"Kristal Pelas"ga sovrinlar olib bergan murabbiy ishdan ketishini ma'lum qildi

Mirjalol Normatov
17 yanv 2026, 10:23
Oliver Glasner ushbu mavsum yakunlanganidan keyin jamoadan ketishini ma'lum qildi.

"Bir necha oylar oldin klubga boshqa chaqiruvlar istashimni aytdim", - dedi 51 yoshli murabbiy, klubdan bo'lgan shartnomaga qo'l qo'ymagani sababini tushuntirib.

Asvtriyalik murabbiy 2024 yil fevralidan buyon jamoani boshqarib kelmoqda. Uning qo'l ostida "Pelas" Angliya Kubogi va Superkubogini qo'lga kiritdi. U "Ayntraxt" bilan Yevropa ligasi sovriniga ham ega chiqqandi.

Ayni damda "Pelas" APLda 21 o'yinda 28 ochko to'plagan holda 13-o'rinni egallab turibdi.

Oldinroq Glasnerga "Manchester Yunayted" tomonidan qiziqishlar bo'layotgani aytilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano