So’nggi yangiliklar

02:04"Челси" клублар ўртасидаги жаҳон чемпионати финалида!  14 00:55Карло Анчелоттининг ўғли Бразилия клуби бош мураббийи бўлди  1 00:35Уэсли Фофана "Челси"да қолади  1 00:05"Тоттенхэм" Япония миллий терма жамоаси ҳимоячисининг трансферини эълон қилди  1 23:34"Милан" ва А Сериясининг бошқа етакчи клублари Хейлундга қизиқиб қолишди  0 23:05Жота билан собир бўлган ҳалокатнинг сабаблари бўйича экспертиза хулосаси маълум бўлди  11 22:40"Реал" "Бенфика" ҳимоячиси билан келишиб олди, клубни рози қилиш қолди  3 22:15"Рома" янги мавсум учун уй либосини тақдим этди  2 21:45ПСЖнинг икки футболчиси учун Клублар ўртасидаги ЖЧ якунланди. Хайсен эса...  13 21:25Расман: "Банияс" Акмал Мозговойни ўз футболчиси сифатида таништирди  8 21:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг ўтган ойдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  5 20:22Тиаго Силва: "Челси" ва ПСЖдан чексиз миннатдорман"  12 19:52"Арсенал" Евро ярим финалчиси трансферини ҳал этди  5 19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  4 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  3

Oliy liga. "Big 4": "Paxtakor" va "Lokomotiv" etakchi, "Nasaf" va "Bunyodkor"da esa bittadan g'alaba Yangiliklar

Oliy liga. "Big 4": "Paxtakor" va "Lokomotiv" etakchi, "Nasaf" va "Bunyodkor"da esa bittadan g'alaba

Oliy liganing ushbu mavsumi ham asta-sekin o'z yakuniga etib qoldi.


Yana bir turdan so'ng ushbu chempionatimiz yakunlanadi. Hozircha chempion jamoa nomi aniq emas. Hammasi so'nggi turda hal bo'ladi. CHempionlik uchun kurashda "Paxtakor" va "Lokomotiv" so'nggi daqiqagacha kurash olib borishadi. Biz hozir bu haqida emas. Balki chempionatimizning to'rtta grand jamoalarining o'zaro uchrashuvlaridagi natijalari haqida to'xtalmoqchimiz.


Oliy ligamizning "Big 4" toifasiga kiruvchi jamoalar so'nggi to'rt yildan buyon o'zgarmay kelmoqda. Bular "Paxtakor", "Lokomotiv", "Nasaf" hamda "Bunyodkor" jamoalari. Ushbu jamoalar mavsum davomida o'zaro o'yinlarda jami 6 marotaba kuch sinashishadi. Ushbu uchrashuvlarda qaysi jamoa ko'proq ochko yig'ishni uddalay olsa odatda chempionlikka yaqin kelishi hech kimga sir emas. Bu yilgi natijalar ham bu gaplar bejizga emasligini isbotlab turibdi.

"Big 4" uchrashuvlarida eng ko'p ochko jamg'arish bo'yicha ham hozirga qadar chempionlik poygasida quvlashmachoq o'ynayotgan "Paxtakor" va "Lokomotiv" jamoalari etakchi sanalishadi. Ushbu ikki klub bir xil ravishda 12 ochkodan jamg'arishgan.
"Paxtakor": "Lokomotiv" (2:1), "Bunyodkor" (1:0), "Nasaf" (3:1), (0:1) jamoalari ustidan g'alabaga erishdi.
"Lokomotiv": "Bunyodkor" (3:0), (0:1), "Nasaf" (1:0), "Paxtakor" (2:1) jamoalarini mag'lubiyatga uchratib 12 ochko ishlab olgan.


"Nasaf" hamda "Bunyodkor" jamoalarida ham bir xil ko'rsatish qayd etilgan. Ushbu jamoalar grandlar bilan bo'lgan o'yinlarda 5 ochkodan ishlab olishdi.
"Nasaf" birinchi davrada "Lokomotiv"ni (1:0) dog'da qoldirgan bo'lsa, "Bunyodkor" ikkinchi davrada "Paxtakor" (2:0) ustidan g'alabani tantana qilgan. Ushbu jamoalar qolgan ikkitadan ochkoni o'zaro o'yinlarda har ikki safar ham durang (0:0), (0:0) o'ynashib qo'lga kiritishgan.

"Paxtakor" va "Lokomotiv" jamoalari "Big 4"da 6tadan o'yin o'tkazishdi va 4ta g'alaba, 2tadan o'yinda mag'lubiyatga uchrashdi.

"Nasaf" hamda "Bunyodkor" esa "Big 4"da 6tadan uchrashuv o'tkazishdi va 1ta g'alaba, 2tadan durang va 3tadan o'yinda mag'lubiyatga uchrashdi.


SHahboz Beg'amov

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика