So’nggi yangiliklar

08:52Легионеримиз жароҳат сабабли Ўзбекистон МТЖнинг сентябрь ойидаги ўйинларини ўтказиб юборади  5 08:24ПСЖ футболчиси "Ал Иттиҳод"га кўчиб ўтди  0 07:55Расман. Осимхен "Наполи"ни тарк этди  1 07:37Расман. Ўзбекистон терма жамоаси етакчиларидан бири фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттиради  5 23:30Ильдар Маматказин: "Навбаҳор" билан зўр финал бўлади. Мухлислар? Яхшиси "Бобур Арена"га келинг"   12 23:08Умар Эшмуродов: "Ҳеч ким уч очкони осонгина бериб қўймайди. Суперлигамиз Малайзия чемпионатидан анча кучлироқ экан"  19 22:40Санжар Турсунов: "Жаҳон чемпионати саралашларида яхши имкониятга эгамиз"  6 22:20Ўзбекистон кубоги. Сўнгги бор финалда қачон водий дербиси бўлган?  16 21:21Ўзбекистон МТЖ Тошкентда йиғинни бошлади. Кулаётган Бобир, хаёл сураётган Ҳожиакбар  12 21:00Эксклюзив интервью. Сречко Катанец: "10 та ўйиннинг барчасида ғалаба қозонмоқчимиз"   13 20:02"Ал Иттиҳод" ПСЖ ярим ҳимоячиси билан шартнома имзолади, here we go!  1 19:38Виктор Осимхеннинг янги жамоаси маълум  9 19:25Рустам Ашурматов: "КХДР терма жамоаси ҳақида тўлиқ маълумотга эга эмасмиз"  9 18:53"Реал"нинг яна бир футболчиси жароҳат олди ва 8 ҳафтага сафдан чиқди  1 18:22Гари Невилл: "Бугун топ-футболчилар МЮга ўтишни истамаяпти"  2

Olimpiyachilarimizdan umidimiz katta! Yangiliklar

Olimpiyachilarimizdan umidimiz katta!

Yana bir necha kundan so'ng Tailandda 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasida Osiyo chempionati boshlanadi.

O'zbekiston U-23 jamoasi bu musobaqaga amaldagi chempion sifatida tashrif buyuradi. Barchangizga malumki 2018 yilda Xitoyda bo'lib o'tgan Osiyo chempionati vakillarimizning ajoyib g'alabasi bilan yakunlangan edi.

Bu yoshdagi Osiyo chempionati har ikki yilda bir marta o'tkaziladi. Har to'rt yildagisi esa Olimpiadaga yo'llanma beradigan turnir hisoblanadi. Biz chempion bo'lganimiz Xitoydagi chempionat hech qanday turnirga (olimpiada yoki boshqa musobaqaga) yo'llanma bermas edi. Mana endi Tailandda bo'lib o'tadigan U-23 Osiyo chempionati, Yaponiyada bo'lib o'tadigan olimpiadaga 3 dona yo'llanma beradi. Agar biz bu safar yarim finalga chiqa olsak va Yaponiya ham yarim finalga chiqsa, demak O'zbekiston olimpiadaga boradi, chunki Yaponiya mezbon. Demak bu galgi turnirning ahamiyati juda yuqori.

O'zbekiston U-23 terma jamoasi o'z guruhida Eron, Xitoy hamda Janubiy Koreya terma jamoalariga qarshi kurash olib boradi.

Bir qarashda biz eng murakkab guruhdan o'rin olgandekmiz, lekin Osiyo chempionatida oson raqibning o'zi bo'lmaydi. Eronni o'rtoqlik o'yinida yutdik. Xitoyni unchalik bilmaymiz. Janubiy Koreyani ikki yil odingi Osiyo chempionatida 4:1 ga yutganmiz.

O'zbekiston - Janubiy Koreya 4:1
Gollar:
Zabihillo O'rinboev 33, - 1:0. Xvang Xyun Su 58, - 1:1. Azizjon G'aniev 99, - 2:1. Jasurbek Yaxshiboev 110, - 3:1. Akromjon Komilov 120, - 4:1.

To'g'ri o'yin oson bo'lmagan. Biz o'shanda Koreyslar keyingi Osiyo chempionatiga boradigan tarkibni olib kelgan deb taxmin qilgan edik, yani nisbatan yosh futbolchilarni. O'sha uchrashuvda gol urgan Jasur Yaxshiboev hamda Azizjon G'aniev bu safargi musobaqada ham yurtimiz sharafini himoya qilishadi. Janubiy Koreya esa Tailandga butunlay boshqa tarkib bilan kelmoqda. Xitoydagi chempionatda futbolchilarimiz Yaponiya terma jamoasi darvozasiga ham javobsiz to'rtta gol urishgandi.

Yaponiya - O'zbekiston 0:4
Gollar
: Javohir Sidiqov 31, - 0:1. Dostonbek Hamdamov 34, - 0:2. Jasurbek Yaxshiboev 39, - 0:3. Jasurbek Yaxshiboev 47, - 0:4.

Futboldan boshqa sport turlarida O'zbekistonlik sportchilar ko'plab olimpiada medallarini qo'lga kiritishgan. Futbol bo'yicha olimpiya terma jamoamiz esa hali biron marta olimpiada o'yinlariga yo'llanmani qo'lga kiritmagan. Futbolchilarimiz Tailandda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionatidan bizga olimpiada o'yinlarining futbol turniriga yo'llanmani sovg'a qilib olib kelishlariga umid qilishimizga etarlicha asoslar bor. Bu yoshdagi futbolchilarimizning barchalari o'zlari o'ynayotgan klublarining asosiy tarkib futbolchilari hiosblanishadi. Qolaversa ko'pchilik futbolchilarimzda halqaro tajriba ham etarlicha. Uchinchidan avvallari bu yoshdagi terma jamoaga yaratilmagan sharoitlarni O'FA bu terma jamoamiz futbolchilariga yaratib berdi.

Aziz futbol muxlislari duo qilib turaylik, futbolchilarimiz Tailanddan yorug' yuz bilan vatanimizga qaytib kelishsin!


Akramjon Mamadaliev

Reyting: +31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика