So’nggi yangiliklar

14:44Хайрия учрашуви. "Динамо" - Ўзбекистон фахрийлари беллашувидан галерея  0 14:20Лаутаро Мартинес: "Ҳеч қачон бундай оғриқни ҳис қилмаганман"  1 13:50Факт. Ўзбекистон Тошкентда Эронни ютмаган. Нохуш анъана тугайдими?  8 13:20Томас Тухель: "Идеал ўйин йўқ, аммо жамоам кўп яхши томонларни кўрсатди"  1 12:50Роберт Левандовский 2025/26 йилги мавсумдан сўнг "Барселона"ни тарк этиши мумкин  4 12:16ОЧЛ-2. "Аркадағ" - "Андижон" учрашувини сингапурлик ҳакам бошқаради  9 11:47U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Қирғизистон билан дуранг ўйнаган Ўзбекистоннинг гуруҳида вазият қандай?  16 11:20Ислом Исмоилов Канада билан ўйиндан сўнг: "Пенальтилар серияси доим режамизда бўлади"  1 10:45Саудия клублари Ҳарри Магуайрга қанча маош таклиф қилгани маълум  1 10:09Вильям Салиба қанча муддатга сафдан чиққани маълум  2 09:30Here we go! Онана "Манчестер Юнайтед"ни тарк этмоқда  21 08:58"Ал Аҳли" Франция U-21 аъзосини 25 миллион еврога сотиб олди  3 08:17Роналду Мессидан ўтиб кетди  25 07:50ЖЧ-2026 саралаши. Португалия Арманистон устидан 5:0 ҳисобида ғалаба қозонди, Англия Андоррани енгди, Сербия эса Латвиядан устун келди  9 07:35Дембеленинг жароҳати жиддий бўлиб чиқди. Унинг қанча муддатга сафдан чиққани эълон қилинди  5

Oliy liga. Amalga oshmagan transferlar TOP-10 Yangiliklar

Oliy liga. Amalga oshmagan transferlar TOP-10

Yangi mavsum oldidan oliy ligadagi amalga oshmay qolgan transferlar o'nligi bilan tanishib chiqamiz.


1-o'rin. Eldorbek Suyunov ("Nasaf")

Qaerga o'tmadi: ("Bunyodkor"), ("Persepolis", Eron)


"Nasaf" darvozaboni Eldorbek Suyunovning xizmatlariga mavsum avvalida juda ko'plab grand jamoalar qiziqish bildirishdi. Xususan Toshkentning "Bunyodkor" jamoasi Eldorbek Suyunovni o'z safiga qo'shib olishni istagandi. Biroq ushbu transfer amalga oshmay qoldi. Eldorbek Suyunov "Nasaf" jamoasi bilan shartnomasini uzaytirganidan so'ng, Eronning "Persepolis" klubi ham Suyunovni o'z safiga chrladi. Ammo "Nasaf" kiperi yana bir mavsum "ajdarlar" bilan qolishni maqul ko'rdi. So'nggi uch yildan buyon "Lokomotiv" jamoasi ham Suyunovga jiddiy qiziqib keladi. Lekin Suyunov hozircha "Nasaf"dan ketishni maqul ko'rmayapti.


2-o'rin. Kamoliddin Murzoev

Qaerga o'tmadi: (PKNS FC, Malayziya)


O'tgan mavsumni ikkinchi yarmini "Dinamo" safida o'tkazgan hujumchi Kamoliddin Murzoev Malayziya klubi PKNS FC bilan shartnoma ham imzolagandi. Ushbu transfer uzoq davom etgan mash-mashalardan so'ng uzilib qoldi. Yani futbolchi va klub o'zaro kelishuvga ko'ra, o'rtadagi bitimni bekor qilishdi. Kamoliddin Murzoev ayni vaqtda erkin agent hisoblanadi.

3-o'rin. SHuhrat Muhammadiev ("Nasaf")

Qaerga o'tmadi: ("Lokomotiv"), ("Bunyodkor")


Qarshining "Nasaf" jamoasi o'ng qanot himoyachisi SHuhrat Muhammadiev ham juda ko'plab jamoalarning diqqat etiborida bo'ldi. Muhammadievning o'z safiga chorlagan "Lokomotiv" jamoasi bu borada "Bunyodkor" bilan raqobatlashishiga to'g'ri kelayotgandi. Lekin yakunda Muhammadiev ushbu ikki jamoa orasida hech birini tanlamadi va "Nasaf" bilan o'rtadagi bitimni yana bir yilga uzaytirdi.


4-o'rin. SHohruh Gadoev (Al Maharraq, Bahrayn)

Qaergan o'tmadi: ("Bunyodkor"), ("Lokomotiv"), ("Qayrat", Qozog'iston)


"Nasaf"ning sobiq futbolchisi SHohruh Gadoevni ham qaega yo'l olishi uzoq seriyaga aylanib ketgandi. SHohruh Gadoevni Toshkentning ikki grand jamoalari "Bunyodkor" hamda "Lokomotiv" o'z tarkibiga qo'shib olishni maqsad qilgandi. Ammo SHohruh Gadoev toshkentliklar bilan og'zaki kelishuvga erishganiga qaramasdan, ushbu klublarni takliflariga rozi bo'lmadi. Bir muddat Qozog'istonning "Qayrat" jamoasida ham ko'rikda bo'lib qaytgan futbolchi yakunda baribir xorijga yo'l oldi. "Qayrat"ga maqul kelmagan Gadoev yakunda "Bunyodkor", "Lokomotiv" hamda "Nasaf"ni tanlamadi va o'z faoliyatini Bahraynning "Muharraq" jamoasida davom ettiradigan bo'ldi.


5-o'rin. Ignatiy Nesterov ("Lokomotiv")

Qaerga o'tmadi: ("Persepolis", Eron)


"Lokomotiv" darvozaboni Ignatiy Nesterovga Eronning "Persepolis" jamoasi qiziqish bildirayotgandi. Eronliklar Suyunovdan rad javobini olishgach, o'z etiborlarini "Loko" kiperi Ignatiy Nesterovga qaratishdi. "Persepolis" murabbiyiga ham maqul bo'lgan Nesterov eronliklar bilan deyarli kelishuvga erishgandi. Lekin ushbu transferning amalga oshmay qolishiga "Lokomotiv" bosh sabab bo'ldi. "Temiryo'lchilar" tajribali posbonni OCHL oldidan o'z saflariga olib qolishga jiddiy kirishishdi va yakunda ushbu maqsadlariga erishishdi. SHundan so'ng "Persepolis" boshqa bir o'zbekistonlik darvozabon Aleksandr Lobanovni o'z safiga qo'shib olishga muvaffaq bo'ldi.

6-o'rin. Zohir Qo'ziboev ("Mashal")

Qaerga o'tmadi: ("Nasaf")


"Mashal" hujumchisi Zohir Qo'ziboev yangi mavsumga taraddudni Qarshining "Nasaf" jamoasida boshlagandi. Ushbu hujumchi bilan "ajdarlar" kelishuvga erishishga muvaffaq bo'lishgan edi. Lekin yakunda Zohir Qo'ziboev "Nasaf" lagerini tark etishiga to'g'ri keldi. Ushbu transfer nega amalga oshmay qolganiga aniq bir sabab yo'q. Zohir Qo'ziboev ham bergan intervyusida bunga o'zi ham tushunmaganini takidlab o'tdi. Hujumchi ayni paytda yangi mavsumni qaerda boshlashi noaniq bo'lib turibdi.


7-o'rin. Erkin Boydullaev ("Nasaf")

Qaerga o'tmadi: ("Qizilqum")


"Nasaf" jamoasining maydon markazidagi haqiqiy etakchisiga aylangan Erkin Boydullaev oldida bir qator variantlar mavjud edi. Xususan ushbu tayanch yarim himoyachiga mavsum avvalida "Qizilqum" jamoasi jiddiy qiziqish bildirgandi. Lekin "Nasaf" jamoasi o'z etakchisi Erkin Boydullaev bilan uzoq muzokaralardan so'ng yangi kelishuvga erishdi va futbolchini jamoada olib qolishni uddasidan chiqdi. Bu orada esa futbolchiga qiziqarli taklif bilan chiqqan "Qizilqum" Erkin Boydullaevni qo'lga kirita olmadi.

 

8-o'rin. Javlon Ibrohimov ("Bunyodkor")

Qaerga o'tmadi: ("Nasaf")


"Bunyodkor" jamoasi tayanch yarim himoyachisi Javlon Ibrohimovning oldida "Nasaf"ga o'tish varianti bor edi. Biroq tajribali futbolchi "qaldirg'ochlar" safini tark etishni istamadi. Javlon Ibrohimovni "Nasaf"da ko'rishni "ajdarlar" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev istagandi. Lekin Javlon Ibrohimov "Nasaf"dagi sobiq jamoadoshining taklifiga rad javobini berdi.


9-o'rin. SHerzod Azamov ("Nasaf")

Qaerga o'tmadi: ("Bunyodkor")


"Bunyodkor" o'z himoya chizig'ini kuchaytirish maqsadida "Nasaf" markaziy himoyachisi SHerzod Azamovga qiziqib ko'rgandi. "Qaldirg'ochlar" ushbu futbolchi bilan ham muzokaralar o'tkazishgan. Lekin ushbu transfer ham amalga oshmay qoldi va yakunda "Nasaf" SHerzod Azamovni ham o'z safiga olib qolishni uddasidan chiqdi.


10-o'rin. SHahzod Nurmatov ("Bunyodkor")

Qaerga o'tmadi: ("Nasaf")


"Metallurg" hujumchisi SHahzod Nurmatovga bir qator jamoalardan jiddiy qiziqish bo'layotgandi. O'tgan mavsum o'rtasida "Nasaf" ushbu futbolchini qo'lga kiritishga urinib ko'rgan, ammo "Metallurg" davralar oralig'ida Nurmatovni qo'yib yubormasligini bildirgandi. Qarshiliklar bu futbolchini yangi mavsum oldidan o'z saflariga qo'shib olishni reja qilib yurgan kezlarida, Nurmatovga boshqa bir grand jamoa "Bunyodkor" og'iz soladi. "Qaldirg'ochlar" "ajdarlar"dan farqli ularoq transfer bozoridagi ishlarini o'z vaqtida olib borishdi va Nurmatov bilan yangi yil arafasida bitimga imzo chekishdi. SHuningdek, Nurmatov ham o'z intervyularida "Lokomotiv", "Paxtakor" va "Nasaf" jamoalaridan birini tanlash imkoni bo'lganida uchalasi ichidan "ajdarlar"ni tanlashini bildirgandi. Ammo bu jamoalar orasiga "Bunyodkor" qo'shiladigan bo'lsa, unda hech ikkilanmay "qaldirg'ochlar" taklifiga rozilik bildirishini alohida takidlab o'tgandi. Yakunda hujumchi aynan o'z istaganidek "Bunyodkor"ni tanladi. Nurmatovning "Nasaf" o'tishi esa amalga oshmay qoldi.


SHahboz Beg'amov

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика