So’nggi yangiliklar

21:09Давиде Анчелотти "Реал"даги энг ёмон ҳолат ҳақида гапирди  0 20:45Клублар ўртасидаги ЖЧда яна бир Беллингем порламоқда. У "Боруссия" учун инглиз топ клублари таклифларини рад этган  1 20:19Расман: Кепа "Арсенал"га ўтди  0 19:49"Арсенал" қанотни кучайтирмоқчи, лекин Мартинелли қолади  0 19:22"Футбол олами". Қаршида "триллер" рўй берди, "Навбаҳор"дан 6:0, "Бунёдкор"да суперкамбэк  1 19:06"Монако" "Барселона" ҳужумчисини ижарага олди  1 18:38"Арсенал" "Челси" вингери учун таклиф юборди  1 18:10Хаби Алонсо Родригонинг "Реал"даги роли ҳақида гапирди  2 17:43"Атлетико" "Барселона" ярим ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  2 17:21"Сурхон" Олмалиқда ОКМКни ожиз қолдирган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 17:05"Насаф" футболчиси легионерга айланмоқда  11 16:46Жамолиддин Раҳматуллаев – Ўзбекистон U-18 терма жамоаси бош мураббийи!  11 16:27Ана холос! Нико Уильямс "Барселона"га ўтмаса, "Реал"га йўл олишини айтди  9 15:59"Челси" собиқ футболчиси фаолиятини 28 ёшида якунлади. Уни Бельгия терма жамоасининг келажаги деб аташганди  2 15:30Игорь Шквирин 1990 йилларда "Спартак" Москвага ўтиши мумкинмиди?  11

O'rtoqlik uchrashuvi: "Metallurg" - "Bunyodkor-2" - 8:0 Yangiliklar

O'rtoqlik uchrashuvi: "Metallurg" - "Bunyodkor-2" - 8:0

“Metallurg” jamoasi ikkinchi nazorat uchrashuvini ham Toshkentda – “Bunyodkor-2” jamoasiga qarshi o'tkazdi va yirik hisobda g'alaba qozondi.

Birinchi liga vakillariga qarshi uchrashuvda bekobodliklar raqiblar darvozasiga javobsiz sakkizta to'p yo'llashdi – 8:0.

O'yin mahorat borasida ustun bo'lgan oliy liga vakillarining to'liq ustunligi ostida o'tdi. Har ikkala taymda metallurgchilar poytaxtliklar darvozasiga to'rttadan gol kiritishdi. Birinchi taymda SHahzodbek Nurmatov xet-trikni rasmiylashtirgan bo'lsa, ikkinchi taymda jamoaning tajribali hujumchisi Zohid Abdullaev ham undan ortda qolmadi va o'z hisobiga uchta gol yozib qo'ydi. Yana ikkita gol Saidjon Abdujabborov  hamda Sardor Rasulovlar hisobiga yozildi. Jamoa yarim himoyachisi Alisher Ziyovuddinov shu kuni individual mashg'ulotlar olib borgan bo'lsa, himoyachi Davronbek Karimqulov uchrashuvni tomoshabinlar qatorida kuzatib o'tirdi.

Endi “Metallurg” futbolchilari “Lokomotiv” jamoasiga qarshi o'tkaziladigan ikkinchi davraning birinchi o'yiniga qadar tayyorgarlik jarayonini CHirchiq shahrida davom ettirishadi.

“Metallurg”(Bekobod) – “Bunyodkor-2” (Toshkent) – 8:0 (4:0). 28.07.2015. Nazorat uchrashuvi. “Bunyodkor” akademiyasi maydoni.
Hakamlar:
Asker Najafaliev, Rishat Nugmanov, Nikita Afinogenov.
Nazoratchi hakam:Marat Ismoilov.
Gollar: SHahzodbek Nurmatov (8, 23, 25), Saidjon Abdujabborov (27), Zohid Abdullaev (55, 60, 88), Sardor Rasulov (58).
Ogohlantirishlar:Doniyor Odilov (12), Hikmat Hoshimov (89).
 “Metallurg”: S.Sultonov, H.Hoshimov, A.Kovalev, J.Mirabdullaev, M.Sulaymonov, D.Odilov, D.Karimov, R.Vagapov, S.Abdujabborov, M.Toshmatov, SH.Nurmatov.
Ikkinchi taymda maydonga tushganlar: Z.Safoev, S.Rasulov, A.No'monov, M.Akbarov, Z.Abdullaev, M.Esonov, SH.Norbekov, F.Nurliboev, A.Rashidxonov.
“Bunyodkor-2”: F.Abdusattorov, S.Madrahimov, B.Usmonov, M.Mirahmedov, A.Roziqov, N.To'xtasinov, A.Abdullaev, E.Ravshanov, J.Xo'jamov, M.Qahramonov, B.Umarjonov.
Zahiradan tushganlar: E.Adhamov, F.Inog'omov, SH.Ergashev, R.Nuraliev.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика