So’nggi yangiliklar

09:51"Реал" футболчиси Саудияга кетмоқчи, бироқ унга ПСЖ жиддий қизиқмоқда  0 09:23"Манчестер Юнайтед" бош мураббийи клубнинг келажаги бўладиган футболчи ҳақида гапирди  0 08:55ESPN "Реал Мадрид"да Хаби Алонсо ўрнини эгаллаши мумкин бўлган асосий номзодни эълон қилди  1 08:30"Каттақўрғон" катта футбол учун дастлабки қадамларни ташлади  1 08:01Ўзбекистонлик футболчи Косово жамоаси билан шартнома имзолади  3 07:29Ўзбекистон МТЖ аъзоси "Андижон"га ўтишга яқин  7 00:30"Реал" ёзда Пасни "Комо"дан 9 млн еврога сотиб олишга қарор қилди. Нико қайта сотилмайди  0 23:41"Реал" Карвахалга ўринбосар топди  1 23:04Хаби Алонсо "Реал"дан учта юлдузни сотиб олишни сўради  3 22:15“Барселона” ва “Ювентус” “Борнмут” футболчисига қизиқмоқда  0 21:48"Арсенал" ҳимоячиси Салиба: "Мен АПЛни яхши кўраман, лекин асосий мақсадим — Чемпионлар лигаси"  1 21:21Флик Рэшфорд бўйича қарор қабул қилди  3 20:55“Манчестер Юнайтед” “Атлетико” ярим ҳимоячисини нишонга олди  1 20:24“Манчестер Сити” футболчиси январда клубни тарк этиши мумкин  4 19:54Футбол юлдузлари Рождество байрамини қандай нишонламоқда?  15

Oliy liganing barcha snayperlari Yangiliklar


O'zbekiston chempionati tarixida eng ko'p to'purar futbolchilarni "Neftchi" jamoasi taqdim etgan. "Neftchi" futbolchilari jami olti marotaba eng yangi to'purar sovrinini qo'lga kiritgan. Bu borada ikkinchi pog'ona "Bunyodkor" jamoasiga tegishli. "Qaldirg'ochlar"dan besh nafar futbolchi yilning eng yaxshi "snayperi" bo'lishga muvaffaq bo'lishgan.
Oliy liganing dastlabki "Oltin butsa"sini "Paxtakor" azosi Valeriy Kechinov o'ziniki qilib olgan. 1992 yilgi mavsumda Kechinov raqiblari darvozasiga 24 marotaba to'p kiritib, chempionatning eng yaxshi to'purariga aylangan.
Oliy ligada jami to'rt nafar legioner futbolchilar to'purar bo'lashgan. Bular Rivaldo, Milosh Trifunovich, Oleksandr Pishur va Artur Gevorkyan.
Oliy liga tarixida Alisher Xoliqov va Nosir Otaqo'ziev 2010 yili 13tadan gol kiritib, to'purarlar ro'yxatida etakchilikni bo'lib olishgan. Bu ko'rsatkich chempionatdagi eng past natija hisoblanadi. Jafar Irismetov esa 2000 yilda 45ta gol urib chempionatning eng yaxshi to'purariga aylangan va bir mavsumda eng ko'p gol urish bo'yicha rekord o'rnatgan.

Bu yilgi mavsumda kim to'purar bo'ladi? Bu savolga yana uchta turdan so'ng javobni olamiz. Hozir bu borada "Qizilqum" va "paxtakor" hujumchilari Bahriddin Vahobov va Igor Sergeev o'zaro raqobatlashishmoqda.
Hozirga qadar Vahobov hisobida 21ta gol mavjud, Igor Sergeev hisobida esa 20ta gol bor. Bu borada ham kurash so'nggi turgacha davom etishi aniq.

O'zbekiston chempionatining to'purarlari:

1992 - Valeriy Kechinov ("Paxtakor") 24 ta gol
1993 - Rustam Durmonov ("Neftchi")  24 ta gol
1994 - Ravshan Bozorov ("Neftchi")  26 ta gol
1995 - Oleg SHackix ("Navbahor")  26 ta gol
1996 - Oleg SHackix ("Navbahor"), Jafar Irismetov ("Do'stlik")  23 ta gol
1997 - Jafar Irismetov ("Do'stlik")  34 ta gol
1998 - Mirjalol Qosimov ("Paxtakor"), Igor SHkvirin ("Paxtakor") 22 ta gol
1999 - Umid Isoqov ("Neftchi"), Baxtiyor Hamidullaev ("Andijon") 24 ta gol
2000 - Jafar Irismetov ("Do'stlik")  45 ta gol
2001 - Umid Isoqov ("Neftchi")  28 ta gol
2002 - Baxtiyor Hamidullaev ("Andijon")  22 ta gol
2003 - Marsel Idiatulin ("Qizilqum"), SHuhrat Mirholdirshoev ("Navbahor")  26 ta gol
2004 - SHuhrat Mirholdirshoev ("Navbahor") 31 ta gol
2005 - Anvar Soliev ("Paxtakor") 29ta gol
2006 - Pavel Solomin ("Traktor") 21 ta gol
2007 - Ilhom Mo'minjonov ("Quruvchi") 21 ta gol
2008 - Server Jeparov ("Bunyodkor") 19 ta gol
2009 - Rivaldo ("Bunyodkor") 19 ta gol
2010 - Alisher Xoliqov ("Neftchi"), Nosir Otaqo'ziev ("Olmaliq") 13 ta gol
2011 - Milosh Trifunovich ("Bunyodkor") 17 ta gol
2012 - Anvar Berdiev ("Neftchi") 19 ta gol
2013 - Oleksandr Pishur ("Bunyodkor") 19ta gol
2014 - Artur Gevorkyan ("Nasaf") 18 ta gol


SHahboz Beg'amov tayyorladi

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика