So’nggi yangiliklar

18:27Расман: "Интер" 25 млн евролик трансферни амалга оширди  2 17:56ПФЛ: Ўзбекистоннинг 17 та клуби ОФК лицензиясига эга чиқди  0 17:23"Жайхун" — "Локомотив". Таркиблар маълум  1 16:34Влахович фойдали таклиф сабаб А Серияни тарк этиши мумкин  0 16:08Леау Ла Лиганинг топ клубларидан бирига ўтиши мумкин  2 15:40Тер Штеген "Барселона"дан кетиши мумкин. Нега?  16 14:32Орзу йўлининг муваффақиятли якуни ёхуд ҳар қадамда тарихга кирган Кападзе   16 14:11"Реал" 39 ёшли футболчи билан шартнома имзолаши мумкин?!  4 13:40ЦСКА бош мураббийи клубдан кетишга яқин  6 13:12"Ньюкасл" "Манчестер Юнайтед"нинг собиқ вингерини харид қилиши мумкин  0 12:42Гвардиола Ямал ҳақида: "Афсусдаман, аммо Мессига ўхшаши бўлмайди. Бу имконсиз"  27 12:12Ўзбекистоннинг 17 клуби ОФК лицензиясини қўлга киритди, аммо...  0 11:41Жака Италия гранди сафига ўтиши мумкин  3 11:17Осимхен "Ал Ҳилол"га ўтмоқдами?  1 10:50“Челси“ ва “Арсенал“да ўйнаган футболчи фаолиятини Бразилияда давом эттиради  0

"Oltin to'p" sovrindorlari top-10 FOTO (1-qism) Yangiliklar

"Oltin to'p" sovrindorlari top-10 FOTO (1-qism)

Har yili dunyoning eng yaxshi futbolchisi nomi elon qilnishidan barchaning xabari bor.

Saytimiz o'quvchilariga "Oltin to'p" sovrinini qo'lga kiritgan barcha futbolchilarni suratlarda taqdim etamiz.


Stenli Metyuz

"Oltin to'p"ni birinchilardan bo'lib 1956 yili Stenli Metyuz qo'lga kiritgan.  O'ynagan jamoalari - "Stok Siti", "Blekpul", "Xibernians"



Alfredo Di Stefano

1957 yili Madridning "Real" klubi afsonaviy futbolchisi Alfredo Di Stefano dunyoning eng yaxshi futbolchisi unvonini qo'lga kiritgan. O'ynagan jamoalari - "River Pleyt", "Urakan", "Milonarios", "Real Madrid", "Espanol"


Raymon Kopa

1958 yili Raymon Kopa "Oltin to'p"ni qo'lga kiritgan. O'ynagan jamoalari - "Anjers", ""Stad de Reyms", "Real Madrid"


Luis Suares

1960 yilgi Luis Suares "Oltin to'p"ga egalik qilgan. O'ynagan jamoalari - "Deportivo La-Korunya", "Espanya Indastrial", "Barselona", "Inter", "Sampdoriya"


Omar Sivori

Omar Sivori 1961 yili dunyoning eng yaxshi futbolchisi nomiga sazovor bo'lgan va "Oltin to'p" bilan taqdirlangan. O'ynagan jamoalari - "River Pleyt", "Yuventus", "Napoli"


Yozef Masopust

1962 yili CHexoslovakiyalik futbolchi Yozef Masopust "Oltin to'p"ni qo'lga kiritgan. O'ynagan jamoalari - "Vodotexna", "Dukla", "Royal Krossing"



Lev Yashin

1963 yili ilk marotaba darvozabonga "Oltin to'p" sovrini topshirildi. Ushbu sovringa Moskvaning "Dinamo" klubi posboni Lev Ivanovich Yashin qo'lga kiritgan. Lev Yashin faoliyati davomida 1950 yildan 1971 yilga qadar Moskvaning "Dinamo" jamoasi sharafini himoya qilgan. Yashin "Dinamo" tarkibida 326ta uchrashuvni o'tkazgan. 


Denis Lou

1964 yili shotlandiyalik charm to'p ustasi Denis Lou yilning eng yaxshi futbolchisi deya etirof etilgan. O'ynagan jamoalari - "Xaddersfild Taun", "Manchester Siti", "Torino", "Manchester Yunayted"


Eysebio da Silva Ferreyra

1965 yili portugaliyalik futbolchi Eysebio da Silva Ferreyra "Oltin to'p"ga egalik qilgan. O'ynagan jamoalari - "Sporting Lourensu-Markish", "Benfika", "Boston Minitmen", "Monterey", "Toronto Metros-Kroeysha", "Beyra-Mar", "Las-Vegas Kviksilvers", "Unian di Tomar", "Nyu-Jersi Amerikans"



Bobbi CHarlton

"Manchester Yunayted" klubining  afsonaviy futbolchisi Bobbi CHarlton 1966 yili "Oltin to'p" sovrinini qo'lga kiritgan. O'ynagan jamoalari - "Manchester Yunayted", "Preston Nort End", "Uoterford", "Arkadiya SHeperds", "Bangor Siti", "Nyukasl KB Yunayted", "Blektaun Siti"


Davomi bor...

Reyting: +36   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика