So’nggi yangiliklar

22:44Ўзбекистон аёллар футзал терма жамоаси Россияга қарши ўйнайди  0 22:31Ўзбекистон U-14 терма жамоаси Ривожланиш кубогидаги иштирокини ғалаба билан бошлади  4 22:01Микола Шевченко: "Машъал" фонида ёш болалардек кўринмадик"  1 21:44Асрор Алиқулов: "Ҳисоб 2:0 бўлганида ҳам курашишда давом этардик"  0 21:30Муҳсин Низомиддинов: "Учрашув давомида 30-40 дақиқа футбол ўйнадик, холос"  5 21:16Анвар Бердиев: "Футболчи ҳар қандай вазиятда ҳам ўзини тута билиши керак"  1 20:53Про лига. "Машъал" "Дўстлик" майдонида ғалаба қозонди  1 20:41Индонезия U-23 Гвинеяга ютқазиб, Олимпия ўйинларидан қуруқ қолди  14 20:13АПЛда мавсумнинг энг яхши мураббийи бўлишга даъвогарлар эълон қилинди  5 19:51ПРО-Лига. "Шўртан" камчиликда "Қўқон-1912"ни мағлубиятга учратди  4 19:36Начо Европанинг бошқа клуби шарафини ҳимоя қилмайди  1 19:17Ҳакамлар Суперлига 6-тур ўйинларида нечта хатога йўл қўйишди?  7 19:06Жоржиньо "Арсенал" билан янги шартнома имзолади  0 18:31Зиеш "Челси"га қайтмайди  2 18:11"Барселона" Кубарси билан янги шартнома имзолади  6

Oliver SHarkich: "Biz chempionlik uchun loyiq jamoamiz" Yangiliklar

Oliver SHarkich: "Biz chempionlik uchun loyiq jamoamiz"

Habaringiz bor, hozirgi kunda Superliga jamoalari yozgi tatilda.

Biz esa fursatdan foydalanib, "Paxtakor" jamoasining chernogoriyalik futbolchisi Oliver SHarkich bilan suhbatlashdik.

-Siz oxirgi turlarni o'tkazib yuborishingizning sababi nimada?

-Iyun oyida "Olimpik"ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida jarohat olgan edim. Murrabiy jarohatimdan tiklanishim zarurligini aytgandi.

-Hozirgi kunda Superligada tannafus. Bo'sh vaqtingizni qanday o'tkazmoqdasiz?

- Dam olishga umuman vaqt yo'q. CHunki jarohatdan tiklanib, yahshi jismoniy holatimga qaytishim kerak. SHundan so'ng, avgustdagi birinchi uchrashuvga tayyor bo'lishim shart.

- Slavche Voyneskini klubdan ketishi haqida fikrlaringiz?

- O'ylashimcha, u klub bilan nimagadir erishish uchun qo'lidan kelganini qildi. Futbolda hamma narsa tez ro'y beradi. Mavsumni Superkubokni yutish bilan boshlab, mavsum yarmida istefoga chiqish - buning barchasi futbol.

-Maksim SHackixni jamoaga kelishiga munosabatingiz qanday?

-Slavchega menga imkoniyat bergani uchun rahmat aytib qolaman. Klub hozir uning o'rniga o'zbek futboli afsonasi va sobiq ajoyib hujumchi Maksim SHackixni olib kelishga qaror qildi. Umid qilamanki, biz birga yahshi ishlab, katta marralarni zabt eta olamiz.

-Maksim SHackixni jamoa murrabiyiga aylanishi rejalaringizga tasir qiladimi?

-Mening rejam - jamoaga qo'limdan kelgancha yordam berish. Mavsum oxirigacha shartnomam bor, uyog'ini vaqt ko'rsatadi.

-Sizga qaysi poziciyada o'ynash qulayroq?

-Men uchun hujumda o'ynash qulayroq, chunki men ko'p gol urishni yoqtiraman. Ammo o'zimni xujumkor yarim himoyachi rolida ham yaxshi his qilaman. Faoliyatim davomida himoyadan tashqari hamma poziciyada o'ynaganman. Biroq, menga ko'proq hujumda o'ynash yoqadi.

-Bu yilgi mavsumda qaysi jamoalar chempionlik uchun favorit deb o'ylaysiz?

-To'g'risini aytsam, hamma jamoalar ajoyib o'yin ko'rsatishmoqda. Oxirgi o'yinlarda bizga omad etishmadi va 90-daqiqadan so'ng ochko yo'qotishni boshladik. O'ylashimcha, biz chempionlik uchun loyiq jamoamiz.

-Menda bor malumotlarga qaraganda, siz Viktor Lindelyof bilan bir jamoada o'ynagan ekansiz...

-Albatta, men Yuriy Tilemans, Ruben Diash, Renato Sanchesh va Joau Felish kabi futbolchilar bilan ham bir jamoada o'ynaganman.

-Qaysi mashhur futbolchilarga qarshi maydonda to'p surgansiz?

-O'tgan mavsumda sobiq jamoam bilan "Manchester Siti"ga qarshi o'ynagandim.

-Muhlislarga tilaklaringiz...

-Bizni qullab-quvatlashlarini so'ragan bular edim. Biz ular uchun maydonda borimizni berib, chempion bo'lishga xarakat qilamiz.

Uchqun Azimov suhbatlashdi.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика