So’nggi yangiliklar

16:10"Сўғдиёна" Грузиянинг 2 карра чемпионига қарши баҳс юритади  0 15:52Инсайд тасдиқланди: "Хоразм" футболчиси ОКМКга ўтди  1 15:44"Динамо" машғулотлари Championat.asia объективида  3 15:33"Манчестер Юнайтед" клуби Аморим бўйича расмий баёнот берди  5 15:21Breaking! МЮни ёзгача бошқарадиган мураббий номи маълум  9 15:01Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди  19 14:34"Динамо" Тошкентда йиғинни бошлади  3 14:33"Қўқон-1912" 3 нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  1 14:05"Тоттенхэм" чап вингер позицияси учун шорт-лист тузди  0 13:38Турсунов — Гонконг чемпионатининг декабрдаги энг яхши футболчиси!  3 13:11Словакиялик ҳужумчи Ўзбекистонда тўп тепади  9 12:45Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!  13 12:32Расмий хабар: Ойбек Бозоров "Пахтакор"да!  10 12:14"Навбаҳор" Қозоғистоннинг 5 карра чемпиони билан ўйнайди  3 11:52Расман: "Пахтакор" Қувватов қайтганини эълон қилди  5

Oliy liga. 7-tur ramziy terma jamoasi Yangiliklar

Oliy liga. 7-tur ramziy terma jamoasi

Oliy liganing 7-turida o'zini ko'rsatgan futbolchilardan iborat ramziy terma jamoasini tuzib chiqdik.
Ushbu ramziy terma jamoadan "So'g'diyona", "Nasaf", "Bunyodkor", "Navbahor", "Neftchi", "Lokomotiv", "Buxoro" va "Metallurg" klubidan futbolchilar o'rin olishdi.




Darvozabon:
Temur G'aniev "So'g'diyona"


Darvozaga "So'g'diyona" klubi posboni Temur G'anievni munosib deb topdik. Darvozabon "Mashal" bilan bahsda raqib hujumlarini qaytarishda va o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qolishga erishdi.


 
Himoyachilar:
Maqsud Karimov "Nasaf"
Murod Xolmuhammedov "So'g'diyona"
Akrom Komilov "Bunyodkor"


"Nasaf" himoyachisi Maqsud Karimov oxirgi o'yinlarda ko'p gol urmoqda. "Andijon" bilan uchrashuvda ham Maqsud o'z nomini tabloga yozdirib qo'yishga erishdi. Bundan tashqari himoyachi o'z vazifasini ham alo darajada bajardi.

"So'g'diyona" himoyachisi Murod Xolmuhammedov "Mashal" bilan o'yinda juda muhim gol muallifiga aylandi. Bobur Qosimov ishlagan penaltini Holmuhammedov aniq amalga oshirdi va Jizzax klubiga g'alaba keltirdi.

"Bunyodkor" Toshkent derbisida "Paxtakor"ni yirik hisobda mag'lub etdi. SHu kuni "qaldirg'ochlar" chap qanot himoyachisi Akrom Komilov juda faol o'ynadi. Raqibga gol urish imkonini bermagan Komilov Eldor SHomurodovga golli pas oshirishga erishdi.



Yarim himoyachilar:
Dilshod Jabborov "Navbahor"
Abbos Maxstaliev "Neftchi"
Server Jeparov "Lokomotiv"
SHavkat Salomov "Buxoro"  


"Navbahor" o'z maydonida "Obod" klubini mag'lubiyatga uchratdi. Ushbu g'alabada Namangan klubi yarim himoyachisi Dilshod Jabborovning xissasi katta bo'ldi. Tajribali futbolchi jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi.

"Neftchi" bu turni o'z uyida "SHo'rtan"ga qarshi o'tkazib durang o'ynadi. Mezbonlar vakili Abbos Maxstaliev oliy ligadagi faoliyati davomida ilk bor dublga erishdi.

Oliy ligaga qaytgan Server Jeparov o'zining avvalgi saviyasiga qaytayotgani odamni quvontiradi. Jeparov deyarli har bir turda maydonni gol yoki golli uzatmasiz tark etmayapti. Server "Olmaliq" bilan bahsda 2ta pas berdi va 1ta gol urdi.

"Buxoro" sardori SHavkat Salomov "Qizilqum"ga qarshi o'yinda boshqalarga o'rnak bo'ldi. Salomovning to'p uzatishidan so'ng Salamat Qutiboev hisobni ochgandi. SHavkat butun o'yin davomida raqib himoyachilari taqibi ostida bo'ldi.



Hujumchilar:
Eldor SHomurodov "Bunyodkor"
Marat Bikmaev "Lokomotiv"
Zohid Abdullaev "Metallurg"


"Bunyodkor" derbida yirik hisobda yutishida Eldor SHomurodov muhim rol o'ynadi. Hujumchi "sherlar" himoyachilarini doim bosimda ushlab turdi. O'yin oxirida chap qanotda ajoyib reyd tashkil qilib Ribkin darvozasiga uchinchi golni urishga erishdi.

"Lokomotiv" raqiblarni birin ketin mag'lub etishda davom etmoqda. Bu safar "temiryo'lchilar" "Olmaliq"ni 4:0 hisobida taslim qilishdi. "Loko" hujumchisi Marat Bikmaev uchrashuvda o'z hisobiga ikkita gol yozib qo'ydi.

"Metallurg" vakili Zohid Abdullaev "Qo'qon-1912"ga qarshi kechgan bahsda dublga erishdi va jamoasiga g'alaba keltirdi. SHunday qilib o'z gollarini 7taga etkazib olgan Abdullaev oliyligada to'purarlar poygasida birinchi o'ringa chiqib oldi.



Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика