So’nggi yangiliklar

00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:34"Интер" — "Болонья". Таркиблар маълум  0 00:31"Реал Сосьедад" — "Атлетико". Таркиблар маълум  1 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  43 00:21ПСЖ — "Париж". Таркиблар маълум  2 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  15 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  3

Oliy liga. 9-tur ramziy terma jamoasi Yangiliklar

Oliy liga. 9-tur ramziy terma jamoasi

Oliy ligada 9-tur o'yinlari o'z yakuniga etdi. Odatga ko'ra o'tgan tur ramziy terma jamoasini tuzib chiqdik.

Darvozabon
Muzaffar Abdullaev "So'g'diyona"


Darvozaga "So'g'diyona" klubining 24 yoshli darvozaboni Muzaffar Abdullaevni qo'yishga qaror qildik. Sababi ushbu posbon oliy ligadagi debyut uchrashuvini "Olmaliq"qa qarshi o'tkazdi. O'zbekiston chempionatida ilk bor o'ynagan darvozabon bir necha bor ajoyib seyvlar bilan muxlislarning olqishlariga sazovor bo'ldi. O'z darvozasi dahlsizligini saqlab qolgan Muzaffar jamoasining g'alabasiga katta xissa qo'shdi.  



Himoyachilar
SHukurali Po'latov "Neftchi"
Dilmurod Karimov "Metallurg"
Kaxi Maxaradze "Lokomotiv"
Rustam Ashurmatov "Bunyodkor"


"Neftchi" himoyachisi SHukurali Po'latov "Obod" bilan o'yinda himoyada ishonchli o'yin bilan sheriklariga namuna bo'lishga intildi. Bundan tashqari aynan uning penaltidan urgan goli farg'onaliklarga 3 ochko taqdim etdi.

"Metallurg" tur sensaciyasi sohibi bo'ldi. Jamoa Bekobodda bu mavsumda hali mag'lubiyat nimaligini bilmagan "Nasaf"ni dog'da qoldirdi. Uchrashuvdagi yagona golni urgan himoyachi Dilmurod Karimov haqli ravishda ramziy termadan o'rin oldi.



Kaxi Maxaradze so'nggi o'yinlarda "Loko" safida markaziy himoyachi vazifasini bajarib kelmoqda. Tajribali futbolchi Toshkent derbisida sobiq klubi "Paxtakor"ga qarshi yaxshi o'ynadi. U raqib hujumlarini qaytarishda ancha faol bo'ldi. "Temiryo'lchilar" turning markaziy bahsida raqibni taslim qilishdi.

Bu yil "Bunyodkor" safida bir maromda o'ynayotganlar orasida Rustam Ashurmatovni ko'rsatish mumkin. Himoyachi jamoa yutsa ham, yutqazsa ham bir tekis o'ynashda davom etmoqda. "Buxoro" bilan kechgan o'yinda ham shunday bo'ldi. Jamoasining yirik g'alabasida albatta Ashurmatovning ham xissasi katta bo'ldi.


Yarim himoyachilar
Dilshod Jabborov "Navbahor"
Zafar To'raev "Mashal"
Andrey Derkach "Qizilqum"
Sato Minori "Bunyodkor"
Jaloliddin Masharipov "Paxtakor"



Turning eng yirik natijasi "Navbahor" ishtirokidagi o'yinda qayd etildi. Namangan klubi vodiy derbisida "Qo'qon-1912"ni 5:1 hisobida taslim qildi. SHu kuni mezbonlar safida Dilshod Jabborov gol urdi va bitta golga hammualliflik qildi.

"Mashal" vice-sardori Zafar To'raev Qashqadaryo derbisi qahramoniga aylandi. Zaxiradan maydonga tushgan To'raev uchrashuvning so'nggi lahzalarida "SHo'rtan" darvozasiga gol urib Muborak ahliga bayram kayfiyatini ulashdi. 

"Qizilqum" klubi bu turda o'z uyida "Andijon" ustidan irodali g'alabaga erishdi. Ushbu g'alabada ukrainalik Andrey Derkachning xizmati katta bo'ldi. Yarim himoyachi o'tkazib yuborilgan goldan so'ng tezda mehmonlar darvozasiga gol urishga muvaffaq bo'ldi. Yakunda bu gol "Qizilqum"ning g'alabasiga zamin hozirladi.

"Bunyodkor"ning yaponiyalik legioneri Sato Minori "Buxoro" bilan o'yinda birinchi davraning eng chiroyli gollaridan birini urishga erishdi desak mubolag'a bo'lmasa kerak. Sato goldan tashqari jamoasining hujumlarida ham faol o'ynaganini takidlash lozim.

"Paxtakor" markaziy o'yinda mag'lub bo'lganiga qaramay jamoa yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov sheriklariga nisbatan ancha faol o'ynadi.



Hujumchilar
Oleksandr Pishur "Navbahor"


Tur qahramoni sifatida so'zsiz "Navbahor" hujumchisi Oleksandr Pishur qayd etildi. Sababi ukrainalik hujumchi "Qo'qon-1912" bilan kechgan bahsda o'z hisobiga 3ta gol yozib qo'yishga muvaffaq bo'ldi. Uning gollari namanganliklarga 5:1 hisobidagi g'alabani taqdim etdi.


Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика