So’nggi yangiliklar

16:37"Ал Насср" "Челси" ҳимоячисига даъвогар  0 16:15Сўнгги мавсумини Туркияда ўтказган дарвозабон "Андижон"га келмоқда  1 16:02Расман: "Пахтакор" Турғунбоевни сафига қўшиб олди  4 15:49Расман: Рустам Турдимуродов – "Сурхон" аъзоси!  4 15:32Грилиш "Манчестер Сити"да машғулотларни давом эттирмоқда  0 15:10Мираброр Усмонов Кубоги-2025 мусобақаси тақдирлаш маросимидан ГАЛЕРЕЯ  1 14:55Аёллар Осиё Кубогига қуръа ташланди: Ўзбекистон КХДР билан беллашади  2 14:37БУМ! Ўзбекистон МТЖ ноябрь ойида Тошкентда жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  26 14:26Ўзбекистон U-23 терма жамоаси хотира турнирида Японияга имкониятни бой берган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:13"Арсенал" Салиба билан шартномани узайтириш жараёнини тезлаштирди  1 13:40Мақсад U-23 Осиё кубогини ютишми ёки Олимпиадага чиқиш?   3 13:20Кичик Пеледан Марадона Жуниоргача: яшил майдонда омади чопмаган фарзандлар  3 12:55Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақасида Малайзия ўрнини эгаллайди  3 12:37Футбол фахрийси Гурам Дараселия вафот этди  3 12:32"Металлург" – сокинлик бағридаги юбилей  10

Osiyo Kubogi-2015 saralash bosqichi. “A” guruhiga nazar Yangiliklar

Osiyo Kubogi-2015 saralash bosqichi. “A” guruhiga nazar

Bugun qitamizda Osiyo Kubogi-2015 saralash bosqichidan o'rin olgan 4-tur uchrashuvlari o'tkaziladi. “A” guruhida quyidagi bellashuv bo'lib o'tadi.
15:30. Suriya – Singapur

Suriya termasini bir hafta muqaddam yangi murabbiy qabul qilib oldi - Hussam Al Sayed. Bugun uning qo'l ostidagi jamoa Singapurga qarshi to'p suradi. Suriyada davom etayotgan siyosiy notinch vaziyat tufayli o'yin Eron poytaxti Tehronda o'tkaziladi. Bugun shuningdek, Ummon – Iordaniya bahsi ham o'tkazilishi lozim edi, biroq Iordaniya JCH-2014 pley-off bosqichida ishtirok etayotgani bois bu o'yin 31 yanvarga qoldirilgan.

Guruhda Suriya 1 ochko bilan oxirgi o'rinda boryapti. Singapur hisobida esa 3 ochko bor. O'yindan oldingi matbuot anjumanida suriyaliklar ustozi quyidagi fikrlarni bildirib o'tdi:

“Bu bahs biz uchun nihoyatda muhim. Agar g'alaba qozonsak, 2015 yil Avstraliyaga borish imkoniyatiga ega bo'lamiz. Bilishimcha, Singapur - yaxshi jamoa, lekin biz ham qarab turmaymiz. Raqibni jiddiy o'rganib chiqdik va ular haqida hamma narsani bilamiz”.

Ayni paytda Singapur terma jamoasini germaniyalik taniqli murabbiy Bernd SHtange boshqarmoqda. Uning so'zlariga ko'ra, futbolchilar bo'lajak bahsga tayyor:

“O'z maydonimizda Suriyani 2:1 hisobida mag'lub etgandik. SHunday ekan, safarda ham ijobiy natijaga umid qilyapman. Jamoamning o'rtacha yoshi 23dan iborat. Ko'rinib turibdiki, bizda yosh terma jamoa bor. Biz Suriyani kamsitmoqchi emasmiz, lekin yutish uchun maydonga tushamiz”.

Xayrulla Xoliqov tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика