Osiyo futboli. Keyrushdan so'ng gollandiyalik murabbiy termani boshqarishi mumkin
02 okt 2018 13:54
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/456203_original.jpg)
![](/upload/storage/456203_220.jpg)
Osiyo futboli. Keyrushdan so'ng gollandiyalik murabbiy termani boshqarishi mumkin
Gap "Bavariya", "Manchester Yunayted" kabi klublarni boshqargan Lui Van Gaal haqida bormoqda. Lekin gollandiyalik murabbiy kelsa ham faqat fevral oyida Eron milliy terma jamoasini qabul qilib oladi. CHunki ungacha jamoani Karlush Keyrush boshqarib turadi.
Lui van Gaalga shuningdek, ayni paytda Eronning eng boy klubi "Traktorsozi" ham qiziqmoqda. CHunki bu klub uelslik murabbiy Jon Toshakni istefoga chiqardi. "Traktorsozi" garchi o'z safini Masud SHojayi, Ashkan Dejaga, Ehsan Haji Safi kabi futbolchilar bilan to'ldirib olgan bo'lsa-da, turnir jadvalida 6-o'rinda boryapti.
SHu bois klub rahbariyati 67 yoshli golland murabbiyiga jiddiy qiziqish bildirgan. Malumot uchun, van Gaal murabbiylik faoliyatini 1991 yil "Ayaks"da boshlagan. U JCH-2014da Golllandiya termasi bilan 3-o'rinni egallagan.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar