"Olmaliq" futbolchisi Turkmaniston terma jamoasiga g'alaba keltirdi
08 okt 2015 20:30
Yangiliklar


"Olmaliq" futbolchisi Turkmaniston terma jamoasiga g'alaba keltirdi
Bundan bir necha daqiqa avval, Turkmaniston terma jamoasi o'z maydonida hindistonliklarni 2:1 hisobda mag'lubiyatga uchratdilar. Hindistonga qarshi o'yinda "Nasaf" sardori Artur Gevorkyan 90-daqiqada almashtirildi. Orada bitta sariq kartochka oldi. "Olmaliq" yarim himoyachisi Arslanmurod Omonov esa terma jamoasiga g'alaba keltiruvchi ikkinchi gol muallifi bo'ldi.
"D" guruhi. 5 tur.
Turkmaniston - Hindiston 2:1 (1:1)
Gollar: Quvonch Obilov (8), Arslanmurod Omonov (60) - Jeje Lalpexlua (28)
Turkmaniston: Mamet O'rozmuhammedov, Makan Saparov, Serdar Annao'rozov, Axmet Ataev, SHuhrat Suyunov, Baxtiyor Xo'jaxmedov, Quvonch Obilov, Arslanmurod Omonov, Umidjon Ostonov, Sulaymon Muxadov (Altimurod Annadurdiev 90), Artur Gevorkyan (Serdarali Otaev 90).
Hindiston: Gurprit Singx Sandu, Pritam Kotal, Sendesh Jingan, Arnab Mondal, Narayan Das (Fanai Lalchxuan Mavia 46), Eugeneson Lingdox, Francis Fernandes (Bikash Jairu 79), Sexenaj Singx (Roulin Borges 64), Robin Singx, Jeje Lalpexlua, Sunil CHxetri.
Ogohlantirishlar: Artur Gevorkyan (85), Mamet O'rozmuhammedov (90) - Eugeneson Lingdox (30), Francis Fernandes (51), Pritam Kotal (86).
O’xshash yangiliklar

Fikrlar