Oliy liga-2015. "Bunyodkor" - eng kam gol o'tkazgan jamoa
23 noy 2015 09:30
Yangiliklar


Oliy liga-2015. "Bunyodkor" - eng kam gol o'tkazgan jamoa
Kuni kecha 2015 yilgi O'zbekiston chempionati o'z yakuniga etdi.
Mavsumda eng kam golni "Bunyodkor" klubi o'tkazib yubordi. "Qaldirg'ochlar" 19ta gol o'tkazib yuborishdi. Eng ko'p golni esa "So'g'diyona" o'tkazib yubordi - 60ta.
"Paxtakor" va "Lokomotiv" 66tadan gol urib eng yaxshi natijaga erishishdi. "Andijon" eng kam to'p kiritdi - 27ta.
O'z maydonida "Paxtakor" eng ko'p gol urgan - 43ta. Eng kam golni esa "Dinamo" urdi - 17ta. "Buxoro" o'z uyida 25ta to'p o'tkazib yubordi. "Bunyodkor" o'z maydonida atiga 4ta gol o'tkazdi.
Safarda esa "Lokomotiv"ning natijasi eng yaxshi - 29ta gol. "Andijon" eng kam gol urgan - 9ta. "So'g'diyona" raqib maydonlarija 38ta gol o'tkazib yuborgan, "Paxtakor" hamda "Nasaf" 13tadan to'p o'tkazib yuborishgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar