"Benfika" MYUning yana bir sobiq bosh murabbiyini nishonga oldi

Mirjalol Normatov
8 yanv 2019, 15:57
Gollandiyalik mashhur mutaxassis Lui Van Gaal 2016 yilda "Manchester Yunayted"dan ketganidan beri ishlamayapti.

"A Bola" xabariga ko'ra, 67 yoshli mutaxassisning xizmatlariga "Benfika" tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda. U Rui Vitoriyaning o'rnini egallashi mumkin.

Hozirda "Benfika" Joze Mourinyo va Loran Blanning nomzodini ham ko'rib chiqmoqda.

"Burgutlar" 16 turdan keyin 35 ochko bilan Primeyroning 3-pog'onasida ketmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: A Bola