Origi: "Liverpul" sovrinni qo'lga kirita olmasa, juda og'riqli bo'ladi"
04 may 2020 19:55
Yangiliklar


Origi: "Liverpul" sovrinni qo'lga kirita olmasa, juda og'riqli bo'ladi"
"Liverpul" hujumchisi Divok Origi Angliya chempionatidagi holat haqida gapirdi.
"Liverpul" ayni damda APL turnir jadvalida "Manchester Siti"ni 25 ochkoga ortda qoldirgan holda peshqadam bo'lib turibdi. Mersisaydliklar 1990 yildan keyin ilk marta Angliya chempionligini qo'lga kiritishga yaqin. Ammo koronavirus pandemiyasi sababli "qizillar" sovrinsiz qolib ketishi mumkin.
"Liverpul" sovrinni qo'lga kirita olmasa, juda og'riqli bo'ladi. Ammo hayotda shunday narsalar borki, uni nazorat qilib bo'lmaydi. Hozirda xavfsizlik barchasidan muhim", - dedi Origi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar