“Oltin to'p-2020” marosimi FIFA tomonidan o'tkazilishi mumkin

Eldor Akmurzayev
11 avg 2020, 21:25
Bu haqda “Bavariya” rahbariyati vakili Karl-Xaync Rummenigge aytmoqda.

“Infantino bilan telefon orqali suhbatlashdim. FIFA “Oltin to'p-2020” marosimini o'tkazishni jiddiy tarzda ko'rib chiqmoqda”, deya aytgan Rummenigge.

Eslatib o'tamiz, 2010-2015 yillar davomida FIFA France Football bilan birgalikda “Oltin to'p”ni topshirib kelardi. 2016 yildan yildan esa FIFA “The Best” mukofotini joriy qildi va France Football bilan hamkorlik yakunlandi

Avvalroq, ikkala tashkilot ham pandemiya tufayli yilning eng yaxshi futbolchisi uchun topshiriladigan marosimlarni rasmiy tarzda bekor qilishgan edi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: isport.ua