Osiyo chempionatida O'zbekiston olimpiya terma jamoasini qo'llab-quvvatlang

Narzulla Saydullayev
15 dek 2019, 08:48
Xabaringiz bor, yanvar oyida Tailand yashil maydonlarida 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasida Osiyo chempionati bo'lib o'tadi.

Tokio-2020 Olimpiada o'yinlariga yo'llanma taqdim etadigan mazkur musobaqada O'zbekiston olimpiya terma jamoasi yurtimiz sharafini himoya qiladi.

Butun Osiyo futboli jamoatchiligi diqqat-markazida bo'ladigan ushbu musobaqada siz – aziz ishqibozlarning qizg'in qo'llab-quvvatlashi futbolchilarimizga yanada ruh va shijoat berishi tayin.

O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi qita birinchiligida terma jamoamizni bevosita stadiondan qo'llab-quvvatlash istagida bo'lgan hamyurtlarimizga yaqindan maslahat va ko'mak berishga tayyor:

- Muxlislarga musobaqa davomida olimpiya terma jamoamiz ishtirokidagi futbol uchrashuvlari uchun chiptalar bepul tarzda taqdim etiladi;

- Tailandda terma jamoamiz ishqibozlari uchun rasmiy fan-klub tomonidan atributikalar taqdim etiladi.

Olimpiyachilarimizni Tailandda qo'llab-quvvatlash istagida bo'lgan hamyurtlarimiz +998901759001 raqamiga qo'ng'iroq qilib, viza olish tartibi, safar sarf-harajatlari, qaysi Tur operatorlariga murojaat qilish va boshqa shu kabi masalalar bo'yicha maslahat olishlari mumkin.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz