So’nggi yangiliklar

13:11"Милан" собиқ футболчиси Саудия Арабистони клубига ўтди  0 12:47Тимур Кападзе: "Олимпиада вақтида биз футбол эмас, бошқа ташвишлар ҳақида кўпроқ ўйлашга мажбур бўлдик"  12 12:17Бензема "ишдан бўшатган" мураббий Аргентинага йўл олди  0 11:55"Атлетико" Хави билан келишиб олди  1 11:29"Киммих кўп йиллар давомида "Бавария" учун муҳим ўйинчи бўлиб келган"  1 11:01Кьеза "Ювентус"дан кетаётгани тасдиқланди  1 10:22Аббосбек Файзуллаев Олимпиададаги шароитлардан кўнгли тўлмаганини айтди  20 09:55Конор Галлахер «Атлетико» футболчиси - Фабрицио Романо  1 09:24Ламин Ямаль ўзига тегишли бўлган сертификатларни олди  1 08:56Фаолиятини якунлаган Кроос Германияда «Йил футболчи»си бўлди  3 08:28ЦСКА устози Аббосбек Файзуллаевнинг кечаги ўйинига баҳо берди  5 08:05Бугун Париж Олимпиадасида фақатгина бир нафар спортчимиз иштирок этади  2 07:32Флик «Реал»ни ўртоқлик учрашувида мағлуб этганидан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  3 01:40АПЛ клуби "Ман Сити" хавбеки Филлипс билан шартнома имзолашга яқин  2 01:03"Реал" футболчиси клубдан кетиш ҳақида ўйламоқда  3

Oliy liga. 2-tur xulosalari Yangiliklar

Oliy liga. 2-tur xulosalari

8-10 mart kunlari oliy ligada ikkinchi tur bahslari bo'lib o'tdi. Ushbu tur tahlili bilan tanishing.



Bu safar 70 daqiqa chidagan "So'g'diyona"

Davron Fayziev jamoasi uchun mavsum juda og'ir boshlanishi qura tashlangan kuniyoq malum bo'lib ulgurgan edi. Sababi "So'g'diyona" chempionatni O'zbekiston vice-chempioni va chempioniga qarshi safardagi o'yinlar bilan boshlashi aniq bo'lgandi. Jizzax klubi ilk turda "Bunyodkor" bilan o'yinda 79 daqiqa davomida 0:0 hisobini saqlab turdi, biroq birgina gol mag'lubiyatga sabab bo'ldi. Ikkinchi turda "Lokomotiv" mehmoni bo'lgan jamoa 70 daqiqa chiday oldi... Marat Bikmaevning penaltidan urgan goli "So'g'diyona"ga qattiq tasir qildi. So'nggi 10 daqiqada "temiryo'lchilar" Timur Kapadze va Jaloliddin Masharipovning gollari evaziga yirik g'alabani tantana qilishdi. Bikmaev uchta o'yindan buyon gol urayotganini takidlash lozim. OCHL doirasida "Al Ahli" va oliy liga 1-turida "Mashal"ga gol urgan Marat golli seriyasini "Istiqlol" bilan uchrashuvda ham davom ettiradi degan umiddamiz.

VIDEO. "Lokomotiv" - "So'g'diyona" 3:0



"Dinamo" hazillashmayapti...

Oliy ligaga qaytgan Samarqandning "Dinamo" klubi dastlabki ikki turdan so'ng peshqadam bo'lib turadi degan insonni sheriklari aqldan ozganlikda ayblashlari turgan gap edi. Biroq turli gap-so'zlarga etibor qilmay "Dinamo" mavsumni ajoyib boshladi. Bekobodda "Metallurg"ni 2:0 hisobida mag'lub etgan jamoa ikkinchi turda "SHo'rtan"ni qabul qildi. 10 mingdan ziyod muxlis kelgan bahsda Sardor Sulaymonov, Akmal Bozorov va Abdumalik Abdullaevning gollari evaziga yirik g'alaba qo'lga kiritildi. Ketma-ket ikki o'yinda raqiblar darvozasiga gol urgan Bozorov to'purarlar orasidan joy oldi.

Etiborlisi, "Dinamo" 4 yilu 4 oy deganda oliy ligada yirik hisobda g'alabaga erishdi. Bundan tashqari shu kuni maydonga tushgan tarkibi jamoaning Oliy Liga tarixidagi eng yosh tarkibi bo'ldi. SHu kuni "Dinamo"ning o'rtacha yoshi - 23,7 yoshni tashkil etdi.

Uchinchi turda "Dinamo"ni Toshkentda jiddiy sinov kutmoqda. "Arslonlar" terma jamoa o'yini tufayli oldinga ko'chirilgan bahsda "Paxtakor" mehmoni bo'lishadi. Bu o'yin bugun, 12 mart kuni bo'lib o'tadi.

FOTOGALEREYA. "Dinamo" - "SHo'rtan" 3:0

VIDEO. "Dinamo" - "SHo'rtan" 3:0



O'zbek "el klasiko"si tarixida ilk bor 0:0 qayd etildi

"Neftchi" - "Paxtakor". Bu o'yin bir necha yil oldin O'zbekistonning eng markaziy uchrashuvi edi. Hozirgi kunga kelib uning maqomi biroz tushganini barcha bilib turibdi. Biroq Farg'onada kechgan bu safargi bahs juda keskin o'tdi. Tomonlar har qancha harakat qilishmasin raqib darvozasiga yo'l topa olishmadi. Etiborlisi 1992 yildan buyon ushbu ikki klub oliy ligada 50 marta o'yin o'tkazishgan. Ularning hech biri 0:0 hisobida yakunlanmagan ekan. Bu yil ilk bor bunday holat kuzatildi.

FOTOGALEREYA. "Neftchi" - "Paxtakor" 0:0




Sobiq "bunyodkorchilar" "Bunyodkor" bilan durang o'ynashdi


Viktor Kumikov boshchiligidagi "Olmaliq" o'z maydonidagi ilk o'yinni "Bunyodkor"ga qarshi o'tkazdi. Mazkur o'yinda ham Farg'onada bo'lgani kabi hisob ochilgani yo'q. Qizig'i mezbonlar safida Akbar To'raev, Abduqahhor Xojiakbarov, Dilshod Jo'raev, Alibobo Rahmatullaev, Zabihillo O'rinboev, Islom Inomov, Kamoliddin Murzoev kabi o'z vaqtida "Bunyodkor" sharafini himoya qilgan futbolchilar to'p tepishdi. Dastlabki ikki turda "Olmaliq" raqib darvozasiga to'p kirita olmadi, "Bunyodkor" esa aksincha o'z darvozasidan umuman gol o'tkazgani yo'q.

FOTOGALEREYA. "Olmaliq" - "Bunyodkor" 0:0

VIDEO. "Olmaliq" - "Bunyodkor" 0:0



Bitta supergol uchun ochko berilmaydi

Qarshining "Nasaf" klubi stadioni tamirlanayotgani uchun o'z uy o'yinlarini G'uzorda o'tkazmoqda. Ro'ziqul Berdiev shogirdlari o'z maydonida Ulug'bek Baqoev boshchiligidagi "Buxoro"ni qabul qildi. Uchrashuv boshida mezbonlar ikkita gol urishdi. Dragan CHeran hisobni ochdi. Oradan ko'p o'tmay "Buxoro"ning legioneri Kirill Pasichnik o'z darvozasiga to'p kiritib qo'ydi. Ikkinchi taymda "Buxoro"ning boshqa bir legioneri Ivor Veycer super gol muallifi bo'ldi. Gol haqiqatdan ham chiroyli chiqdi, biroq gol qanchalik ajoyib bo'lmasin jamoa ochko ololmadi.

VIDEO. "Nasaf" - "Buxoro" 2:1



"Metallurg"da hammasi nol...

Mavsumni mag'lubiyat bilan boshlagan "Mashal" va "Metallurg" Muborakda o'zaro to'qnash kelishdi. Ilk turda ochko yo'qotgani uchun ikkala jamoa ham bor kuchi bilan g'alaba uchun kurashdi. Bahs taqdirini birgina gol hal qildi. Zohir Qo'ziboevning ikkinchi bo'lim boshida kiritgan to'pi "gazchilar"ga muhim g'alabani taqdim etdi. Darvoqe, "Metallurg"  mag'lubiyatdan qutulib qolishi mumkin edi. Biroq Dilmurod Karimov belgilangan penaltidan gol ura olmadi, Javohir Ilyosov uning zarbasini qaytarishga erishdi. SHu tariqa, "Mashal" dastlabki golini urgan va dastlabki ochkolarini qo'lga kiritgan bo'lsa, "Metallurg"da hozircha gol ham yo'q, ochko ham yo'q...

FOTOGALEREYA. "Mashal" - "Metallurg" 1:0

VIDEO. "Mashal" - "Metallurg" 1:0



Ilhom Yunusovning boshi "Qizilqum"ga g'alaba keltirdi

Navoiyning "Qizilqum" klubi o'z maydonidagi ilk bahsni Namanganing "Navbahor" klubiga qarshi o'tkazdi. Ikkala jamoa bu o'yinga turlicha kayfiyatda etib kelishdi. "Qizilqum" ilk turda Toshkentda "Paxtakor"ga yutqazib qo'ygan bo'lsa, namanganliklar o'z uyida "Obod"ni taslim qilishgandi. Navoiydagi bahsda keskin kurash kechdi. Mezbonlar hujumchisi Azamat Allaniyozov ketma-ket ikkinchi turda ham gol urishga erishdi. Birinchi taym o'rtalarida qishda bir muddat "Qizilqum"da mashg'ulot o'tkazgan Mansur Saidov gol urib hisobni tenglashtirdi. Uchrashuvdagi so'nggi gol 77-daqiqada urildi. CHap qanotdan havolatib oshirilgan to'pni u qadar baland bo'yga ega bo'lmagan Ilhom Yunusov boshi bilan darvozaga yo'lladi!

FOTOGALEREYA. "Qizilqum" - "Navbahor" 2:1

VIDEO. "Qizilqum" - "Navbahor" 2:1



"Obod"da faqat Xaipov gol urmoqda

Dastlabki turda yutqazgan ikki klub o'rtasidagi yana bir o'yin Toshkentdagi "Jar" stadionida bo'lib o'tdi. "Obod" klubi o'z uyida "Qo'qon-1912"ni qabul qildi. O'yin avvalida mehmonlarning legioner hujumchisi Filip Rayevac jamoasi boshlagan hujumni samarali yakunlab berdi. Tanaffusdan so'ng maydon egalarining yangi hujumchisi Navro'zbek Xaipov chempionatdagi ikkinchi golini urishga muvaffaq bo'ldi. Qizig'i o'tgan turda "Obod" safidagi yagona golni ham aynan Xaipov urgandi. Yani ayni paytda "Obod"ning barcha gollari Navro'zbek Xaipov hisobiga yozilgan.

"Obod" - "Qo'qon-1912" uchrashuvidan fotojamlanma

VIDEO. "Obod" - "Qo'qon-1912" 1:1


 



Oliy liga. Musobaqa jadvali

2-tur.  8 mart (chorshanba)
Lokomotiv (Toshkent) – So'g'diyona (Jizzax) – 3:0
Gollar
: M. Bikmaev (69 penalti), T. Kapadze (82), J. Masharipov (84)

Dinamo (Samarqand) – SHo'rtan (G'uzor) – 3:0
Gollar:
S. Sulaymonov (15), A. Bozorov (48), A. Abdullaev (67).
 
Neftchi (Farg'ona) – Paxtakor (Toshkent) – 0:0

9 mart (payshanba)
Olmaliq (Olmaliq) – Bunyodkor (Toshkent) – 0:0


Nasaf (Qarshi) – Buxoro (Buxoro)– 2:1
Gollar:
D. CHeran (17), K. Pasichnik (21 avtogol) – I. Veycer (81).

10 mart (juma)
Mashal (Muborak) – Metallurg (Bekobod)– 1:0
Gol:
Z.Qo'ziboev (51).
Amalga oshirilmagan penalti: D.Karimov 85 ("Metallurg")

Qizilqum (Navoiy) – Navbahor (Namangan)– 2:1
Gollar:
A. Allaniyozov (6), I. Yunusov (76) – M. Saidov (26).
 
Obod (Toshkent) – Qo'qon-1912 (Qo'qon)– 1:1
Gollar
: N. Xaipov (62) – F. Rayevac (16).


Oliy liga. Dastlabki tur xulosalari


Narzulla Saydullaev

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика