo'llanmasiga ega chiqishdi.
Ushbu guruhda ikkinchi o'rinni olgan jamoa O'zbekiston joylashgan guruhda ikkinchi o'rinni olgan jamoa bilan to'qnash keladi.
Avstraliya navbatdagi ikki uchrashuvda g'alaba qozonsa ham Iordaniyadan tepada bo'lmaydi. Yani "sokkeruz"lar maksimum 2-o'rinni qo'lga kiritishlari mumkin. Katta ehtimol bilan shunday ham bo'ladi.
Ertaga Dubay shahridagi "Rashid" stadionida Falastin - Avstraliya uchrashuvi bo'lib o'tadi. Mazkur o'yinni o'zbekistonlik Valentin Kovalenko boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar