Slotning o'rnini egallashi mumkin bo'lgan ikki murabbiyning nomi malum bo'ldi
10 dek 01:38
Yangiliklar
Slotning o'rnini egallashi mumkin bo'lgan ikki murabbiyning nomi malum bo'ldi
"Liverpul" Arne Slot istefoga chiqarilgan taqdirda, uning o'rniga "Kristal Pelas" bosh murabbiyi Oliver Glasnerni nomzod sifatida ko'rib chiqayotgani malum bo'ldi. Bu haqda Caught Offside xabar bermoqda. Manba malumotlariga ko'ra, mersisaydliklar rahbariyati avstriyalik mutaxassisni yaqin kelajak uchun jiddiy nomzod deb hisoblamoqda. "Liverpul" Glasnerni jamoaning raqobatbardoshligini saqlab qolgan holda uni barqarorlashtira oladigan shaxs sifatida baholamoqda.
Bundan tashqari, "Liverpul" uzoq muddatli strategik tanlov sifatida hozirda PSJni boshqarayotgan Luis Enrike nomzodini ham ko'rib chiqmoqda. Ispaniyalik mutaxassis "o'ta shuhratparast futbolchilarni boshqara oladigan va hujumkor tamoyillarga sodiq qoladigan, tajribali, g'oliblik ruhi bor murabbiy" sifatida tariflanmoqda.
Angliya chempionatining 15-turidan so'ng "Liverpul" 23 ochko to'plab, 10-o'rinni egallab turibdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Сельта"га мағлуб бўлди, Гарсия ва Кассерас қизил карточка олди
Месси ўз рекордини янгилашда давом этмоқда
Алонсо кечаги мағлубиятдан сўнг ҳакамни кескин танқид қилди
"Олтин тўп" соҳиби Салоҳни танқид қилди
Fikrlar