Osiyo chempioni “Metallurg”ga qaytdi
13 jan 09:54
Yangiliklar
Osiyo chempioni “Metallurg”ga qaytdi
O'tgan mavsum “Buxoro” safida harakat qilgan Abbos Otaxonov faoliyatini yana Bekobod jamoasi safida harakat qiladi.
Futbolchi “Metallurg” bilan bir yillik shartnoma imzolagan.
SHuningdek, bekobodliklar jamoaning tajribali himoyachisi Ergash Ismoilov bilan shartnomani uzaytirgan.
Eslatib o'tamiz, Otaxonov O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi safida 2018 yilgi Osiyo chempionatida g'alaba qozongan. Otaxonov o'tgan mavsum Superliganing 15 ta turida maydonga tushgan va 1 marta sariq kartochkaga loyiq ko'rilgan.
Fikrlar