So’nggi yangiliklar

20:20Суперлига. ОКМК – "Шўртан" 0:0 (матнли трансляция)  1 20:00Суперлига. "Қизилқум" — "Сўғдиёна" 0:0 (матнли трансляция)  1 20:00Суперлига. "Бунёдкор" – "Пахтакор" (матнли трансляция)  4 19:23"Машъал" "Қўқон-1912"ни йирик ҳисобда таслим этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 19:07Жасур Жалолиддиновнинг янги клуби маълум?!  11 18:40Эндрю Робертсон испан гранди сафига ўтиши мумкин  1 17:57Равшан Эрматов клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатида энг кўп ўйинни бошқарган ҳакам бўлиб турибди  6 17:31"Шўртан" охирги бор Олмалиқда қачон ғалаба қозонган?  0 17:24Шавкат Саидов: "Бунёдкор" директори бўлишим? Бу нотўғри маълумот"  2 17:15Исроил ҳужуми туфайли Тареми жаҳон чемпионатига бора олмади  12 16:43"Реал" Асенсио билан шартномани узайтирди  1 16:20Ўзбекистонлик спорт психологи "Сантьяго Бернабеу"да "Master in Sport Psychology" дипломини олди  7 16:00Эшитдик-да! "Пахтакор"га қарши ўйиндан сўнг Илёс Зейтуллаев истеъфога чиқарилиши мумкин. Раҳбарият ҳам ўзгаради  13 15:46Турнир тубидагилар тўқнашуви: “Сўғдиёна” Навоийда тарих ёзадими?   0 15:12"Манчестер Юнайтед" Бундеслиганинг 100 млн евролик футболчисига қизиқмоқда  2

Oliy liga. Dastlabki etti o'yindan etti fakt Yangiliklar

Oliy liga. Dastlabki etti o'yindan etti fakt

Teglar :  Oliy liga
Oliy liganing 1-turidan o'rin olgan 7ta o'yin bo'lib o'tdi. Bugun "Paxtakor" va "Andijon" uchrashuvi bilan tur yakunlanadi.

Biz ortda qolgan 7ta o'yinda qayd etilgan etiborga molik jihatlar haqida malumot beramiz.

"Qo'qon-1912" - "Obod"
Qo'qonliklar mavsumning ilk turini o'z maydonida "Obod"ga qarshi o'tkazib 1:0 hisobida zafar quchdi. Murod Ismoilov shogirdlari o'tgan yil ham 1-turda Samarqandda "Dinamo" mehmoni bo'lib shu hisobda g'alaba qozongan edi. "Obod" esa oliy ligadagi dastlabki rasmiy uchrashuvida mag'lub bo'ldi.



"Bunyodkor" - "Neftchi"
Oliy liganing 1-turida "Bunyodkor" klubi Toshkentda "Neftchi"dan 2:0 hisobida ustun keldi. SHu tariqa "Bunyodkor" ikki yillik tanaffusdan so'ng o'z maydonida "Neftchi"ni mag'lub etdi. "Qaldirg'ochlar" so'nggi bor 2013 yil o'z uyida Farg'ona klubini taslim qilishgandi. 2014 yil durang (1:1) o'ynagan va o'tgan yil mag'lub bo'lgandi (0:1).



"Buxoro" - "Olmaliq"
Jamshid Saidov boshchiligidagi "Buxoro" dastlabki turni o'z uyida "Olmaliq"ni 2:0 hisobida mag'lub etdi. Ikkala gol ham penaltidan urildi. Malumot uchun, o'tgan yil buxoroliklar 30ta turda jami 2ta penalti tepishgandi. Bu yil ilk turning o'zida o'tgan yilgi natija qaytarildi.



"Qizilqum" - "Mashal"
Navoiy klubi o'z uyida "Mashal"ni 3:2 hisobida taslim qildi. SHunday qilib, "Qizilqum" o'zi uchun qora ananani buzdi. Jamoa o'z uyida bu raqibga qarshi kechgan oxirgi 9ta o'yinning hech birida g'alaba qozona olmagandi. Nihoyat 10-uchrashuvda "oltin izlovchilar" g'alaba qozonishdi. Bundan tashqari "Mashal" hujumchisi SHahboz Erkinov



"Metallurg" - "So'g'diyona"
Bekobod klubi o'z maydonida "So'g'diyona"ni 2:1 hisobida mag'lub etdi. Mezbonlar safida Zohid Abdullaev dublga erishdi. Hujumchi o'tgan yil mavsum davomida atiga 1ta gol urgandi. Abdullaev so'nggi bor 2012 yil dublga erishgandi.



"Nasaf" - "SHo'rtan"
"Ajdarlar" mavsumni o'z uyida "SHo'rtan" ustidan qozonilgan g'alaba bilan boshladi - 2:1. SHunday qilib, "Nasaf" ketma-ket beshinchi bor Qarshida G'uzor klubini mag'lub etdi. Bundan tashqari, "Nasaf" hujumchisi Ilhom SHomurodov oliy ligadagi o'zining yubiley 60-golini urdi.



"Navbahor" - "Lokomotiv"
Namanganning "Navbahor" klubi mavsumni "Lokomotiv"ga qarshi bahs bilan boshladi va 2:3 hisobida yutqazib qo'ydi. SHu tariqa, "temiryo'lchilar" ketma-ket beshinchi yil Namangandan mag'lub bo'lmay qaytishdi. Bundan tashqari "Loko"ning oliy ligadagi umumiy g'alabalari soni 140taga etdi.


Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика