

Uchrashuvda “Ordabasi” 0:2 hisobida yutqazib qo'ydi. Aleksandr Geynrix mehmonlar safida 72 daqiqa o'ynadi va jamoadoshiga o'z o'rnini bo'shatib berdi. "Ordabasi" mavsumni 29 ochko bilan 4-o'rinda tugatdi. Klub keyingi yil Yevropa ligasi birinchi saralashida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdi.
"Astana" klubi 2015 yilda ham Qozog'iston chempioni bo'ldi. "Qayrat" kumush, "Aktobe" esa bronza medallarga ega chiqdi.
Qozog'iston chempionati. Musobaqa jadvali
"Qayrat" - “Ordabasi” 2:0
Gollar: Despotovich, 65 (1:0). Despotovich, 85 (2:0).



