So’nggi yangiliklar

09:36«Андижон» икки нафар футболчини ижарага берди. Бири Қозоғистон чемпионатига йўл олди  0 09:01Гвардиола Ҳусановнинг ўйнига юқори баҳо берди  8 08:33АПЛнинг жорий турида ушбу кўрсаткич бўйича Ҳусанов тенгсиз!  2 08:00Гвардиола кечаги учрашувдан сўнг нималар деди?  4 07:18Sofascore. Ҳусанов ва унинг шериклари «Ливерпул»га қарши учрашувда қандай баҳо олишди?  6 07:02Бурчак зарбасидан гол ва ассистлар. Неймар «Сантос»га йирик ғалабани тақдим этди  5 02:43Лига 1. "Лион" ва ПСЖ ўртасидаги ўйинда 5та гол урилди, Хакимидан дубль  1 02:39А Серия. Влаховичнинг голи меҳмонда "Ювентус"га ғалаба тақдим этди  0 00:53Киммих "Бавария"да қолишга яқин  1 00:24Абдуқодир Ҳусанов бугунги ўйинда қандай статистика қайд этди?  8 00:15АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпуль"га мағлуб бўлди, Ҳусанов ўйинда тўлиқ ҳаракат қилди  3 23:35Бундеслига. "Бавария" ўз уйида "Айнтрахт"га жавобсиз 4та гол урди, мюнхенликлар энг яқин таъқибчиларидан 8 очко илгарилаб кетишди  2 23:29БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" кутилмаганда "Шаржа"дан устун келди, "Ал Ваҳда"дан йирик ғалаба  0 23:24АПЛ. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Ливерпуль"га ютқазди. Ҳусанов ҳимоячилар орасида энг катта балл олди  181 23:00U-20 Осиё кубоги. Ўзбекистон ўз юришини чорак финалда тўхтатди  13

Oliy liga. Dastlabki tur ramziy terma jamoasi Yangiliklar

Oliy liga. Dastlabki tur ramziy terma jamoasi

2016 yilgi O'zbekiston chempionatining dastlabki tur o'yinlari ham yakuniga etdi.
Odatimizga ko'ra o'tgan turda o'zini ko'rsatgan futbolchilardan iborat ramziy terma jamoasini tuzib chiqdik.


Darvozabon
Andrey Baklanov ("Qo'qon-1912")

"Qo'qon-1912" posboni Andrey Baklanovni dastlabki turning eng yaxshi darvozaboni deb topdik. ertaga 35 yoshga to'ladigan Baklanov "Obod"ga qarshi bahsda bir necha bor jamoasini gollardan qutqarib qolib o'zining tug'ilgan kuniga ajoyib sovg'a hozirladi. Uning seyvlari qo'qonliklarga 3 ochkoni taqdim etdi.



Himoyachilar
Akmal Rustamov ("Qizilqum")  
Davron Hoshimov ("Paxtakor")
Artyom Filiposyan ("Buxoro")
Rustam Ashurmatov ("Bunyodkor")

"Qizilqum" klubi himoyachisi Akmal Rustamov ilk turda gol urishga erishdi. Bundan tashqari aynan uni yiqitishganidan so'ng Ravshan Ermatov "Mashal" darvozasiga penalti belgiladi. Rustamov jamoasi safida qolganlarga nisbatan ancha faol o'ynadi.

"Paxtakor" vakili Davron Hoshimov "Andijon" hujumchilariga deyarli imkon bergani yo'q. "Burgutlar" bir necha bor xavfli hujumga o'tishganida aynan Hoshimov ularni to'xtatishga erishdi.



Artyom Filiposyan "Olmaliq"qa qarshi bahsda himoyada ishonchli harakat qildi va bir necha bor o'zini ko'rsatdi. "Buxoro"ning gol o'tkazmasligida tajribali futbolchining ham katta xissasi bor.

"Bunyodkor"ning yosh himoyachisi Rustam Ashurmatov jamoaning asosiy futbolchisiga aylanib bo'ldi. U "Neftchi" bilan bahsda markaziy himoyada ajoyib o'ynadi va raqibga gol urish uchun imkon bermadi. Havodagi kurashlarda ham raqibdan ustun kelgan Rustamdan o'z ustida ishlashda to'xtamasligi talab etiladi. 



Yarim himoyachilar
Jamshid Iskanderov ("Paxtakor")
Bahrom Abdurahimov ("Nasaf")
Sardor Mirzaev ("Lokomotiv")
Ilhom Yunusov ("Qizilqum")



"SHerlar" yarim himoyachisi Jamshid Iskanderov "Andijon" bilan o'yinda ikkita golli pas oshirdi. Aynan uning to'p uzatishlaridan so'ng Sergeev va Masharipov to'p kiritishdi. Bundan tashqari Jamshid maydon markazida ham ancha faol o'ynadi.



"Nasaf" vakili Bahrom Abdurahimov ham ramziy terma jamoadan o'rin oldi. "SHo'rtan"ga qarshi bahsda futbolchi penalti ishladi va SHomurodovga golli pas oshirdi.



Mavsumni ajoyib tarzda boshlagan "Lokomotiv" yarim himoyachisi Sardor Mirzaev "Navbahor"ga qarshi uchrashuvda dublga erishdi. Mirzaev OCHLda ham yaxshi o'ynab gol urishga erishgandi.

"Qizilqum"ga ko'chib o'tgan Ilhom Yunusov dastlabki turda ikkita penalti tepib ikkalasini ham golga aylantirdi. Tajribali futbolchi "Mashal" bilan uchrashuvda anchagina yaxshi harakat qildi va irodali g'alabaga katta xissa qo'shdi.



Hujumchilar
Zohid Abdullaev ("Metallurg")
SHahboz Erkinov ("Mashal")

2016 yilgi oliy liganing dastlabki golini urgan "Metallurg" hujumchisi Zohid Abdullaev "So'g'diyona" bilan bahsda bir emas ikkita to'p kiritishga erishdi. Nurmatov jamoadan ketgach Abdullaev asosiy hujumchiga aylandi va murabbiylar ishonchini oqlashni boshladi.



Ilk turda dublga erishgan yana bir futbolchi bu "Mashal" hujumchisi SHahboz Erkinov bo'ldi. O'tgan yil "Navbahor"da o'ynagan Erkinov Muborak klubi safidagi dastlabki o'yinda o'z hisobiga 2ta gol yozib qo'ydi va oliy ligada urgan gollari sonini 80tadan oshirdi.


Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика