So’nggi yangiliklar

16:53УEФА миллий терма жамоаларнинг Евро-2024 учун қайдномаларини кенгайтиради  0 16:25"Тоттенхэм" ҳимоячиси Европа чемпионатини ўтказиб юборади  0 16:21Ривожланиш Кубоги. Ўзбекистон U-16 терма жамоасининг Тожикистонга қарши таркиби маълум  2 15:59Манба: "Бавария" ва "Барса" қизиқиш билдирган Унаи Эмери "Астон Вилла" билан ҳамкорликни давом эттиради  2 15:31"Барселона" ярим ҳимоячиси мавсум охиригача сафдан чиқди  2 15:05Ироқ ОТЖ бош мураббийи: "Чорак финалда осон рақиб бўлмайди, бироқ энг муҳими, бор кучимизни ишга солиш"  4 14:59МЮ ва "Челси" собиқ футболчилари АПЛ Шон-шараф залига киритилди  1 14:30Ўзбекистон U-23 термасининг Вьетнамга қарши тахминий таркиби билан танишинг  11 14:15Саудия Арабистони ОТЖ бош мураббийи: "Икки йил аввалги мусобақада Вьетнамни ҳам, Ўзбекистонни ҳам мағлуб этганмиз. Эътиборингиз учун раҳмат"  25 13:59Рэтклифф Тухель билан музокаралар ўтказди  2 13:31"Бавария" форварди мавсум охирида жамоадан кетади  0 13:04Вьетнам футзал термаси бош мураббийи: "Ўзбекистон — турнир фаворити"  4 12:42Родриго "Реал"ни тарк этиш ниятида эмас  10 12:18Хосе Венансио Лопес: "Ярим финалга чиқиш учун Вьетнамга қарши учрашувда назоратни қўлга олишимиз талаб этилади"  13 12:01"Манчестер Сити" ярим ҳимоячисини қўйиб юборишга тайёр  8

O'mon bilan o'yinlar tarixidan. Salkovning istefosiga sabab bo'lgan uchrashuv yoxud futbolimiz tarixidagi tushunarsiz mag'lubiyat Yangiliklar

O'mon bilan o'yinlar tarixidan. Salkovning istefosiga sabab bo'lgan uchrashuv yoxud futbolimiz tarixidagi tushunarsiz mag'lubiyat

O'zbekiston terma jamoasi "CAFA Nations Cup 2023” musobaqasidagi ishtirokini O'mon terma jamoasiga qarshi uchrashuv bilan boshlaydi.

Bu terma jamoa tarixda doim biz uchun qiyin raqib bo'lib kelgan. Nom tomonlama O'mon kuchsizdir. Ammo maydonda bosh og'riq ekanligini isbotlay olgan. O'tkazilgan o'zaro 6ta uchrashuvning 4tasida raqibning qo'li baland kelganiga nima deysiz? Quyida tarixdagi uchrashuvlardan birini yodga olamiz. 


 Katta yoshli muxlislar bu uchrashuvni yaxshi eslashadi. O'shanda vakillarimiz kutilmaganda o'monliklarga 2:4 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ygandi. Ha, bunga sensaciya sifatida qarashimiz o'rinli. Vladimir Salkov murabbiyligidagi O'zbekiston terma jamoasi doimgidek saralash bosqichining birinchi raundida Xitoy Taypeyi, Turkmaniston, Iordaniya kabi termalarning to'sig'idan muammosiz o'tgandi. Ammo, bizni oldinda hal qiluvchi bosqich kutardi. Tabiiyki, oxirgi raundda bizga doimgidek jiddiy va kuchli raqiblar ro'baro' keldi. Qura natijalariga ko'ra BAA, Xitoy, O'mon va Qatar bilan bir guruhdan joy oldik.

Bir qarashdan raqiblar terma jamoamiz fonida u qadar kuchlidek ko'rinmagandi. Ular orasida ayniqsa O'mon har tomonlama bizdan kuchsiz edi. Xitoyni esa o'sha vaqtda Bora Milutinovich boshqarar, mutaxassis jamoani avvalgiga qaraganda yaxshigina kuchaytirishga, o'z uslubini singdirishga erishgandi. BAA esa 1998 yilgi Jahon chempionati saralashida bo'lgani kabi bu safar ham yo'limizga to'g'onoq bo'lishga intildi. O'mon bilan o'yinga qadar etti ochko jamg'argan terma jamoamizda Jahon chempionatiga chiqish uchun umid saqlanib qolingandi. Bunga qadar esa amirliklarga ikki o'yinda ham boy berilgan imkoniyat va ochkolar qimmatga tushgan. Toshkentda o'tkazilgan birinchi bahsda vakillarimiz o'monliklarga hech qanday imkoniyat qoldirmagan holda yirik 5:0 hisobidagi g'alabani tantana qilgandi. SHu sababdanmi yoki ishonch yuqoriligidanmi Maskatda o'tadigan javob uchrashuvida ham shu scenariy takrorlanishini taxmin qildik. O'mon terma jamoasi azolarining hech birining bizning o'yinchilarimizdan ustun tomoni yo'q edi.

Kutilganidek birinchi bo'lim o'zbekistonlik futbolchilar o'yinni o'z qo'llariga oldilar, to'p nazorati va zarbalar bo'yicha ham oldinda bordilar. Bu esa hisobda ham o'z aksini topdi. Dastlab 5-daqiqada himoyachimiz Fevzi Davletov hisobni ochgan bo'lsa, 27-daqiqada Nabil Ashur o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'yadi 0:2. Birinchi taym biz uchun alo darajada o'tdi.

Ammo, ikkinchi bo'limni futbolchilarimiz juda yomon boshlashadi. Himoyadagi qo'pol xatolar, to'p uzatishlardagi uzilishlar, brak paslar ko'payadi. Ayniqsa, birinchi bo'limdan so'ng Maksim SHackixning o'yindan olinishi katta xato edi. Irismetov bilan birga hujum juftligini hosil qilayotgan futbolchining almashtirilishi etirozlarga sabab bo'lgandi. SHackix chiqib ketgach raqib bemalol hujumlar tashkil qila boshladi. Buning natijasida bosimni oshirgan O'mon terma jamoasi 50-daqiqada oradagi farqni qisqartiradi. Oradan ikki daqiqa o'tgach esa ular muvozanatni tiklashadi. Davron Fayzievning jarohati, Polyakovning zarbalar yo'nalishini topa olmaganligi va boshqa xatolar oqibatida ikki daqiqada o'z darvozamizdan ikkita to'p olib chiqqanmiz. Salkov esa shu zahotiyoq jarohatlangan Fayzievning o'rniga Asror Aliqulovni maydonga tushiradi. Ketma-ket ikki goldan keyin shokka tushib qolgan milliy jamoamiz azolari keyingi daqiqalarda butunlay o'yin tizginini qo'ldan chiqarishadi. Durangga ham rozi bo'lib turgan joyimizda esa so'ngi daqiqalarda o'yin qahramoni o'monlik Yoqub Al-Muxayniy va Badar Ali yana ikki bor darvozamizni aniq nishonga olib irodali g'alabani qo'lga kiritishadi. Qosimov etakchiligidagi terma jamoamiz ushbu saralash bosqichidagi safar uchrashuvlarida yomon natija qayd etadi, g'alaba nimaligini bilmaydi. Darajasi past raqibdan engilishimizni esa hech kim hayoliga keltirmagandi. Futbolda raqib kuchiga to'g'ri baho bera olmaslik, mensimaslik qanday oqibatlarga olib kelishini bugun eslab o'tgan o'yinimiz misolida ko'rdik. 


Alisher Nikimbaev va Maksim SHackix bu o'yinni shunday eslagandi. 

“Ha, haligacha bu o'yin haqida ko'p savol berishadi. Lekin, bahs sotilgan degan fikrga qo'shilmayman. Turli gap-so'zlar, mish-mishlar ko'p tarqalgan. Futbolchilarni ichiga pullarni berkitgani, uni topib olishganini va shunga o'xshash gaplar bolalagan. SHaxsan men bu voqeaga ishonmayman, o'yin kelishilgan degan narsalarga ham umuman ishonmayman. Safardan qaytgach, Vladimir Salkov bilan shaxsan gaplashgan edim, Davron Fayziev jarohat olgani sabab ikkinchi taym boshida o'ynay olmaganligini, O'mon esa o'sha 7 daqiqada ikkita gol urganini aytgandi. Murabbiy Fayziev jarohat olganini tanaffusda bilganida uni tanaffusda almashtirardi. Murabbiy o'sha jarohat hamma narsani o'zgartirib yuborgani, mag'lubiyatga sabab bo'lganligi takidlagan”,- deydi Alisher Nikimbaev. 


“Birinchi taymdan keyin meni nima uchun uchun almashtirganini bilmayman va tushanmayman, jarohatim yo'q edi. Menga hech kim tushuntirmagandi ham. Ich kiyimlarimizdan pullar topib olishgan degan gapga o'zim ham hayron qoldim. Bu haqida o'ylagim ham kelmaydi. Lekin, ko'p narsa esimdan chiqib ketgan, shuning uchun aniq biron gap ayta olmayman. Futbolda hamma xato qiladi. Ikki xil taym o'tkazganmiz. Birinchi bo'limda O'mon hatto maydon markazigacha kela olmagan. Ikkinchi bo'limda umuman boshqacha jamoaga aylanib qolganmiz. Endi bu murabbiylarning qarori, balki futbolchiga dam berishni istagandir”,- deydi terma jamoamiz sobiq hujumchisi Maksim SHackix.


Qayd etilgan natijadan so'ng bizda deyarli hech qanday imkoniyat qolmagandi. Ushbu muvaffaqiyatsiz o'yindan hafsalasi pir bo'lgan futbolimiz rahbarlari Salkovni istefoga chiqarishadi. U katta umidlar bilan olib kelingan, hattoki, murabbiyning istagi bilan bir nechta xorijlik futbolchilar mahalliylashtirilgan edi. SHunda ham ko'p hollarda Salkov nolir edi. Ashurmatovning qiziqqonligini deyarli har bir matbuot anjumanida takidlashi, jurnalistlarning savollariga ayovsiz javob qaytarishi haqida eshitganmiz. Keyingi Xitoy bilan uchrashuvda termani uning yordamchisi Leonid Ostroushko boshlab tushadi. SHunday qilib O'zbekiston terma jamoasida ishlagan uchinchi xorijlik mutaxassis ham bizning maqsadimiz sari etaklay olmagandi. 


JCH-2002. Saralash bosqichi. Uchinchi bosqich.

O'mon – O'zbekiston – 4:2

13.10.2001. Maskat. “Sulton Qobus” stadioni. 401ta tomoshabin.

Bosh hakam: Masayoshi Okada (Yaponiya)

Gollar: Yoqub Al-Muxayniy 50, Fauziy Bashir 52, Yoqub Al-Muxayniy 83, Badar Ali 89, - Fevzi Davletov 5, Nabil Ashur 27 (avtagol).

O'zbekiston: Aleksey Polyakov, Sergey Lushchan, Davron Fayziev (Asror Aliqulov, 52), Baxtiyor Ashurmatov, Aleksandr Xvostunov, Fevzi Davletov, Nikolay SHirshov, Andrey Vlasichev (Bahodir Annamatov, 60), Mirjalol Qosimov, Maksim SHackix (Andrey Akopyanc, 46), Jafar Irismetov.

Bosh murabbiy: Vladimir Salkov

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика