So’nggi yangiliklar

16:52ЖЧ-2026 фаворитлари айтилди. Ўзбекистон қайси ўринда?  2 16:24Франция терма жамоаси собиқ дарвозабони фаолиятини якунлади  0 15:556 минг сиғимли стадион "Барса" – "Валенсия" учрашувини қабул қилади. Ла Лига рози  2 15:28"Реал" собиқ футболчиси Гонконгга кўчиб ўтди  0 14:54АПЛ топ-клублари "Барселона" вундеркиндини сотиб олмоқчи  3 14:27Чемпионлар Лигаси 2026/27 йилги мавсум финали Мадридда ўтказилиши мумкин  3 14:05Суперлига. "Насаф" — "Бухоро" 5:0  1 13:57Тимур Кападзе: "Атрофдаги воқеалардан жуда чарчадим"  91 13:34Ямаль: "Олтин тўп"ларим кўп бўлишини орзу қиламан"  5 13:06Аёллар ОЧЛ гуруҳ босқичига қуръа ташланди: "Севинч" Эрон, Хитой ва Ҳиндистон жамоалари билан ўйнайди  4 12:49ЖЧ-2022 ярим финалчиси Ўзбекистон билан ўртоқлик ўйини ўтказмоқчи  11 12:20"Насаф" "Бухоро" дарвозасига 5 та тўп йўллаган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  1 11:55Аргентина ва Албания ирқчилик туфайли 6 хонали сондан иборат жаримага тортилди  4 11:19U-23 Осиё кубогига қуръа ташлаш санаси маълум  14 10:57"Реал" ва Испания терма жамоасининг собиқ футболчиси фаолиятини Гонконг чемпионатида давом эттиради  0

Olis masofadan darvozani ishg'ol etib, tur goliga mualliflik qilgan yarim himoyachi, darvozani "quruq" saqlab, jamoasi g'alabaga erishishiga ko'maklashgan posbon - Superligada 25-tur laureatlari Yangiliklar

Olis masofadan darvozani ishg'ol etib, tur goliga mualliflik qilgan yarim himoyachi, darvozani "quruq" saqlab, jamoasi g'alabaga erishishiga ko'maklashgan posbon - Superligada 25-tur laureatlari

Coca Cola Superligasining 25-turidan o'rin olgan uchrashuvlar yakunlandi.

"Championat.asia" o'tkazilgan bahslar asosida tur laureatlarini aniqladi.

"Bunyodkor" azosi Sarvar Karimov "Championat.asia" sayti talqiniga ko'ra 25-turning eng yaxshi darvozaboni deb topildi. 

"Qaldirg'ochlar" darvozaboni ortda qolgan turda o'zini har taraflama ko'rsatib, darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi, uning jamoasi "Metallurg"ni 1:0 hisobida engishga erishdi.



"Olimpik" iqtidorli yarim himoyachisi SHerzod Esanov "Championat.asia" talqinida 25-turning eng yaxshi futbolchisi deya elon qilindi.  

"Olimpik" vakili "Navbahor"ga qarshi bellashuvda faol harakatlari bilan ajralib turdi va chiroyli gol urib, jamoasi g'alaba qozonishida katta hissa qo'shdi.



"Olimpik" xavbeki SHerzod Esanovning 86-daqiqada "Navbahor" darvozasiga kiritgan to'pi "Championat.asia" talqiniga ko'ra 25-turning eng chiroyli goli (VIDEO) deb tan olindi. 

CHap qanotda to'p tepgan yarim himoyachi namanganliklar bilan uchrashuvda tinim bilmadi va o'yin yakuniga oz qolganida olis masofadan yo'llagan zarbasi orqali hisobni oshirdi. 



"Olimpik" bosh murabbiyi Timur Kapadze "Championat.asia" talqiniga ko'ra 25-turning eng yaxshi murabbiyi sifatida etirof etildi.

"Olimpik" ushbu turda sovrinli o'rin uchun kurashayotgan "Navbahor"ni mehmon qilib, 2:1 hisobida zafar quchdi. Olimpiyachilar ustozi Kapadze tarkibda bir qancha muammolar borligiga qaramay, rotaciyaga qo'l urilgan tarkibni maydonga tushirdi va uning tanlovi o'zini oqlab, jamoa g'alaba qozonishga erishdi.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика