“Oltin to'p-2020” marosimi FIFA tomonidan o'tkazilishi mumkin
11 avg 2020 21:25
Yangiliklar
“Oltin to'p-2020” marosimi FIFA tomonidan o'tkazilishi mumkin
Bu haqda “Bavariya” rahbariyati vakili Karl-Xaync Rummenigge aytmoqda.
“Infantino bilan telefon orqali suhbatlashdim. FIFA “Oltin to'p-2020” marosimini o'tkazishni jiddiy tarzda ko'rib chiqmoqda”, deya aytgan Rummenigge.
Eslatib o'tamiz, 2010-2015 yillar davomida FIFA France Football bilan birgalikda “Oltin to'p”ni topshirib kelardi. 2016 yildan yildan esa FIFA “The Best” mukofotini joriy qildi va France Football bilan hamkorlik yakunlandi.
Avvalroq, ikkala tashkilot ham pandemiya tufayli yilning eng yaxshi futbolchisi uchun topshiriladigan marosimlarni rasmiy tarzda bekor qilishgan edi.
Fikrlar