So’nggi yangiliklar

21:08Расман: "Шўртан" Шайкуловни сафига қўшиб олди  0 20:53Рубен Аморим: "У МЮнинг келажаги"  0 20:37Давид Луис Конте ҳақида: "У билан доим жанжаллашардик"  0 20:22Эрон. "Персеполис" сафарда ғалабага эришди ва пешқадам бўлиб олди  0 19:49Каталония дербиси қайноқ ўтади. "Эспаньол" "Барселона"га қарши ўйин олдидан эҳтиёт чораларини кўрмоқда  2 19:30Эрон чемпионати. "Трактор" "Шамс Азар" меҳмони бўлди, Ҳамробеков 56 дақиқа ўйнади  1 19:13Расман: Ўзбекистон МТЖнинг дарвозабонлар бўйича собиқ мураббийи ОКМКда иш бошлади  2 18:56​Расман: "Андижон" грузиялик футболчи трансферини эълон қилди  4 18:36"Барселона" ва АПЛ клублари Камерун терма жамоаси ҳужумчисини кузатмоқда  1 18:07"Хоразм" футболчиси "Сурхон"га ўтмоқда  1 17:39"Ювентус" ва "Рома" афсонаси Левандовскини "Милан"га ўтишдан огоҳлантирди  2 17:05Азмиддинов "Андижон"дан кетди  10 16:38"Барселона" АПЛ жамоаси ҳимоячисининг трансфери бўйича музокара олиб бормоқда  1 16:10"Шўртан" ҳимоячиси "Андижон"га ўтди  8 15:47City Football Group Ҳиндистон клубидаги улушини сотди  2

O'n yillikning "xulosa"si Yangiliklar

O'n yillikning "xulosa"si

Yangi yil ham kirib keldi. 2020 yil yangi o'n yillikni boshlab berdi.

O'tgan yilning so'nggi kunlarida esa ijtimoiy tarmoqlarda futboldagi oxirgi o'n yillikning eng asosiy voqeasi haqidagi so'rovnomalar ko'paydi. 2010-2020 yillar oralig'idagi juda ham ko'p voqealar bo'ldi. So'rovnomalarni o'tkazgan insonlar esa yaxshi voqealarni esga olibdilar. “Lester ertagi” yoki Portugaliya terma jamoasining Evropa chempioni bo'lganligi. ECHL da qatorasiga 3 marotoba g'oliblikka erishgan “Real Madrid” jamoasini ham asosiy voqeliklardan deb etirof etishgan. Biroq, so'rovnomalarda yana ikki asosiy narsa ham qayd etilganki, bu narsani o'n yilning bir yilida emas balki yillar davomida amalga oshgan desak to'g'riroq bo'ladi. Ikki qarama-qarshilik. Biri murabbiylar o'rtasida: Gvardiola – Mourino. Yana biri esa futbolchilar, yo'q “o'zga sayyoraliklar” qarama-qarshiligi. Topdingiz, Messi – Ronaldu. 



SHaxsan o'zim mana shuncha voqealar orasidan aynan oxirgi sanab o'tganimga ovoz berdim. Negaki, boshqalariga etibor bersak futbol tarixida avvallari ham bo'lgan. Aytishingiz mumkin, Messi – Ronaldu qarama-qarshiligiga o'xshash bahs avvallari bo'lmaganmi deb. Ha, bo'lgan, lekin o'sha davrdagi futbolchilardanda ustunroq qarshilik bo'ldi bunisida. Yosh avlod vakili sifatida men ko'rmagan futbolchilarga hurmatni saqlagan holda aytaman, avvalgi qarshiliklar hozirgisidan tubdan farq qilgan. Futbolga qiziquvchi yoshi katta insonlar ham garchi yoshlik paytlarida Maradonadan tortib Bajjolarni ko'rgan bo'lsada ishonamanki ular hozir bu ikki futbolchiga boshqacha ko'z bilan qaraydi.

“Lester ertagi” nafaqat o'n yil, balki yuz yillikda ham bir bo'lishi mumkin ammo bu voqea bir marta bo'ldi. Aynan mana shu bir yilda bo'lgan voqea butun o'n yillik o'rnini bosa olmaydi. Portugaliya terma jamoasining Evroda g'olib bo'lgani avvalgi o'n yillikda ham bo'lgan. Greciya 2004 yili aynan Evropda chempion bo'lganini bilasiz. "Real"ning qatorasiga 3 yil davomida qilgan gegemonligi bu aynan Madrid jamoasining oxirgi o'n yilligi uchun muhim voqea bo'lishi mumkin, lekin bu narsa butun futbol ommasiga tasir o'tkaza oladi deb o'ylamayman. Murabbiylar qarama-qarshiligiga keladigan bo'lsak bu narsa juda ko'p bo'ladi. O'z vaqtida Mourni Gvardiolaga qarama-qarshiligini etirof etgan bo'lsak, hozir Kloppning Gvardiolaga qarshiligini gapirmoqdamiz. Futbol hali shunga o'xshash voqeani ko'p ko'radi, ishonavering.



“O'zga sayyoraliklar” ning o'zaro bahsi aslida avvalgi o'n yillikda boshlangandi. 2008-yilda Ronaldu “Oltin to'p”ni qo'lga kiritgan va 2009-yili “Real Madrid”ga o'tganida aynan o'sha yili Messi “Oltin to'p” olib “hisobni tenglashtirgandi”. Buyog'iga esa bilasiz nimalar bo'lganini. Yana bir jihat borki, aynan shu qarama-qarshilikni o'n yillikning voqeasiga aylantirgan. Bu ham bo'lsa 2018 yili Luka Modrich “Oltin to'p”ni olganida futbol ommasi ikkiga ajralib olgandi. Kimdir Messi – Ronaldu “erasi” tugadi desa, yana kimlardir hali davom etishini aytgandi. Aslida o'sha vaqtdayoq aytilgan “era” ham o'n yillik vaqtni bildirgan. Faqat sal boshqacharoq, 2008-2018 yillar oralig'i. Baribir 2010-yildan keyingi sakkiz yil davomida hamma mana shu futbolchilar qanaqa sovrin olishini ko'proq kutgan va bu narsa hozirgacha ham davom etmoqda. Milliy chempionatlarning har turida biri bo'lmasa biri “shedevr” gol urmoqda. Hozir ham ECHL da “Yuventus” – “Barselona” to'qnashuvini finalda kutishmoqda. Gap jamolarda emas, gap yana shu ikki dahoning to'qnashuvida. Mana nimaga bu voqea avvalgilaridan farqli va eng asosiy voqea.



Darvoqe, yana bir voqeani shu so'rovnomalarga kiritishgan. Bu VAR tizimining futbolga kirib kelishi. Lekin bu yangilikni halitdan asosiy voqea sifatida olish boshqalariga nisbatan hurmatsizlikdir. Balki, yangi boshlangan o'n yillik so'nggida futbolni o'zgartirganligi tufayli olish mumkindir, yana ham bilmadim…

Yangi yilni, yangi o'n yillikni kuzatamiz, qanaqa voqelar bo'larkan. Balki yuqorida sanaganlardanda yaxshiroq va qiziqroq voqea bo'lar. Agar O'zbekiston MTJ Jahon chempionatiga chiqsa o'zbek futboli uchun mana shu asosiy voqea bo'lishi mumkin. Hali hammasi oldinda. Mbappe, Fati, Sancho va hozir ismi yodimdan ko'tarilgan bir qancha yosh iqtidorlar etishib kelmoqda. Balki ular hamma narsani o'zgartirar. Lekin men oxirgi o'n yillikda aynan Messi – Ronaldu qarama-qarshiligini ko'rganimdan xursandman. Keyinchalik shunga o'xshash qarshiliklar ko'p bo'lsa ham bunisini boshqacha eslaymiz. “O'sha davrlarda bu ikki daho ko'rsatgan o'yin boshqacha edi” deb aytamiz, ko'rasiz hali.

Og'abek Samisov

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика