Orif Mamatkazin: “Tayyor g'alabani qo'ldan chiqarish alamli"
23 iyu 2014 10:04
Yangiliklar
Orif Mamatkazin: “Tayyor g'alabani qo'ldan chiqarish alamli"
“Andijon” – “Neftchi” (1:3) bahsidan so'ng o'tkazilgan matbuot anjumaning ikkinchi qismida mezbonlarning vaqtinchalik bosh murabbiyi Orif Mamatkazin ishtirok etdi.
- Birinchi bo'limda tashabbusga ega bo'ldik. Bir necha marotaba xavfli vaziyatlarni sodir etdik. Gol ham urdik. Biroq ikkinchi bo'limda o'yin tizginini qo'ldan chiqardik. Ammo bu futbol – deya gap boshladi Orif Ismoilovich.
- Jarima maydonimizga ko'proq yuqoridan to'p uzatildi va bu kurashlarda raqibga imkon berdik. Bizga tajribali Rahim Qodirov etishmadi. Unda jarohat bor edi. Yigitlar maydonda jonbozlik ko'rsatishga harakat qilishdi. Futbolda kimdir yutadi, kimdir mag'lub bo'ladi.
- Albatta, 1:0 hisobida g'alaba qozona turib, so'nggi daqiqada uchta to'p o'tkazib yuborib, mag'lub bo'lish alam qiladi. Hisob 1:2 bo'lib turgan paytda vaziyatni o'zgartirish imkoni bor edi. Rajabovning zarbasidan keyin to'p darvoza chizig'i ichidan qaytarilganga o'xshadi. Ehtimol o'sha vaziyatda gol bo'lgandir, buni hakam xal qiladi.
- Ayni paytda “Neftchi” bizdan kuchliroq ekanligini ko'rsata oldi. SHu o'rinda bizni qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarga rahmat aytamiz. Afsuski, ularga bugun g'alaba taqdim eta olmadik. Nima ham qilardik, hayot to'xtab qolmaydi va ishlashda davom etamiz – deydi Mamatkazin.

Fikrlar