So’nggi yangiliklar

02:59Конференциялар лигаси. "Фиорентина" ютқазди, "Пэлас"дан дуранг ва бошқа натижалар  0 01:58"Наполи" Италия Суперкубоги финалида!  2 01:29Бастони "Барселона"нинг қизиқишлари ҳақида гапирди  0 00:59Зидан "Реал"га қайтмоқчи эмас  0 00:25Туркия кубоги. "Галатасарой" ўз майдонида "Истанбул Башакшеҳир"ни мағлуб этди  17 00:13"Атлетико" ҳимоячиси 2 ойга сафдан чиқди  0 23:58Араб Кубоги. Марокаш Иорданияни иродали тарзда мағлуб этиб, бош совринга эга чиқди  1 23:43Луис Энрике: "ПСЖда уч нафар топ-дарвозабон борлиги ажойиб ҳолат"  0 23:17Самвел Бабаян: “Керакли натижага эришиш учун максимал даражада ҳаракат қиламиз”  5 22:51"Guardian" 2025 йилнинг энг яхши футболчилари рейтингини тузди: Месси қайси ўринда?  4 22:30Тебас: "ЛаЛига ўйинлари Испаниядан ташқарида бўлса нима?"  1 22:12Бруну Фернандеш: "Одамлар Португалия термаси Роналдусиз яхшироқ ўйнайди деб ўйлашади. Агарда бу шундай бўлса, айб бизда"  6 21:54"Барселона" Фликка янги шартнома таклиф қилди  3 21:15Эрон кубоги. "Трактор" пенальтилар сериясида ғалаба қозониб, "Персеполис"ни турнирдан чиқариб юборди  3 20:55"Adidas" Салоҳ учун янги дизайндаги бутсаларини тақдим қилди  0

Osiyo chempionati (U-22) oldidan. Abdumavlon Abdujalilov: "Eng asosiysi darvozamizdan to'p o'tmasin" Yangiliklar

Osiyo chempionati (U-22) oldidan. Abdumavlon Abdujalilov: "Eng asosiysi darvozamizdan to'p o'tmasin"

Ummonda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionati (U-22) oldidan terma jamoamiz azolari saytimiz uchun o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Tayyorgarlik maromida bo'ldi. Hamma futbolchilar chempionat uchun tayyor. Biz Ummondan ijobiy natija bilan qaytmoqchimiz. Eng asosiysi darvozamizdan to'p o'tkazmasak maqsadimizga erishamiz" - deya aytib o'tadi Abdumavlon Abdujalilov.

- Tayyorgarlikni qisqa muddatda bo'lib o'tgani bu natijaga salbiy tasir o'tkazmaydimi?

- O'ylashimcha unday bo'lmaydi. Bu jamoani qisqa muddatda tashkil etilgan deb o'ylamas edim. Turkiyadagi jahon chempionatida ham shu jamoaning o'zagi ishtirok etgan edi. Undan tashqari bu jamoaga tajribali futbolchilar ham kelib qo'shildi. Qisqa muddatda yig'ilgan bo'lsa buni biz nazorat uchrashuvlarida ko'rib kamchiliklarni to'g'rilamoqchimiz. BAAda ikkita nazorat uchrashuvi o'tkazmiz va bunda kamchiliklarni ko'rib olamiz.

- Terma jamoamiz azosi sifatida Ummonda qanday natija kutmoqdasiz va darvozabonlar borasida fikringiz?
- Birinchidan ushbu terma jamoaga jalb etilgan Eldorbek Suyunov jarohati bois ishtirok eta olmasligini va bu yo'qotish ekanligini aytishim kerak. SHunday holatda ham biz buni o'rnini to'ldira olishimiz kerak. Yuqorida aytganimdek gol o'tkazmaslik bizni vazifa. Asilbek ham, Akmal ham, men ham faqat terma jamoamiz manfaati uchun maydonga chiqamiz. Kim maydonga chiqishini esa murabbiylar hal etadi. O'ylashimcha barcha darvozabonlarimiz yaxshi saviyada.

Ummonda kamida finalgacha borsak maqsadga muofiq bo'lar edi. Jamoamiz azolari yurtimiz sharafini munosib himoya qilmoqchi va kerakli natijaga erishmoqchimiz.

Humoyun Davurov suhbatlashdi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика