Shomurodov Qosimov va Geynrix bilan tenglashdi

Sherzod Nurmatov
11 iyun 2022, 23:13
O'zbekiston terma jamoasi va "Roma" klubi hujumchisi Eldor Shomurodov milliy terma jamoa safidagi gollari soni bo'yicha Mirjalol Qosimov va Aleksandr Geynrix bilan tenglashib oldi.

Bugun Shomurodov Osiyo Kubogi saralash bosqichi 2-turidan o'rin olgan O'zbekiston – Maldiv orollari uchrashuvida xet-trikni rasmiylashtirdi.

Shu tariqa, 26 yoshli forvard gollari sonini 31 taga etkazdi va Qosimov hamda Geynrixning bu boradagi natijasini takrorladi. 

Ma'lumot uchun, termamizning eng yaxshi to'purari Maksim Shackix hisobida 34 ta gol mavjud.  

Kuchli 10 talik:

1. Maksim Shackix - 61 o'yin, 34 gol

2. Eldor Shomurodov - 56 o'yin, 31 gol

Mirjalol Qosimov - 67 o'yin, 31 gol

Aleksandr Geynrix - 97 o'yin, 31 gol

5. Server Jeparov - 128 o'yin, 25 gol

6. Odil Ahmedov - 108 o'yin, 21 gol

7. Igor Shkvirin - 31 o'yin, 20 gol

8. Igor Sergeev - 61 o'yin, 17 gol

9. Jafr Irismetov - 36 o'yin, 15 gol

10. Ulug'bek Baqoev - 52 o'yin, 14 gol

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia