So’nggi yangiliklar

16:26Ўзбекистон Кубоги. 3-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  0 16:02Суперлига. 9-тур дисквалификациялари: ОКМК, "Пахтакор" ва "Навбаҳор" 1 нафардан йўқотишга эга   0 15:42Лени Йоро "Манчестер Юнайтед"га ўтганидан афсусда  5 15:13Малуда "Челси"га Осимхенни трансфер қилишни маслаҳат берди  0 14:44"Барселона" ярим ҳимоячисини сотишга тайёр  1 14:17"Барселона" "Челси" ҳимоячисини харид қилмоқчи  1 13:49Breaking! Хаби Алонсо "Реал" билан неча йиллик шартнома тузиши маълум  11 13:28Бу йил қайси клублар кучли учликда бўлади?  2 12:45Нега мураббийлар ёшларни кашф қилмайди?  1 12:13"Андижон" – мухлислар ташрифи бўйича етакчи!  19 11:45Тарихий рекорд: "Интер" "Барселона" билан ўйин чипталаридан 14,7 млн евро ишлаб олди  7 11:19"Барселона" "Интер" футболчисини сотиб олмоқчи  7 10:51Арсен Венгер “Арсенал“нинг финалга чиқа олмаганига фикр билдирди  1 10:20Дэвид Бекхэм Англия жамоасини ҳам сотиб олди  6 09:51Артетанинг “Арсенал“даги келажаги маълум  11

Oliy liga. "Obod" "Paxtakor"ga yirik hisobda yutqazdi Yangiliklar

Oliy liga. "Obod" "Paxtakor"ga yirik hisobda yutqazdi

Teglar :  ObodPaxtakor
Oliy liganing 15-turidan o'rin olgan "Obod" - "Paxtakor" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Uchrashuvning 15-daqiqasida mezbonlarni hisobni ochishdi. Bu vaziyatda SHoxruz Norxonov raqib darvozasiga gol urdi - 1:0. O'yinning 27-daqiqasida SHerzod Karimov jarima to'pidan unumli foydalandi - 1:1.

39-daqiqada SHerzodning pasidan so'ng Igor Sergeev gol urdi - 1:2. Birinchi taym oxirida Jaloliddin Masharipov mezbonlarni yana ranjitdi - 1:3.

Bahsning 58-daqiqasida Jamshid Iskanderov penaltidan hisobni yiriklashtirdi - 1:4. O'yinning 67-daqiqasida SHoxruz Norxonov penaltidan gol ura olmadi.

O'yin "Paxtakor"ning yirik g'alabasi bilan tugadi.


Obod (Toshkent) – Paxtakor (Toshkent) 1:4
30 iyun 2016. Toshkent. "Jar" stadioni. 18:00
Hakamlar
: O. To'ychiboev (Farg'ona), R. Nugmanov (Toshkent), S. Eremeev (Toshkent), A. Najafaliev (Toshkent)
Nazoratchi: D. Roman (Toshkent).

Gollar: SHoxruz Norxonov 15, - 1:0. SHerzod Karimov 27, - 1:1. Igor Sergeev 39, - 1:2 (SHerzod Karimov). Jaloliddin Masharipov 45, - 1:3 (Igor Sergeev). Jamshid Iskanderov 58 penalti, - 1:4 (Igor Sergeev).

Amalga oshirilmagan penalti: SHoxruz Norxonov 67 (darvozabon)

"Obod": 12.Dilshod Hamroev, 2.Abror Husinov, 3.Ilhom Komilov, 4.Xurshid G'iyosov, 5.G'ayrat Umirov, 7.Javohir Qahramonov, 8.Doniyorbek Hasanov, 9.Pavel Solomin, 11.SHoxruz Norxonov, 18.Sanjar To'raqulov, 23.Javlon Iskandarov.
Zaxira: 1.Umidjon Yorbekov, 6.SHerzod Jalilov, 10.Alisher Azizov, 13.Umidjon Matmusaev, 22.Islomjon Ismoilov, 29.SHuhrat Majidov, 30.Ismoil Jasurxo'ja

"Paxtakor": 1.Nikita Ribkin, 4.Adnan Oraxovac, 5.Akbar Ismatullaev, 7.Azim Ahmedov, 8.SHerzod Karimov, 9.Jaloliddin Masharipov, 10.Jamshid Iskanderov, 11.Igor Sergeev, 14.Jamshid Boltaboev, 21.Kamoliddin Tojiev, 28.Stanislav Andreev.
Zaxira: 50.Umidjon Hamroev, 6.Abbos Otaxonov, 15.Javohir Sohibov, 17.Akobir To'raev, 24.Davron Hoshimov, 29.Vladimir Kozak, 48.Temur Tolipov.

Reyting: -25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика