So’nggi yangiliklar

16:37"Ал Насср" "Челси" ҳимоячисига даъвогар  0 16:15Сўнгги мавсумини Туркияда ўтказган дарвозабон "Андижон"га келмоқда  1 16:02Расман: "Пахтакор" Турғунбоевни сафига қўшиб олди  4 15:49Расман: Рустам Турдимуродов – "Сурхон" аъзоси!  4 15:32Грилиш "Манчестер Сити"да машғулотларни давом эттирмоқда  0 15:10Мираброр Усмонов Кубоги-2025 мусобақаси тақдирлаш маросимидан ГАЛЕРЕЯ  1 14:55Аёллар Осиё Кубогига қуръа ташланди: Ўзбекистон КХДР билан беллашади  2 14:37БУМ! Ўзбекистон МТЖ ноябрь ойида Тошкентда жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  26 14:26Ўзбекистон U-23 терма жамоаси хотира турнирида Японияга имкониятни бой берган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:13"Арсенал" Салиба билан шартномани узайтириш жараёнини тезлаштирди  1 13:40Мақсад U-23 Осиё кубогини ютишми ёки Олимпиадага чиқиш?   3 13:20Кичик Пеледан Марадона Жуниоргача: яшил майдонда омади чопмаган фарзандлар  3 12:55Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақасида Малайзия ўрнини эгаллайди  3 12:37Футбол фахрийси Гурам Дараселия вафот этди  3 12:32"Металлург" – сокинлик бағридаги юбилей  10

Osiyo Kubogi-2015 saralash bosqichi. “D” guruhiga nazar Yangiliklar

Osiyo Kubogi-2015 saralash bosqichi. “D” guruhiga nazar

Bugun qitamizda Osiyo Kubogi-2015 saralash bosqichidan o'rin olgan 4-tur uchrashuvlari o'tkaziladi. “D” guruhida quyidagi bellashuvlar bo'lib o'tadi.
17:00. Yaman – Qatar
19:45. Bahrayn – Malayziya

“D” guruhida Bahrayn 7 ochko bilan birinchi, Qatar 6 ochko bilan ikkinchi o'rinda boryapti. Uchinchi o'rindagi Malayziya hisobida 4 ochko va oxirgi o'rindagi Yaman hisobida 0 ochko mavjud.

Entoni Xadson (Bahrayn termasi bosh murabbiyi): “Malayziyaga qarshi besh nafar asosiy futbolchimiz jarohat tufayli maydonga tusha olmaydi. SHunga qaramay, o'yinga tayyormiz. G'alaba qozonsak, Osiyo Kubogiga yo'llanma olamiz, buni shogirdlarim juda yaxshi his qilib turishibdi. O'ylaymanki, maydonga tushadigan hamma o'yinchilarimiz o'zlarining eng yaxshi xislatlarini namoyish eta olishadi. Malayziyadagi bahsda 1:1 hisobini qayd etgandik, endi uyda g'alaba qozonmasak bo'lmaydi.

K.Rajagobal (Malayziya termasi bosh murabbiyi): “Bu erga faqat g'alabani ko'zlab keldik. Bunga xoh ishoning, xoh ishonmang. To'g'ri, biz raqibni hurmat qilamiz, lekin jamg'arilgan 4 ochko bilan to'xtab qolmoqchi emasmiz. Biz o'zimizga yanada ko'proq etibor qaratilishini istaymiz. Toki guruhdan chiqish imkoniyati bor ekan, oxirigacha kurashamiz”.

Fahad Tani (Qatar termasi bosh murabbiyi): “O'tgan turda Yamanni 6:0 hisobida mag'lub etdik. Ammo bu bilan ularni kamsitish kerak emas. Navbatdagi o'yinga avvalgi natijani unutgan holda qarashimiz kerak. SHundagina yana bir marta g'alaba qozona olamiz”.

Sami Naash (Yaman termasi bosh murabbiyi): “Bu o'yin saralashda dastlabki ochkoni qo'lga kiritish uchun juda yaxshi imkoniyat. Oldimizda uchta bahs qoldi va qaysidir o'yinda ochko qo'lga kiritsak, bundan juda mamnun bo'lardik. Yamanda futbol rivojlanishi uchun ham Qatarni mag'lub etishga urinib ko'ramiz”.

Xayrulla Xoliqov tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика