So’nggi yangiliklar

00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  1 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  0 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  3 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  2 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  6 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  1 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  4 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  15 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  6 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  6 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0 17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  13

Oltita mamlakatda o'ynagan, futbolni tanlashiga Asqar Tolibjonov sababchi bo'lgan Aziz Ibragimov bugun 33 yoshga to'ldi Yangiliklar

Oltita mamlakatda o'ynagan, futbolni tanlashiga Asqar Tolibjonov sababchi bo'lgan Aziz Ibragimov bugun 33 yoshga to'ldi

Bugun O'zbekiston milliy terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi, hozirda “Navbahor” sharafini himoya qilayotgan tajribali futbolchi Aziz Ibragimov o'z tug'ilgan kunini nishonlamoqda.

Kechroq bo'lsa-da, bugun 33 yoshini qarshi olgan Ibragimovni saytimiz ijodkorlari hamda o'quvchilari nomidan muborakbod etamiz. Aziz o'z vaqtida Slovakiya, CHexiya, Xitoy, Eron va Latviya chempionatlarida o'ynagan. Yurmalaning “Spartak” klubi tarkibida Latviya chempioni ham bo'lgan. 

Aziz Ibragimov - 1986 yilning 21 iyul kuni Toshkent shahrida tug'ilgan. Faoliyati davomida “Traktor” (Toshkent), “SHo'rtan” (G'uzor), “Andijon” (Andijon), “Dinamo” (Samarqand), “Buxoro” (Buxoro), “Navbahor” Slovakiyaning “Slovan” (Bratislava), CHexiyaning “Bogemians - 1905”, “Banik”, “Bogemians”, Xitoyning “Cindao”, Eronning “Mashin Sozi”, Latviyaning “Spartak” (Yurmala) klublarida to'p tepgan. U 2007-2011 yillarda O'zbekiston milliy terma jamoasi tarkibida 17 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan.

Aziz Ibragimov: - 8-9 yoshimda futbol bilan shug'ullana boshlaganman. Aslida futbolchi bo'laman deb sira o'ylamagandim. Karate va taekvondo sport turlariga qiziqishim baland edi. Ko'pincha Bryus Li, Jan Klod Van Dam kabi jang ustalari ishtirok etgan filmlarni sevib tomosha qilganman. Futbolga kirib kelishimga asosiy sababchi Asqar Tolibjonov hisoblanadi. Keyinchalik esa taqdir taqozosi bilan Baxtiyor Nuraliev jamoasida millionlar o'yini sir-asrorlarini o'rganishni davom ettirganman.

Futbol men uchun hamma narsa. 18 yoshimda tibbiy ko'rikdan o'tganimda, yuragim bilan bog'liq muammo chiqqan. Aniqrog'i, shifokorlar yuragim boshqalarning yuragiga nisbatan kattaroq ekani aytishgan va menga boshqa  futbol o'ynash mumkin emasligini uqtirishganida dunyo ko'zimga qorong'u ko'ringan. Futbolchi bo'la olmasligimni xatto tasavvur ham qila olmaganman. Bu xuddi bir qizni yaxshi ko'rib qolsangizu, oila azolaringiz yo'q deyishganidek gap edi. SHukrki, shuncha yildan buyon futbol o'ynab kelayapman, yuragim hech qanday muammo chiqqani yo'q. Lekin har safar tibbiy ko'rikdan o'tganimda yuragim katta ekanini doim aytishadi.

Terma jamoadagi eng yoqimli, eng yomon va eng chiroyli o'yinim... Adashmasam, eng yoqimli o'yin Singapurga qarshi safardagi bahs. O'shanda 7:3 hisobida zafar quchgandik. Ikkinchi bo'limda maydonga tushib gol urgandim. Eng chiroyli bahs 2007 yilgi Osiyo Kubogi doirasida Malayziyani 5:0 hisobida yutganimiz bo'lgan. Bu uchrashuvda ham gol urgandim. Eng yomon o'yinim esa Iroqqa qarshi Janubiy Koreyadagi o'rtoqlik o'yini bo'lgan. O'sha bahsning boshida qo'polligim uchun hakam menga darhol qizil kartochka ko'rsatgandi. 

Muallif nomidan: Aziz Ibragimovni deyarli 15 yildan beri bilaman. Kasbimiz taqozosi bilan bir necha marotaba intervyu qilganmiz. Televideniya, radio, gazeta, sayt uchun uyushtirilgan suhbatlar har safar xuddi ilk intervyu singari o'tardi. Hayotda o'ta xushchaqchaq, ko'ngli ochiq yigit. CHexiya va Slovakiya chempionatlarida boshqa mamlakatlarga qaraganda ko'proq o'ynagani uchun chex tilini mukammal biladi. Praga shahrida uyi ham bor. O'zi poytaxtimizning Yakkasaroy tumanidagi ko'p yilik tarixga ega "Rakat" mahallasida istiqomat qiladi. Aynan shu erda u tug'ilib o'sgan. Yuqorida takidlaganimizdek, biroz kechroq bo'lsa-da, bugun o'z tavallud ayyomini nishonlayotgan Aziz Ibragimovni yana bir bor muborakbod etamiz!

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика