Osiyo Kubogi-2015 saralash bosqichi. “E” guruhiga nazar
15 noy 2013 12:41
Yangiliklar

Osiyo Kubogi-2015 saralash bosqichi. “E” guruhiga nazar
Bugun qitamizda Osiyo Kubogi-2015 saralash bosqichidan o'rin olgan 4-tur uchrashuvlari o'tkaziladi. “E” guruhida quyidagi bellashuvlar bo'lib o'tadi.
17:00. Vetnam – O'zbekiston
20:30. BAA – Gonkong
O'zbekiston milliy terma jamoasi ishtirok etayotgan ushbu guruhda 9 ochko jamg'argan BAA peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o'rinda borayotgan O'zbekiston hisobida 4 ochko, shuningdek 3-o'rindagi Gonkong hisobida ham 4 ochko bor. Vetnam esa 0 ochko bilan oxirgi o'rinni egallab turibdi.
Mirjalol Qosimov: (O'zbekiston termasi bosh murabbiyi): “Biz bu erga uzoq parvozni amalga oshirgan holda etib keldik. Lekin mahalliy iqlimga moslashib olish uchun bir kun etarli bo'ldi. Jamoamizdagi hamma juda yaxshi jismoniy holatda. Birinchi uchrashuvda Vetnam mazmunli harakat qildi, lekin biz ham bo'sh kelmadik va 3:1 hisobida g'alaba qozondik. Javob bahsida Vetnamning o'z uyida to'p surishini inobatga olmaganda, biz ulardan kuchlimiz va buni maydonda isbotlashni xohlaymiz. Menimcha, ular bizga qarshi qarshi hujumda to'p sursa kerak”.
Nguen Van Si (Vetnam termasi bosh murabbiyi): “Biz O'zbekiston bilan kechadigan ikkinchi o'yinga tayyormiz. Bu uchrashuvda ikkita o'zgarishni amalga oshiramiz. Asosiy darvozabonimiz bilan jamoa sardori jarohatdan tuzalib yana safga qaytishdi. Bu esa tarkibimizni kuchaytiradi. O'zbekiston – ayniqsa hujumda kuchli, shunday ekan, dastlab himoya haqida bosh qotirmasak bo'lmaydi. Ana undan keyin hujum uyushtirish to'g'risida o'ylab ko'ramiz. Biz saralash bosqichini nol ochko bilan tugatishni xohlamaymiz”.
Mahdi Ali (BAA termasi bosh murabbiyi): “Gonkong bilan kechadigan bahs biz uchun o'ta muhim. Agar g'alaba qozonsak, Osiyo chempionati yo'llanmasiga vaqtliroq ega bo'lamiz. O'ylaymanki, shogirdlarim raqibni yana bir bor mag'lubiyatga uchrata olishadi. Dastlabki o'yindagi 4:0 hisobi raqibning kuchsiz ekanligini anglatmaydi. Biz guruhdagi barchani bir xil o'rinda ko'ramiz va hech qachon jamoa ajratmaymiz”.
Kim Pan Gon (Gonkong termasi bosh murabbiyi): “Gonkong 1968 yildan beri Osiyo chempionatida qatnasha olmayapti. Bu esa juda uzoq muddat hisoblanadi. Biz BAAdan qo'rqayotganimiz yo'q, aksincha, ularga yaxshi “sovg'a” tayyorlash niyatimiz bor. Tan olish kerak, BAA qitadagi eng yaxshi jamoalardan biri hisoblanadi. Agar g'alaba qozonsak, bu biz uchun tarixiy natija bo'ladi”.
Xayrulla Xoliqov tayyorladi.

Fikrlar