Olmos Qilichev: Yo'qotishlar tasir qildi
24 sen 2016 21:30
Yangiliklar
Olmos Qilichev: Yo'qotishlar tasir qildi
Mashal - Andijon (5:0) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida Andijondan jamoa boshlig'i Olmos Qilichev uchrashuv haqida fikrlarini bildirib o'tdi.
- Albatta Muborakka ochko olish maqsadida kelgandik. CHunki ayni paytda har bir ochko biz uchun oltinga teng deyish mumkin. Bugun tarkibda o'ziga yarasha muammolar bor edi. Bobur Akbarov, Azamat Bobojonov diskvalifikaciya tufayli bugungi uchrashuvda ham yordam bera olmadi. Pavel Smolyachenko bilan Dilshod Jo'raev esa mashg'ulot chog'ida jaroxat orttirib olishgandi. SHu bois murabbiylar shtabi imkoniyatdan kelib chiqib, tarkib tuzgandi. Yoshlarga biroz tajriba etishmasligi pand berdi. Mashal esa haqqoniy g'alabaga erishdi. Endi keyingi o'yinlarga etibor qaratgan xolda, ochko jamg'arishga urinamiz - deydi Olmos Ravshanbekovich.
"Andijon" matbuot xizmati
Fikrlar