So’nggi yangiliklar

17:15Тер Штеген – "Барса"да сардорлик учун асосий номзод  0 16:48"Хоразм" бир қатор футболчиларни сафига қўшиб олди  1 16:28"Манчестер Сити" янги мавсум учун захира либосини тақдим этди  0 15:59ФИФА Олимпиада ўйинларидаги воқеаларни текшириш учун эксперт тайинлади  0 15:34Тимур Кападзе: "Мисрнинг кучли томонлари ва имкониятларини яхши биламиз"  8 15:12Иброҳимҳалил ОТЖ лагерини тарк этди, унинг ўрнига бошқа ўйинчини қўшиш мумкинми? Кападзе жавоб берди  23 14:59"Манчестер Юнайтед" Уан-Биссакани Дюмфрисга алмаштирмоқчи  4 14:37Париж-2024. Ўзбекистон Мисрга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  9 14:15АПЛ клублари "Лион" ҳимоячисига даъвогар  1 13:50Симонс "Лейпциг" ва "Бавария"дан бирини танлади  1 13:23"Арсенал" Евро-2024'да ёрқин ўйин кўрсатган ярим ҳимоячининг трансфери борасида музокаралар ўтказмоқда  1 12:57"Ньюкасл" ҳимоячиси Саудия Арабистони чемпионатига ўтиши мумкин  1 12:29Расман: "Комо" ироқлик иқтидор билан шартнома имзолади  1 12:04"Андижон" янги аъзоси Абинур Нуримбет: "Келажакда Қозоғистон миллий терма жамоаси либосида майдонга тушишни истайман"  3 11:39ПСЖ Франция терма жамоаси дарвозабонига қизиқмоқда  2

Oliy liga. "Buxoro" Bekobodda g'alabaga erishdi Yangiliklar

Oliy liga. "Buxoro" Bekobodda g'alabaga erishdi

Oliy liganing 23-turida "Metallurg" o'z maydonida "Buxoro"ni qabul qildi.

O'yin “Metallurg”ning tezkor hujumlari bilan boshlandi. Mezbonlar 3-daqiqadayoq hisobni ochishlari mumkin edi. Ayubxon No'monov tepgan to'p darvoza ustuni bilan to'sini kesishgan nuqtaga tegib qaytdi.

10-daqiqada mehmonlarning birinchi xavfli qarshi hujumini Vadim CHemirtan bosh zarbasi bilan yakunladi. Zarba kuchsiz bo'ldi va to'pni Suhrobjon Sultonov egallab oldi.

Taym tugashiga besh daqiqa qolganda bekobodliklar qatorasiga ikki marta burchakdan to'pni o'yinga kiritib berishdi. Birinchi gal Dilmurod Karimovning bosh bilan bergan zarbasidan so'ng darvozabon to'pni yana maydon tashqarisiga chiqarib yuborgandi. Ikkinchi safar “Buxoro” himoyachisi to'pni qo'li bilan o'ynaganligi uchun hakam penalti belgiladi. Uni Ayubxon No'monov bexato amalga oshirib, hisobni ochidi – 1:0.

Hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqada Vadim CHemirtan chamasi 18 metrlar olislikdan jarima zarbasini ajoyib tarzda amalga oshirib, hisobni tenglashtirdi – 1:1.

Uchrashuv oxirida CHemirtanning pasidan so'ng SHavkat Salomov gol urdi - 1:2.


Metallurg (Bekobod) – Buxoro (Buxoro) 1:2

Hakamlar: T. To'xtasinov (Andijon), A. Maradjabov (Andijon), Z. Abduraxmonov (Andijon), K. Rasulov (Qarshi)

Nazoratchi: R. Serazetdinov (Toshkent).

O'zPFL vakili: R. CHernikov.

Gollar: Ayubxon No'monov 40 penalti, - 1:0. Vadim CHemirtan 45, - 1:1. SHavkat Salomov 89, - 1:2 (Vadim CHemirtan).

“Metallurg”: 32. Suhrobjon Sultonov, 4. (s) Hikmat Hoshimov, 6. Dilmurod Karimov, 7. Doniyor Odilov, 8. Ayubxon No'monov, 13. Javohir Esonqulov, 14. Davronbek Karimqulov, 15. Zohid Abdullaev, 22. Murodjon Toshmatov, 23. SHerzod Jalilov, 70. Jahongir Abdumo'minov (11. Farrux SHotursunov, 77).
Zaxira: 91. Zafar Safoev, 9. Farhod Namozov, 19. Ergash Ismoilov, 20. Ulug'bek Xudoyberdiev, 27. Muhammadodil Qahramonov, 77. Saidjon Abdujabborov.

“Buxoro”: 1. Muhiddin Xudoyorov, 8. Salamat Quttiboev, 10. (s) SHavkat Salomov, 18. Bahodir Pardaev (19. Jasur Hasanov, 46), 23. Aleksandr Merzlyakov, 55. SHavkatjon Mullajonov, 61. Aziz Ibragimov (17. Jamoliddin Ubaydullaev, 69), 70. Vadim CHemirtan, 85. Ruslan Melziddinov, 87. Alisher Sanoev, 93. Maksimillian Fomin (11. Sanat SHixov, 75).
Zaxira: 30. Asilbek Omonov, 7. Suhrob Nematov, 71. Anvar Rajabov, 97. Kamoliddin Murzoev.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика