O'runov faoliyatini O'zbekistonda davom ettirishi mumkin
26 okt 2022 19:08
Yangiliklar
O'runov faoliyatini O'zbekistonda davom ettirishi mumkin
"Spartak" va "Ural"ning sobiq yarim himoyachisi Oston O'runov faoliyatini O'zbekistonda davom ettirish ehtimoli yuqori.
Xabarlarga ko'ra, "Navbahor" futbolchiga qiziqish bildirmoqda. O'runov ushbu klub safida 2017-2019 yillarda o'ynagan.
O'runov “Navbahor” OCHLga yo'l olsa, klub safiga qo'shilmoqchi. SHu bois futbolchi qaror qabul qilishdan oldin mavsum oxirigacha kutmoqchi.
“Navbahor” ayni damda Coca Cola Superligasida uchinchi o'rinni egallab turibdi. CHempionat yakunlanishiga esa uch tur qoldi.
O'runov "Ural" safida bor-yo'g'i ikkita o'yin o'tkazganidan so'ng jamoani tark etdi. Match TV xabariga ko'ra, shartnomaning bekor qilinishiga bosh murabbiy Viktor Goncharenko bilan kelishmovchilik sabab bo'lgan.
Fikrlar