Oliy liga. "Nasaf"ning g'alabasiz seriyasi davom etdi
16 iyu 2016 22:12
Yangiliklar
Oliy liga. "Nasaf"ning g'alabasiz seriyasi davom etdi
Ro'ziqul Berdiev boshchiligidagi "Nasaf" jamoasi oliy ligada ketma-ket to'rtinchi o'yinni g'alabasiz yakunladi.
"Nasaf" jamoasi oliy ligada oxirgi marotaba 8 may kuni o'z maydonida "Qizilqum" (2:0) mag'lub etishni uddasidan chiqqan edi. SHundan so'ng "ajdarlar" Bekobodda "Metallurg" (1:0), Qarshida "Bunyodkor" (1:1), safarda "Navbahor" (2:2) va bugun o'z uylarida "Lokomotiv"ga (1:2) qarshi o'yinlarda g'alaba nimaligini bilishmadi.
Berdiev boshchiligidagi "Nasaf" so'nggi to'rtta turda 2 ochko ishlab oldi va 10 ochko yo'qotdi.
CHempionlik uchun kurashayotgan jamoa peshqadam "Loko"dan ayni paytda 10 ochkoga ortda qolmoqda va turnir jadvalida "Metallurg" bilan uchinchi o'rinni bo'lishib turishibdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar