So’nggi yangiliklar

01:11Акмал Рустамов: "Агар вазиятларимиздан фойдаланганимизда бугун уч очкони олиб кетардик"  1 00:17Инзаги Нуньесни "Ал Ҳилол"да кўрмоқчи. "Ливерпуль" ҳужумчига музокара ўтказишга рухсат берди  0 23:50Пакета Манчестерга йўл олиши мумкин  0 23:25Расман: "Челси" Хато трансферини эълон қилди  5 23:09Суперлига. "Сурхон" – "Қизилқум" ўйинида ҳисоб очилмади, ҳакам ВАР монитори орқали иккита эҳтимолий пенальтини кўриб чиқди  5 22:51Элдор Мойлиев "Насаф" футболчиси "Шўртан"га ўтмагани сабабини айтди  3 22:40Ҳаким Фузайлов "Хоразм"нинг ушбу мавсумдаги мақсадини айтди  1 22:27Максим Шацких: "ОЧЛга оптимал ҳолатда борамиз"  3 22:07Баҳром Ҳайдаров: "Дастлабки икки голни инобатга олмасак, тенг ўйин бўлди"  10 22:02Суперлига. "Хоразм" Ғузорда "Шўртан"дан ишончли ҳисобда устун келди  8 21:36"Бенфика" Браимни "Реал"дан ижарага олмоқчи. Музокаралар бошланди  0 20:55Суперлига. "Андижон" "Қўқон-1912"ни йирик ҳисобда таслим қилди  28 20:26"Сурхон" — "Қизилқум". Таркиблар маълум  0 19:46МЮ Хейлундни 30 млн фунтга сотишга тайёр  2 18:40Моуринью "Реал" футболчисини нишонга олди  1

Oliver SHarkich: "O'zbekistonning eng katta klubida o'zimning nimalarga qodirligimni ko'rsatishni istayman" Yangiliklar

Oliver SHarkich: "O'zbekistonning eng katta klubida o'zimning nimalarga qodirligimni ko'rsatishni istayman"

"Paxtakor" safiga yangi kelib qo'shilgan Oliver SHarkich taklif, klub va shahar haqida dastlabki taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

"Paxtakor"ning taklifini qanday qabul qildingiz?

- Murabbiy Voyneski klub bilan shartnoma imzolagandan so'ng menga aloqaga chiqdi va "Paxtakor"ga olib kelmoqchi ekanini aytdi. Buni muhokama qildik va O'zbekistonning eng katta klubiga kelishga tayyor ekanimni his qildim.

Qarorga kelishda kimlar bilan maslahatlashdingiz?

- Oilam bilan muhokama qildik. Ularning ham fikrini olishim kerak edi. Keyin birgalikda bu o'zimni CHempionlar Ligasi va Superligada ko'rsatishim uchun ajoyib imkoniyat degan qarorga keldik.

"Paxtakor"ning taklifidan keyin klub haqida nimalarni o'rgandingiz? Angliyadan O'zbekistonga ko'chib o'tishga qaror qilish qiyin bo'lmadimi?

- Klub haqida ko'p bo'lmasa ham bilardim. Taklifdan keyin klub haqida ko'p narsalarni o'rgandim va top jamoada o'ynash ajoyib g'oya ekani bilindi. Men uchun mamlakatlarni almashtirish hayajonli. Angliya, Belgiya, Portugaliya va Ispaniyada yashaganman. Endi O'zbekistondaman. Bu dunyoning yangi qirralarini kashf qilish va til o'rganish bo'yicha ham ajoyib imkoniyat.

Klub va shahar haqida dastlabki taassurotlaringiz qanday?

- Ilk taassurotlar juda ijobiy va yoqimli. Klubda ishlar juda yaxshi yo'lga qo'yilgan, xodimlar va futbolchilar professional. Toshkent Evropa shaharlaridan farqli. Bu erda juda do'stona munosabatni his qilyapman. SHahar juda chiroyli. Taomlar mazali ekanini bilishga ulgurdim.

SHaxsiy va jamoaviy maqsadlaringiz qanday?

- SHaxsiy maqsadim g'alaba qozonish, gollar urish va yaxshi o'yin namoyish etgan holda CHernogoriya milliy terma jamoasidan taklif olish. Hozir "Paxtakor"ning sobiq bosh murabbiyi Miodrag Radulovich CHernogoriya terma jamoasida ishlamoqda. Jamoaviy maqsad esa birinchi navbatda mavsumga tayyor bo'lish, keyin Superkubokda zafar quchishni istaymiz. CHempionatda g'olib sifatida qolishni xohlaymiz va CHempionlar Ligasida uzoqroq bosqichgacha etib borish niyatidamiz.

Muxlislarga qanday tilaklar bildirgan bo'lardingiz?

- Bizni qo'llab-quvvatlab turishlari va jamoa jiddiy hozirlik ko'rayotgan yangi mavsumdan zavq olishlarini tilayman. Biz mavsumni muvaffaqiyatli qilishga urinamiz. Ular bilan stadionda uchrashish va o'zimning nimalarga qodirligimni ko'rsatishni sabrsizlik bilan kutmoqdaman. O'zbekistonda o'zimni ko'rsatishga tayyorman.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика