“Oltin to'p”ni kim oladi? Ronaldu, Saloh yoki Jahon chempioni?
03 may 2018 11:34
Yangiliklar
“Oltin to'p”ni kim oladi? Ronaldu, Saloh yoki Jahon chempioni?
Biz esa sizlar bilan oldinroqqa, dekabr oyiga nazar tashlashga urinib ko'ramiz.
“Oltin to'p” sovrini jamoaviy yutuqlarga qanchalik bog'liq?
CHempionlar Ligasi. Ronaldu-Messi davrida qandaydir bog'liqlar haqida gapirish noo'rindek, chunki sovrin faqat shu ikki yigitga nasib qiladi. O'z o'rnida takidlash lozim argentinalik va portugaliyalik “Real” va “Barselona” safida oxirgi 10 yilda 3 martadan CHempionlar Ligasida zafar quchishgan, KriRo esa bunga MYU bilan qozonilgan g'alabani ham qo'shib qo'ya oladi. Va o'z-o'zidan bosh sovrin sohibi “Oltin to'p”ga asosiy nomzodlari qatorida bo'lgan va yakunda sovringa ega chiqqan.
So'zimiz isboti sifatida:
2007 yil. CHempionlar Ligasi — “Milan”. “Oltin to'p” — Kaka (“Milan”)
2008 yil. CHempionlar Ligasi — MYU. “Oltin to'p” — Ronaldu (MYU)
2009 yil. CHempionlar Ligasi — “Barselona”. “Oltin to'p” — Messi (“Barselona”)
2010 yil. CHempionlar Ligasi — “Inter”. “Oltin to'p” — Messi (“Barselona”)
2011 yil. CHempionlar Ligasi — “Barselona”. “Oltin to'p” — Messi (“Barselona”)
2012 yil. CHempionlar Ligasi — “CHelsi”. “Oltin to'p” — Messi (“Barselona”)
2013 yil. CHempionlar Ligasi — “Bavariya”. “Oltin to'p” — Ronaldu (“Real”)
2014 yil. CHempionlar Ligasi — “Real”. “Oltin to'p” — Ronaldu (“Real”)
2015 yil. CHempionlar Ligasi — “Barselona”. “Oltin to'p” — Messi (“Barselona”)
2016 yil. CHempionlar Ligasi — “Real”. “Oltin to'p” — Ronaldu (“Real”)
2017 yil. CHempionlar Ligasi — “Real”. “Oltin to'p” — Ronaldu (“Real”)
So'nggi o'n bir yilda “Oltin to'p” sakkiz bor CHempionlar Ligasi g'olibiga nasib etgan — 73%, yani har to'rttadan uch nafar “Oltin to'p” sohibi uni klublar o'rtasida Evropaning eng nufuzli musobaqasida zafar quchgan yili qo'lga kiritgan. Bu faktorni inkor etib bo'lmaydi. Ronaldu o'zining besh "Oltin to'pi"dan to'rttasini aynan UEFA CHempionlar Ligasida chempion bo'lgan yillarda qo'lga kiritgan (2008, 2014, 2016, 2017), Messida bu borada uch mavsumni qayd etish mumkin (2009, 2011 va 2015). Mubolag'a sifatida 2010, 2012 va 2013 yillarni qayd etish mumkin – CHempionlar Ligasida boshqa jamoalar va tabiiyki boshqa futbolchilar g'olib bo'lgan, ammo “Oltin to'p” shunda ham Ronaldu yoki Messiga topshirilavergan. Eng xafa bo'lgan 2013 yilda Frank Riberi desak mubolag'a bo'lmaydi. O'shanda "Bavariya" safida chempion bo'lgan francuz tarixiy qarama-qarshilik davrida ham “Oltin to'p”ga ega chiqish mumkinligini isbotlashga juda yaqin kelgan, biroq... Sovrin Ronalduga nasib etgan. Leo esa 2010 va 2012 yillarda “Oltin to'p”ga ega chiqa olganini alohida takidlab o'tish lozim — har ikki yilda ham Ispaniya terma jamoasi avvaliga Evropa keyin esa Jahon chempionatida zafar quchgan.
Jahon CHempionati. “Oltin to'p” egasini aniqlashda to'rt yillikning eng nufuzli musobaqasiga bog'liklik juda ham katta edi, ammo Messi va Ronaldu bu borada ham o'ziga xos rekord qayd etdi desak bo'laveradi. Ular Jahon CHempioni bo'lmasalarda, o'sha chempion bo'lganlarni ortda qoldira olishdi.
O'zingiz ko'rishingiz mumkin:
1998 yil. Jahon CHempionati — Franciya termasi. “Oltin to'p” — Zidan (Franciya)
2002 yil. Jahon CHempionati — Braziliya termasi. “Oltin to'p” — Ronaldo (Braziliya)
2006 yil. Jahon CHempionati — Italiya termasi. “Oltin to'p” — Kannavaro (Italiya)
2010 yil. Jahon CHempionati — Ispaniya termasi. “Oltin to'p” — Messi (Argentina)
2014 yil. Jahon CHempionati — Germaniya termasi. “Oltin to'p” — Ronaldu (Portugaliya)
Zidan, Ronaldo va Kannavaro mundialdagi g'alabalari tufayli “Oltin to'p”ga ega chiqqanlar, ammo 2010 va 2014 yilda sovrin yana o'sha Ronaldu va Messiga nasib etgan. Vaholanki, ularning termalari g'alabadan ancha yiroq edilar. Bu borada 2016 yilni va Ronalduning g'alabalarini etirof etib o'tish lozim. Portugaliyalik avvaliga “Real” bilan CHempionlar Ligasida g'olib bo'ldi, keyin Evropa CHempionatida mamlakat termasi bilan qitada tengsiz deb topildi.
Ikki favorit — Ronaldu va Saloh
Birinichidan, aynan Ronaldu va Saloh hozirda qolganlardan bir bosh ustun o'yin ko'rsatishmoqda. 2018 yilning dastlabki to'rt oyida 20dan ziyod bevosita gollar, va 30dan ortiq samarali harakatlar amalga oshirishdi. Qoyil qolmay iloj yo'q! Aytaylik, o'zga sayyoralik deb ataluvchi Messi nega hisobdan chiqarildi dersiz, lekin argentinalikda bunday statistika yo'q. shu bilan birgalikda Leo CHempionlar Ligasidan chiqib ketishga ulgurdi, bu esa avvalroq aytib ulgurganimizdek muhim rol o'ynaydi. 11 yilda “Oltin to'p” g'oliblarining 73% — CHempionlar Ligasi chempioni.
Finalda “Real” — “Liverpul” to'qnashuvini ko'ramiz. Demak, Saloh va Ronalduning o'zaro to'qnashuvining ham guvohiga aylanamiz. “Oltin to'p” uchun kurashdagi ikki favoritning bellashuvi neytral muxlislar uchun ham qiziq bo'lishi shubhasiz. Ronaldu va Saloh esa — “Oltin to'p” uchun asosiy nomzodni aniqlab olish uchun. Katta ehtimol bilan ularning ikkisi ham kuchli uchlikda bo'lishadi va biri bosh sovringa ega chiqadi, agar… Agar bo'lajak Jahon CHempioni masalaga aralashmasa.
Jahon CHempionati. Mundial kurashga o'z tasirini o'tkaza oladimi?
SHubhasiz, Jahon CHempionati — jiddiy kurashlar maydoni, shunday bo'lsada, 2010 va 2014 yillarda biz g'olib jamoalar “Oltin to'p” uchun nomzodlar uchligini o'zgartirganiga guvoh bo'lganmiz, ammo g'olibni emas. CHamamda, o'z termasi bilan mundialda g'olib chiqish etarli emas shekilli. Bu holatda futbolchi nimalarni his qilishi haqida Inesta, Xavi yoki Noyerdan so'rab ko'rish kerak. Ammo Zidan-1998 yoki Ronaldo-2002 ni ham unutish kerak emas. Demak, “Oltin to'p” uchun chempion bo'lishdan tashqari, yarq etib ko'rinish ham zarur. Messi g'olib bo'lishi, turnirda sakkizta gol urib Ronaldu bilan o'zaro kurashda hisobni 6:5 qilishi mumkin. Grizmann ham ne-ne orzular bilan yozdagi musobaqani kutmoqda, Germaniya termasining asosiy qaxramoni ham o'zini hech kimdan kam demaydi, faqat agar nemislar bosh sovrinni himoya qila olishsa, Braziliya esdan chiqmadimi? Lekin jamoa asosiy yulduzi Neymar jarohat bois yilning deyarli yarmini maydondan tashqarida o'tkazib yubormoqda. Umuman olganda Saloh va Ronaldu ham JCH-2018 vaqtida “Oltin to'p” yo'lida “ochko” ishlay olishmaydi deb kim aytdi? Ular ham Rossiyaga “muzqaymoq egani” bormaydi-ku?!
Balki barchasi hech kim kutmagan scenariy ostida o'tar va vaziyat o'zgarib ketar. SHubhasiz, Jahon CHempionati “Oltin to'p” uchun kurashda muhim omillardan biri hisoblanadi, lekin bu ehtimollar nazariyasida, hozircha gapda xolos.
Bugun esa sizu-biz Ronaldu va Salohning qarama-qarshiligiga guvoh bo'lib turibmiz.
Soccer.ru saytidan Nozima Zaripova tarjimasi
Fikrlar