So’nggi yangiliklar

19:11"Насаф" мухлисларга 3 та соврин билан суратга тушиш имконини яратди  0 18:57Суперлига. "Андижон" - "Сурхон" 0:1 (матнли трансляция)  23 18:41Суперлига. "Насаф" – ОКМК. Таркиблар маълум  9 18:35Ўзбекистон Кубоги. 1/8 финал босқичига қуръа ташланди: "Қўқон-1912" ўз уйида "Бунёдкор"ни қабул қилади, "Навбаҳор" меҳмонда "Хоразм" билан ўйнайди  8 18:21"Реал" президенти: "Карло Анчелотти энди буюк Мадрид оиласининг абадий аъзосига айланди"  3 17:52Суперлига. 11-тур дисквалификациялари: "Насаф", "Нефтчи" ва "Андижон"да йўқотишлар бор  4 17:33УЕФА Европа Лигаси финалидан сўнг "Тоттенхэм"га медаллар етмай қолгани учун узр сўради  10 17:04Томас Тухель Андорра ва Сенегалга қарши ўйинлар учун Англия терма жамоасига чақирилган 26 нафар футболчи номини айтди. Улар орасида Тоуни ҳам бор  4 16:37Роналду Модричга мурожаат қилди: "Реал"да кўп лаҳзаларни сен билан баҳам кўриш мен учун шараф бўлган"  7 16:16Ўзбекистон кубоги. Бугун 1/8 финалга қуръа ташланади  1 16:05Перес: "Модрич "Реал" мухлислари қалбида мангу сақланиб қолади"  4 15:42Қаршида қолган қасам: Қосимовнинг "Насаф"га қарши қора статистикаси  8 15:39Халқаро тақвим. Июнда бизни нималар кутмоқда?  2 15:14"Бетис" Конференциялар Лигаси финалидан олдин ҳазил тариқасида логотипини ўзгартирди  2 14:49Сергей Чигодаев: "CAFA турнирида барча футболчиларга имконият беришга ҳаракат қиламиз"  3

Oliy liga. 6-tur ramziy terma jamoasi Yangiliklar

Oliy liga. 6-tur ramziy terma jamoasi

Oliy liganing 6-turidan o'rin olgan 8ta o'yin bo'lib o'tdi.

Odatimizga ko'ra yakunlangan tur ramziy terma jamoani tuzib chiqdik. Undan "Neftchi", "Olmaliq", "Bunyodkor", "Nasaf", "Lokomotiv", "Paxtakor", "Qizilqum", "Andijon" klubi futbolchilari o'rin oldi.

Darvozabon
O'tkir Yusupov "Neftchi"


Darvozaga "Neftchi" klubi posboni O'tkir Yusupovni qo'yishga qaror qildik. Sababi ushbu darvozabon "Mashal"ga qarshi o'yinda juda yaxshi o'ynadi. Aynan uning bir qator seyvlari evaziga farg'onaliklar 7 yildan so'ng Muborakdan g'alaba bilan qaytishdi.


Himoyachilar
Saidkomil Akbarov "Olmaliq"
Akmal SHorahmedov  "Bunyodkor"
SHerzod Azamov "Nasaf"


"Olmaliq" klubi bu turda "Navbahor" klubini qabul qilib g'alabaga erishdi. SHu kuni Igor SHkvirin himoya markazida Darko Stanoevichni emas Saidkomil Akbarovni tushirdi. Aytish kerakki murabbiyning qarori o'zini oqladi. Tajribali himoyachi "Navbahor" hujumchilariga munosib qarshilik qildi. Aynan Akbarov tufayli Pishur uchrashuv davomida deyarli imkoniyatga ega bo'lmadi.

"Bunyodkor" sardori Akmal SHorahmedov "Obod"ning yirik mag'lubiyatga uchratilishiga katta xissa qo'shdi. O'ng qanot himoyasida ishonchli o'ynashdan tashqari SHorahmedov birinchi taym so'nggida gol urishga ham erishdi.

"Nasaf" markaziy himoyachisi SHerzod Azamov ketma-ket ikkinchi o'yinda ham gol urishga erishdi. Buxoroda 25 mingga yaqin tomoshabin qarshisida o'tgan bahsda aynan Azamov burchak to'pidan so'ng hisobni ochdi. U gol urishdan tashqari o'zining vazifasi bo'lgan himoyalanishni ham o'z joyiga qo'ydi. "Buxoro" o'z uyida "Nasaf"ga gol ura olmadi.



Yarim himoyachilar
Server Jeparov "Lokomotiv"
SHerzod Karimov "Paxtakor"
Eldor SHomurodov "Bunyodkor"
SHerali Jo'raev "Qizilqum"


"Lokomotiv" yarim himoyachisi Server Jeparov G'uzorda "SHo'rtan" bilan o'yinda eng yaxshilardan biri bo'ldi. Aynan uning pasidan so'ng Temur Kapadze hisobni ochdi. Ikkinchi bo'limda esa Jeparovning o'zi raqib darvozasini ishg'ol qilib jamoasining g'alabasini taminladi.

"Paxtakor" vakili SHerzod Karimov Toshkentda "Metallurg"ga qarshi o'tgan o'yinda chiroyli gol urishga erishdi. Aynan uning pasidan so'ng Sergeev to'p kiritganini ham eslatib o'tamiz.



Eldor SHomurodov "Obod" bilan bahsda raqib darvozasiga ikkita gol urishga erishdi. To'g'ri SHomurodov hujumchi, lekin ramziy terma jamoada hujumdagi raqobat kuchayib ketgani uchun Eldorni yarim himoyaga qo'yishga qaror qildik. Toshkentda derbisida dublga erishgan SHomurodov ramziy terma jamoadan o'rin olmasa adolatdan bo'lmas edi.

"Qizilqum" yarim himoyachisi SHerali Jo'raev Qo'qondagi bahsda jamoasi safida eng faol o'ynaganlardan biri bo'ldi. Navoiy klubining ikkinchi golini urgan va uchinchi golda Vahobovga to'p uzatgan Jo'raev ramziy terma jamoamizga kiritildi.



Hujumchilar
Nemanya Yovanovich "Andijon"
Bahriddin Vahobov "Qizilqum"
Murod Bobojonov "Neftchi"


"Andijon" qishda o'z safiga serbiyalik Nemanya Yovanovichni taklif qilib kuchli hujumchiga ega bo'lganini barcha ko'rib turibdi. Hujumchi "So'g'diyona" bilan o'yinda o'z hisobiga 2ta gol yozib qo'yib mavsumdagi gollari sonini 4taga etkazib oldi.

"Qizilqum"ning o'tgan yilgi to'purari Bahriddin Vahobov bu yil o'ziga o'xshamayotgandi. Golsiz seriyaga 6-turga kelib barham bergan Vahobov "Qo'qon-1912" bilan bahsda golli pas ham oshirdi.

"Neftchi"ning safarda ilk bor g'alaba qozonishida bosh "aybdor" Murod Bobojonov bo'ldi. 1994 yilda tug'ilgan hujumchi Muborakda "Mashal" bilan uchrashuvda dublga erishdi va "Neftchi"ga irodali g'alabani keltirdi.



Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика