So’nggi yangiliklar

02:00ЖЧ саралаши. Италия Исроил дарвозасига 5та гол урди, Швеция кутилмаганда мағлубиятга учради  4 00:42CAFA Nations Cup-2025. Энг яхшилар аниқланди ва ғолибга соврин топширилди  22 00:30Муҳаммадрасул Абдумажидов Бельгия клубига ўтмайди  2 00:14Славен Билич Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийига айланиши мумкин  31 00:05Тимур Кападзе: "Эрон терма жамоаси қачон рози бўлган ўзи?"  99 23:00Қозоғистон Президенти Тоқаев: "Футбол клубларини хусусийлаштириш бўйича ишларни тезлаштириш керак. Бусиз футбол ривожланмайди"  4 21:50"CAFA Nations Cup-2025". Ўзбекистон терма жамоаси 13 йилдан сўнг Эронни ютди ва турнир ғолибига айланди  1027 20:32Шавкат Мирзиёев Жанни Инфантинога “Дўстлик” орденини топширди  17 20:26Португалиялик мураббий Озарбайжон терма жамоаси бош мураббийлигидан кетди  11 19:52CAFA Nations Cup турнирида сенсация! Ҳиндистон пенальтилар сериясига кўра Ўмондан устун келиб, 3-ўринни қўлга киритди!  16 19:13Гвардиола Абдуқодир Хусанов учун янги режа ишлаб чиқди  11 18:32ЎФА раҳбарияти Ўзбекистон МТЖга таклиф этишни хоҳламаган мураббий "Байер"ни бошқаради  11 18:04Амирҳуссайн Ҳуссайнзода: "Ҳакамлар Ўзбекистон фойдасига қарор қабул қилмоқда"  20 17:42Ахбор Имомхўжаев хотира турнири-2025. Мусобақа, жамоалар, гуруҳлар ва яшил майдонга қайтаётган юлдузлар  5 17:30Омид Нурафкан: "Ўзбекистонни икки-уч гол фарқи билан мағлуб эта оламиз"  10

Oliy liga. 13-tur ramziy terma jamoasi Yangiliklar

Oliy liga. 13-tur ramziy terma jamoasi

Oliy ligada 13-tur o'yinlari bo'lib o'tdi. Saytimiz vakillari odatga ko'ra tur ramziy terma jamoasini tuzib chiqishdi.

"Olmaliq" bu turda o'z maydonida "Paxtakor"ga imkoniyat qoldirmadi. Jamoa posboni Xurshid Xodjaev uydagi o'yinlarda gol o'tkazmaslik seriyasini yana davom ettirdi. Etiborlisi "Olmlaiq" bu mavsumda o'z maydonidagi hech bir o'yinda to'p o'tkazgani yo'q! Xodjaev "sherlar"ga qarshi bahsda bir necha bor xavfli zarbalarni qaytarishga erishdi.


Himoyachi Rahmatullo Berdimurodov ham "Paxtakor" bilan o'yinda anchagina faol bo'ldi. Qanot himoyachisi bir necha bor hujumlarga ham o'tib turdi. SHunday vaziyatlardan birida u boshi bilan Lobanov qo'riqlayotgan darvozani ishg'ol qilib hisobni ochdi.



"Qizilqum" o'z uyida Muborakning "Mashal" klubini dog'da qoldirdi. Bu uchrashuvda himoyada SHukurali Po'latov raqib hujumlarini qaytarishda faol bo'ldi. Yarim himoyani esa doimgidek Erkin Boydullaev boshqarib turdi.

"So'g'diyona" ham bu turda g'alabaga erishdi. Davron Fayziev shogirdlari "Navbahor" ustidan 2:1 hisobida zafar quchishdi. Mezbonlar himoyasida Sardor Qulmatov raqib vakili Nemanya Yovanovichga gol urish uchun imkoniyat qoldirmadi. Sanjar Rashidov esa mavsumdagi 7-golini urdi.



"Dinamo" Farg'onada "Neftchi"ni 3:2 hisobida taslim qildi. SHu kuni Samarqand klubi safida Jasur Azimov anchagina faol harakat qildi. Uning uchrashuv boshida urgan goli esa juda chiroyli chiqdi.

"Lokomotiv" Buxoroda "Buxoro" ustidan g'alabaga erishdi. "Buxoro" sobiq yarim himoyachisi Salamat Qutiboev "temiryo'lchilar" safida zaxiradan maydonga tushib golli pas berdi va gol urdi.

"Nasaf" Qashqadaryo derbisida "SHo'rtan"ni taslim qildi. "Ajdarlar" yarim himoyachisi Bahrom Abdurahimov boshqalarga nisbatan faol harakat qildi. Bundan tashqari Abdurahimov gol urishga ham muvaffaq bo'ldi.


"Bunyodkor" o'z maydonida 11ta o'yindan buyon mag'lub bo'lmagan "Qo'qon-1912"ni qabul qilib g'alabaga erishdi. SHu kuni "qaldirg'ochlar" safida Dostonbek Hamdamov dublga erishdi.


"Metallurg" Toshkentda "Obod" ustidan 4:1 hisobida zafar quchdi. Bekobod klubi hujumchisi Zohid Abdullaev 3ta gol urib xet-trik rasmiylashtirdi. 



championat.asia sayti talqiniga ko'ra 13-turning ramziy terma jamoasi:

Darvozabon
Xurshid Xodjaev ("Olmaliq") (2-marta ramziy terma jamoada)

Himoyachilar
Rahmatullo Berdimurodov ("Olmaliq") (2)
SHukurali Po'latov ("Qizilqum") (2)
Sardor Qulmatov ("So'g'diyona") (2)

Yarim himoyachilar
Erkin Boydullaev ("Qizilqum")
Jasur Azimov ("Dinamo") (2)
Salamat Qutiboev ("Lokomotiv")
Bahrom Abdurahimov ("Nasaf") (3)

Hujumchilar

Doston Hamdamov ("Bunyodkor") (5)
Sanjar Rashidov ("So'g'diyona") (3)
Zohid Abdullaev ("Metallurg")

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика