So’nggi yangiliklar

13:21"Реал" Эндрикни қўйиб юборишга рози бўлди  0 12:59Рубен Диаш: “Ман Сити”да янги ўйинчилар пайдо бўлди, лекин сифат ўзгармаган"  0 12:17Уэйн Руни: “МЮнинг ўтган ёзгача бўлган трансфер сиёсати даҳшатли эди"  0 11:53Ўзбекистон U-23 терма жамоаси асосий таркиби эълон қилинди  3 11:37Рауль Кумар: "Қатарга узоққа бориш мақсадида ташриф буюрганмиз ва биздан шуни кутишмоқда"  3 11:10Хорватия U-17 бош мураббийи: "Ҳеч қандай рақибдан қўрқмаймиз"  20 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар топди  1 10:24АПЛ клуби Родриго трансфери бўйича "Реал" билан музокараларни бошлади  0 09:56Дешам ЖЧ-2026дан кейин қайси клубни бошқариши мумкинлиги маълум бўлди  1 09:28"Ливерпуль" январда ПСЖ етакчиси учун 130 миллион евро тўлаши мумкин  2 08:59Месси: "Мен бутун умримни "Барса"да ўйнаб ўтказаман, деб ўйлагандим"  3 08:31"Челси" "Реал" тарбияланувчисини сотиб олмоқчи  3 08:03Ўзбекистон Хорватия баҳсининг бошланиш вақти маълум  24 07:35Sofascore. Йирик ҳисоб қайд этилган баҳсда футболчиларимиз неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 01:18Муҳаммад Ҳакимов: "Тикланиб олишимиз керак"  3

Intervyu. Mirjalol Qosimov: "Jiddiy aytganda Jahon chempionatiga chiqishga endi tayyor bo'ldik, bu natija o'z-o'zidan kelmadi" Yangiliklar

Intervyu. Mirjalol Qosimov: "Jiddiy aytganda Jahon chempionatiga chiqishga endi tayyor bo'ldik, bu natija o'z-o'zidan kelmadi"

Ayni paytda mamlakatimizda futbol bayrami nafasi kezib yuribdi.

Sababi esa malum, O'zbekiston terma jamoasi tarixda ilk bor Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Kecha esa bu bayramga yana ko'tarinki ruhda, yuqori notada nuqta qo'ya oldik. Biz bu borada yanada yaxshiroq hissiyotga ega, o'z vaqtida terma jamoa boshqaruvida mundialga chiqishga juda yaqin kelgan Mirjalol Qosimovning fikrlari bilan qiziqdik. 

- Mirjalol Qo'shoqovich, O'zbekiston terma jamoasining Jahon chempionatiga chiqqanidan so'ng qanday hissiyotlar uyg'ondi? Siz o'z vaqtida Jahon chempionatiga ikki bor termani etaklagansiz, hammadan ham ko'proq buni siz yaxshi his qila olasiz...

- O'tgan hafta, BAA bilan o'yindan avval davlat nashrlaridan birining “Bo'lajak 2 uchrashuv oldidan nimalarni kutayapsiz?” degan savoliga “Men faqat bir narsani kutayapman: termamiz barcha masalani Abu-Dabida hal qilsin va Toshkentdagi so'nggi bahsda  Qatar bizni jonli yo'lak orqali qutlasin” deb javob bergan edim. Bu o'ziga xos zo'r ramziy mano kasb etgan bo'lardi. Yani aynan Osiyo chempioni O'zbekiston termasini Jahon chempionatiga kuzatib qo'ygan bo'lardi. Albatta, qatarliklar buni o'zlariga ep ko'rishmadi, lekin muhimi bu emas. Muhimi, biz tarixda ilk bor Jahon chempionati ishtirokchisiga aylandik va turnirni juda chiroyli yakunladik. Juda ko'pchilik yurtdoshlarimizning orzusi ro'yobga chiqdi. 

- Jahon chempionati yo'lida har safar nimadir kichik detal etishmay qolardi. Bu safar qaysi etishmagan omil etarli bo'ldi yoki yordamga keldi? 

- Kichik emas, katta detal etishmasdi, yani kvota 8 yarimta emasdi (kuladi). Jiddiy aytadigan bo'lsak, biz Jahon chempionatiga endi tayyor bo'ldik. Avvallari ham yo'llanmani qo'lga kiritishga juda yaqin kelgandik, lekin u ko'proq omadga bog'liq bo'lardi. Infratuzilma, stadionlar ahvoli, milliy chempionat saviyasi, vitaminizaciya, bolalar futboliga munosabat kabi masalalarda hali ko'p ishlarni amalga oshirish talab etilardi. Hatto terma jamoa bazasi ham yo'q edi. Yillar davomida bularning bari amalga oshirildi. Sifatli maydonlarda futbolchilarimiz sifatli o'yinlar namoyish etishmoqda. Ular Angliya va Italiya chempionatlarida to'p tepishmoqda. Yani biz hamma tomonlama kuchaydik va Jahon chempionatiga chiqishga loyiq bo'ldik. Bu o'z-o'zidan bo'lib qolgani yo'q. Yurtboshimizning sportga, xususan futbolga bo'lgan etiborlari va amaliy yordamlari tufayli yuqoriga ko'tarildik. Sportchilarimizning Parij Olimpiadasidagi misli ko'rilmagan yutuqlari, futbolchilarimizning Olimpiada va Jahon chempionatiga yo'l olishlari Prezidentimizning shaxsan qo'llovlari natijasidir. Ularning shaxsan stadionga tashriflari yoshlarimizga ajoyib motivaciya bo'lgan va ular qita chempionligini qo'lga kiritishgandi. Shu kunlarda Toshkentda katta xalqaro anjuman bo'layotganidan, oliy darajada uchrashuvlar tashkil etilayotganidan xabarim bor. Shuncha tig'iz vaqt bo'lishiga qaramasdan, mehmonlarni ham o'zlari bilan stadionga olib kelganlari shunchaki ajoyib! Ular hashamatli stadionni ko'rish barobarida bizda mundialda qatnashadigan kuchli jamoa borligiga ham ishonch hosil qildilar. Shuningdek, yuqoridagi hazilimning chin tarafi ham bor - Osiyoga kvotalar soni 2 baravar oshirilishi ham alohida ahamiyat kasb etadi.  

- Timur Kapadzening murabbiylik salohiyatiga qanday baho berasiz?

- Timur futbolchilik paytidayoq murabbiylikka qiziqa boshlagan. Bunyodkorda bosh murabbiy bo'lganimda, u jamoa azosi edi va maydondagi norasmiy murabbiy edi. Uning sheriklariga bergan ko'rsatmalaridan, u kelajakda yaxshi murabbiy bo'lib etishishini tahmin qilgandim, bu tahminim o'zini oqladi.  Katanec sog'lig'i tufayli terma jamoada ishlay olmasligi ayon bo'lgach, O'FAdan menga aloqaga chiqishdi va yangi bosh murabbiy borasida fikrlarimni so'rashdi. Men o'ylab ham o'tirmay, Timurning nomzodini ilgari surdim. Olimpik va Olimpiya terma jamoasi orqali u katta tajriba orttirgandi va milliyga aynan u bo'lishi lozim degan fikrni berganman. Hozirgi kunda, terma jamoa o'yinchilarini undan yaxshiroq biladigan mutaxassis yo'q hisobi. Shu bois ham, shogirdimga ishonaman va uning faoliyatiga omad yor bo'lishini chin dildan tilayman.   

- Kichik tarixga qaytsak qarshi bo'lmasangiz. 2014 yil Qatarni 5:1 hisobida taslim qilganmiz. Men ko'rgan o'sha vaqtdagi eng yaxshi o'yinlarimizdan biri. Ushbu uchrashuvni qanday xotiralar bilan eslaysiz?

- Biz o'sha yili Jahon chempionatiga chiqish uchun har qachongidan yaqin kelgan edik. Janubiy Koreya o'z uyida Eronga yutqazib qo'ymaganida biz to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmaga ega chiqqan bo'lardik. Yakunda koreyslar bilan bir hil ochko to'plaganmiz, faqat to'plar nisbatiga ko'ra ulardan qolib ketganmiz. Qatar bilan o'yinda 6 ta to'p farqi bilan g'alaba qonishimiz talab etilardi. Bu mushkul bo'lsa-da, barchamiz shu maqsadda harakat qilganmiz. Ko'p gol urish bosimi futbolchilarga salbiy tasir qilgan va 1 chi bo'limda gol urish o'rniga, o'z darvozamizdan o'tkazib yuborganmiz. 2 chi bo'limda 5 ta gol urganmiz, lekin qolganiga kuch ham, vaqt ham etmagan. Afsuski, hammasi ham bizning qo'limizda emas edi. 

- Milliy terma jamoamizning Jahon chempionatiga yo'llanma olishining tarixiy ahamiyati borasida qanday fikrdasiz?

- Yuqorida aytganimdek, jamoamiz mundialga chiqishi uchun yillar davomida katta hajmda ishlar amalga oshirildi. Bu esa biz bu yog'iga tasodif yoki omad tufayli emas, tizimli ravishda Jahon futboli kuchlilari safidan o'rin olishimizga imkon beradi. Sobiq ittifoq chempionatida biz quyi ligaga tushib ketmaslik uchun kurash olib borar edik. Endi esa, ular orasida Jahon chempionatiga yo'l olgan yagona mamlakatga aylandik! Bu o'z-o'zidan bo'lib qolgani yo'q. O'zbekistonda futbolni yuqori cho'qqiga olib chiqish uchun katta hajmda ishlar bajarildi. 

Shu kunlarda menga dunyoning turli nuqtalaridan tabrik xabarlari kelmoqda. Bir vaqtlar birga o'ynagan va ishlagan hamkasblarimdan. Ular bilan do'stona aloqalarini hali ham saqlab qolganmiz.  O'zbekiston mundialga chiqishi bilan, rus, ukrain, osetin, gruzin, ozarbayjon va boshqa millat vakillari tabriklar yo'llashmoqda. Buni tasavvur qilish qiyin! Markaziy Osiyo davlatlarining bizga qo'shilib shodon bo'lishlarini ham til bilan tasvirlab bo'lmaydi. Bu shunchaki ajoyib!   

Reyting: +27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика