So’nggi yangiliklar

14:51"Андижон" Австрия клубидан енгилди  1 14:14Месси – FourFourTwo талқинида тарихдаги энг яхши футболчи, Роналду 4-ўринда  23 12:35Руни "Манчестер Сити" – "Реал" ўйинида эксперт сифатида ишлайди  8 12:07Ўзбекистон – Қирғиз Республикаси учрашувининг вақти ўзгарди  13 11:39Ривалдо: "Ямаль – "Барселона" учун ҳақиқий хазина"  10 11:05Расман: Серхио Рамос Мексика клубига ўтди  7 10:45Жаҳонгир Абдумўминов Вьетнамдаги 4 йиллик фаолиятидан сўнг Ўзбекистонга қайтди  0 10:13Алтин Крезиу: "Андижон"да янги синовларга тайёрман"  1 09:42"ФарДУ" Про-лига янги мавсумига тайёргарликни Тошкентда давом эттиради  0 09:10Нима учун водий клубларида муаммолар бўлаверади? "Нефтчи"нинг трансфер тақиқи ва бошқа мавзулар — Камолиддин Мурзоев билан интервью  1 08:4538 ёшли Рамос янги жамоасида қайси рақамда ўйнайди?  3 08:15Расман: "Бунёдкор" хорватиялик ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  1 07:31Дилшод Жўраев: "Хоразм"нинг Суперлигада ўйнашига охиригача ишонгандик"  3 03:20Испания Кубоги. "Барселона" чорак финалда қийинчилик кўрмади, Торрес собиқ жамоасини аямади  67 02:57"Ливерпуль" катта қийинчиликсиз Англия Лига Кубоги финалига йўл олди  9

Olive JIRU: ”Franciyani baxtli qilishni istaymiz" Yangiliklar

Olive JIRU: ”Franciyani baxtli qilishni istaymiz"

Teglar :  Olive Jiru
Franciya terma jamoasi hujumchisi Olive Jiru Evropa chempionati chorak finalida Islandiyaga qarshi bellashuvda dublga erishib, g'alabaga munosib hissa qo'shdi.

Uchrashuvning eng yaxshi fubolchisi deb topilgan Jiru o'yin va chempionat haqida berilgan savollarga javob qaytardi.

Bosh murabbiy Dide Desham hujumchini 60-daqiqada zaxiraga olganda Jiruning yuzida ham o'zidan qoniqish, ham norozilik aks etdi. U gollari va maydondagi o'yinidan xursand bo'lsa, uchrashuvni oxirigacha davom ettirmaganidan norozi ekani sezilib turardi. O'yindan keyingi matbuot anjumanida Olive mazkur bellashuv o'zi uchun terma jamoada eng yaxshisi bo'lgani va jismoniy tarafdan juda yaxshi holatda ekanini his ekanini takidladi. Keyinchalik Franciyaning Klerfontendagi bazasida u batafsil intervyu berdi.

– Ochilish o'yinida Ruminiyaga gol urdingiz, lekin keyin bahslarni golsiz o'tkazdingiz. Islandiya bilan o'yin boshlanganda bunga shubha bormidi?

– Hech qanday. Maydonga tushib, gol urishimni his qilgandim. Maydonda o'z o'rnimni topib, foydali o'ynashga erishdim.

– Dide Desham sizni hamisha qo'llab-quvvatlagan.

– Desham va uning yordamchisi Gi Stefan doim o'yinimni kuzatib borishgan. Ular futbolni juda yaxshi tushunishadi va meni qo'llab-quvvatlashsa, demak ishonch bildirishmoqda. Menda inqirozlar ro'y berdi, lekin mavsumni yaxshi saviyada o'tkazdim. Murabbiylar ko'magi kuchimga ishonchni saqlab qoladi. Bunga yaxshi o'yin bilan javob berishni xohlayman. Evropa chempionatida esa yanada ko'proq.

– Tajribangiz va yoshingizga qaramay, qo'llab-quvvatlash siz uchun shunchalik muhimmi?

– Ha, u har bir futbolchi uchun muhim. Ayniqsa, OAV va muxlislar tanqidan munosabatda bo'lsa. Ko'mak ishonchni bildiradi. Har kuni eng yaxshi ekanimni eshitishim kerak emas. Bunga umuman etibor qaratmaslikka intilaman.

– Islandiyaga qarshi o'yinda sizni eng yaxshi deb topishdi.

– Jamoaning o'zi eng yaxshi bo'ldi. Franciya terma jamoasi Evropa chempionatida shu paytgacha beshta gol urmagandi. Biz juda yaxshi saviyaga chiqdik.

– Bu Germaniyadan 2014 yilgi jahon chempionatidagi mag'lubiyat uchun qasos olishga etarli bo'ladimi?

– “O'ch olish” so'zini yoqtirmayman. Lekin o'sha o'yinda qatnashganlar uni yodga olishsa kerak. O'shanda maydonda juda kam vaqt o'tkazgandim. Umid qilamanki, bu safar barchasi menga bog'liq bo'ladi. Biz kuchimizga ishonamiz, ammo barchasini kichik jihatlar hal etadi.

– Noyer darvozasiga allaqachon gol urgansiz. Uni jahonning eng yaxshi darvozaboni deb atashadi.

– Bu haqiqat, u buyuk darvozabon. Bizning Loris ham undan yomon emas, nazarimda. Ularning ikkisi ham terma jamoada etakchi futbolchilar. Albatta, Noyerni yana ranjitishni istardim. Men urmasam ham kimdir gol uradi. Gol urib bo'lmaydigan darvozabonlar yo'q.

– Franciya va Germaniya o'rtasida hamisha oddiy bo'lmagan munosabat bor. O'tgan yilning 13 noyabr kuni o'tgan uchrashuv uni do'stona ko'rinishga keltirgandi (o'sha kuni Parijning bir qator hududlarida terakatlar ro'y bergan).

– Aytish qiyin. Lekin o'yin boshlangan paytda buni hech kim eslamasa kerak.

– Yarim finalga tayyorgarlik ko'rish uchun bor bo'lgan 4 kun etarlimi?

– “Stad de Frans”dagi yomon maydon va yomon ob-havoga qaramay, o'zimni jismonan yaxshi his etyapman. SHeriklarim haqida ham shunday deya olaman. Bizda jarohat olgan yoki diskvalifikaciyaga uchragan futbolchilar yo'q. Men ijobiy shaylanganman.

– Italiyani mag'lub etgan Germaniyadan farqli o'laroq Franciya hozirgacha biror favoritga to'qnash kelmadi.

– Evropa chempionati etakchi va qolgan jamoalar o'rtasidagi farq kamayganini ko'rsatdi. Kuchsiz termalar tartibli va bor kuchlari bilan o'ynashmoqda, ko'plarning tarkibida jahon darajasidagi yulduzlar bor. Islandiya Angliyani yutdi! Buni kimdir Evropa chempionatidan oldin tasavvur qila olarmidi? O'z-o'zidan tushunarli, buyuk jamoalarni yutmasdan sovrinni yutish imkonsiz. Germaniya aynan shunday munosabatda bo'lamiz. Evropa chempionatini yutishni xohlaymiz. Bizda umid, xohish va kuch bor. Franciyani baxtli qilishni istayotgan ajoyib jamoa mavjud.

Behzod NAZAROV tayyorladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика