So’nggi yangiliklar

08:47Sofascore. 10 дақиқа ҳаракат қилган Шомуродов, 82 дақиқа ҳаракат қилган Довбик билан деярли бир хил баҳога лойиқ кўрилди  0 08:35Туркия чемпионати. "Башакшехир"да йирик ғалаба, Пёнтекдан хет-трик! (+мусобақа жадвали)  3 08:17"Кайсериспор" Отабек Шукуровни трансфер қилишга яқин  2 08:10А Серия. 3-турнинг марказий учрашувида ҳисоб очилмади, Шомуродов захирадан ўйинга қўшилди  6 07:51Мбаппе ўзини "Реал"да Роналдунинг вориси деб ҳисоблайдими? деган саволга жавоб берди  0 07:24Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳо олди?  0 06:45ЛаЛига. "Реал Мадрид" - "Бетис", Мбаппе ЛаЛигадаги биринчи голини урди  0 02:28Ла Лига. "Реал Мадрид" Мбаппенинг дубли эвазига "Бетис"ни мағлубиятга учратди  45 01:50Лига 1. ПСЖ меҳмонда "Лилль"ни мағлуб этди  1 01:46Туркия Суперлигаси. "Сивасспор" Истанбулда "Бешиктош"га мағлуб бўлди, Турғунбоев эса...  4 01:42А Серия. "Ювентус" ва "Рома" ўртасидаги ўйинда ҳисоб очилмади, Шомуродов 82-дақиқада ўйинга қўшилди  25 01:25"Ман Сити" ўйинчисини "Бенфика"га ижарага берди  1 00:11Тен Хаг "Ливерпуль" (0:3)дан учралган мағлубиятдан сўнг нималар деди?  9 23:19Бир-икки, бир-икки...  11 22:40АПЛ. 3-турнинг марказий учрашувида Салаҳ ва Диас "Манчестер"ни "ёндиришди"  14

Oliy liga. 15-tur. "Obod" - "Paxtakor" 1:4 Yangiliklar

Oliy liga. 15-tur. "Obod" - "Paxtakor" 1:4

Teglar :  ObodPaxtakor
Bugun oliy liganing 15-turidan o'rin olgan dastlabki uchrashuv "Obod" va "Paxtakor" o'rtasida bo'lib o'tdi.

O'yinning 12-daqiqasida SHerzod Karimovning jarima to'pidan yo'llagan zarbasini mezbonlar posboni qaytardi. 17-daqiqada Azamat Ahmedov ketma-ket ikki marta o'z darvozasini goldan saqlab qoldi.

30-daqiqada Doniyor Hasanovning zarbasi yo'liga Aleksandr Lobanov to'g'anoq bo'ldi. 32-daqiqada bosh hakam tomonidan belgilangan penaltini Igor Sergeev aniq amalga oshirib hisobni ochdi - 0:1.

Ikkinchi taym boshida Jasur Hakimov himoyachidan kelgan to'pni darvozaga yo'lladi - 0:2. Oradan o'n daqiqa o'tgach SHerzod Karimovning pasidan so'ng Igor Sergeev dublga erishdi - 0:3.

67-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Islomjon Ismoilov hisobni qisqartirdi - 1:3. Hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda Behruz Sadullaev Sergeevdan kelgan pasni golga aylantirdi - 1:4.


Oliy Liga, 15-tur
Obod (Toshkent) – Paxtakor (Toshkent) 1:4
24 iyun 2017. Toshkent. "Jar" stadioni. 18:30.
Hakamlar:
I. Tantashev (Buxoro), A. Capenko (Toshkent vil.), R. Nugmanov (Toshkent), F. Norsafarov (Karshi)
Nazoratchi: S. Najafaliev (Toshkent).
O'zPFL vakili: S. Rizaev.

Gollar: Igor Sergeev 32 penalti, - 0:1. Jasur Hakimov 51, - 0:2. Igor Sergeev 61, - 0:3. Islomjon Ismoilov 67, - 1:3. Behruz Sadullaev 90+1, - 1:4.

"Obod": Azamat Ahmedov, Abror Xusinov, Anvar G'ofurov, G'ayrat Umirov, SHerzod Jalilov, Doniyor Hasanov, Pavel Solomin (Idris Bikmaykin, 68), Sunnatilla Ermatov, SHoxruz Norxonov, Sardor Qahhorov (Islom Ismoilov, 55), Ismoil Jasurxo'ja (Timur Vasilev, 46)
Zaxira: SHirinboy Abdullaev, Husanxon G'aniev, Jahongir Omonov, Abbos Saidkarimov,

"Paxtakor": Aleksandr Lobanov, Xojiakbar Alijonov, Akbar Ismatullaev, Azim Ahmedov, SHerzod Karimov, Igor Sergeev, Suhrob Nurullaev (Behruz Sadullaev, 86), Jasurbek Hakimov (Doston Ibrohimov, 74), Davron Hoshimov (Xushnudbek Avilov, 63), Vladimir Kozak, Jamshid Yusupov
Zaxira: Botirali Ergashev, Georgiy Ahmedov, SHoxrux Mahmudxojiev, Jasurbek Yaxshiboev,

Ogohlantirishlar: Azim Ahmedov 35.


Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика