So’nggi yangiliklar

00:29Қозоғистон Профессионал футбол лигасининг букмекер ҳамкоридан қанча пул олаётгани маълум бўлди  0 00:12ПСЖ автобуси "Боруссия" стадионини Мбаппесиз тарк этди  0 23:40Конференциялар лигаси. "Астон Вилла" — "Олимпиакос" ҳамда "Фиорентина" — "Брюгге" учрашувлари бошланди  1 23:33Европа лигаси. "Марсель" "Аталанта"га қарши, "Рома" эса "Байер" билан куч синашмоқда (онлайн ҳисоб)  6 23:28Россия кубоги. РПЛ йўли. Финал. Файзуллаев захирадан туширилди, ЦСКА эса илк ўйинда дуранг ўйнади  4 23:17U-23 Осиё кубоги. Ироқ 3-ўрин учун баҳсда Индонезияни мағлуб этиб, Олимпиада йўлланмасини қўлга киритди  28 23:00Бензема "Реал Мадрид"га қайтди  14 22:41АПЛ. "Челси" — "Тоттенхэм" (онлайн ҳисоб)  1 22:26Ўзбекистон U-23 терма жамоасининг финалдан олдинги расмий машғулоти  1 22:11"Арсенал" логотипини ўзгартиради  2 21:55Аргентина Месси фаолиятини якунлагач, 10-рақамни ҳеч кимга бермайди  6 21:30Ўзбекистон олимпия терма жамоасининг финал олдидан ўтказган машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 21:04Куртуа Евро-2024'да иштирок этмайди  0 20:59Осиё Чемпионлар лигаси финалини ўзбекистонлик ҳакамлар бошқаради  7 20:16"Қайрат" ўзбекистонлик олимпиячиларни ўз сафига қўшиб олмоқчи  19

"Olimpik" yangi mavsumga qanday tayyorgarlik ko'rdi: Jamoaning bu yilgi bosh maqsadi - Parij! Yangiliklar

"Olimpik" yangi mavsumga qanday tayyorgarlik ko'rdi: Jamoaning bu yilgi bosh maqsadi - Parij!

Championat.asia sayti Superliganing yangi mavsumi oldidan klublarning tayyorgarligi to'g'risida so'z yuritadi.

Tarkib va transferlar

O'tgan mavsum yakunlanganidan so'ng "Olimpik"ning ko'plab futbolchilari boshqa jamoalar bilan muzokaralar olib borishga kirishib ketishdi. Bu orada Jasur Jaloliddinov "Neftchi" bilan shartnoma imzoladi. Abdurauf Bo'riev "Paxtakor", Alisher Odilov hamda Saidazamat Mirsaidov "Navbahor" bilan kelishuvga erishdi. Ibrohim Ibragimov, Otabek Jo'raqo'ziev, Temur Mamasiddiqovlar ham boshqa jamoalar bilan deyarli kelishib olgan edi. Lekin, yakunda rahbariyat va murabbiylar Olimpiadaga yo'llanma beradigan U-23 Osiyo kubogi yaqin bo'lgani sabab futbolchilarni bir joy ("Olimpik")da ushlab turishga qaror qilishdi. SHu sababdan yuqoridagi o'yinchilar "Olimpik"ka qaytdi. Odilov va Mirsaidov "Navbahor" bilan Turkiya yig'iniga ketgan joydan qaytib keldi. Bulardan tashqari, transfer huquqi "Metallurg"ga tegishli markaziy himoyachi Odil Abdumajidov "Dinamo"ga o'tdi. 2023 yilning ikkinchi davrasini "Olimpik"da o'tkazgan SHerzod Esanov yana "Andijon"ga qaytib ketdi.

Temur Kapadze jamoasiga bu yil "Navbahor", "Neftchi", "Metallurg" o'rinbosarlar jamoasidan o'yinchilar jalb etildi. O'tgan mavsumning 2-davrasini "Metallurg"da o'tkazgan Muhammadaziz Ibrohimov va "Surxon"da o'ynagan SHahzod Toirov jamoaga qaytdi.

Bu mavsum "Olimpik"ning U-21 jamoasini Timur Kapadze boshqarmaydi. Balki, Odil Ahmedov FA tarbiyalanuvchilari "Olimpik" o'rinbosarlari sifatida o'ynaydi. SHu sabab aynan terma jamoamiz sobiq sardori akademiyasi tarbiyalanuvchilari mavsum davomida bemalol asosiy jamoada ham o'ynay olishlari mumkin. Masalan, U-17 Osiyo va Jahon chempionatlari ishtirokchisi Behruz Jumatov (markaziy himoyachi) "Olimpik"ning asosiy jamoasi bilan mashg'ulotlarda ishtirok etmoqda va jamoa bilan Qarshiga ham kelgan.


"Olimpik"ning Superliga-2024 uchun qaydnomasi:

1.SHukron Yo'ldoshev, darvozabon

2.Saidazamat Mirsaidov, himoyachi

5.Davronbek Olimjonov, himoyachi

7.Ibrohim Ibragimov, yarim himoyachi

8.Nodirbek Abdixoliqov, yarim himoyachi

9.Asadbek Jo'raboev, hujumchi

10.Farruxbek Muxtorov, yarim himoyachi

11.Otabek Jo'raqo'ziev, hujumchi

13.Hamidullo Abdunabiev, darvozabon

15.Muhsin Bozorov, yarim himoyachi

16.Rian Islamov, yarim himoyachi

17.Jaloliddin Sodiqov, himoyachi

18.Akbar Abdirasulov, himoyachi

19.Ahmadullo Muqumjonov, himoyachi

21.Muhammadaziz Ibrohimov, yarim himoyachi

22.SHahzod Toirov, himoyachi

23.Abdurauf Bo'riev, yarim himoyachi

28.Rustam Jahonov, himoyachi

29.Aleksandr Zevadinov, himoyachi

37.Alisher Odilov, hujumchi

44.Asadbek Rahimjonov, himoyachi

77.Temur Mamasidiqov, hujumchi

99.Edem Nemanov, darvozabon.


Qishki yig'indagi natijalar

"Olimpik" jamoasi qishga mo'ljallangan dastlabki yig'inni 17-28 dekabr kunlari Turkiyaning Antaliya shahrida olib bordi. Yig'in doirasida Qozog'istonning "Kaysar" klubiga qarshi ikkita nazorat uchrashuvi o'tkazildi.

Nazorat uchrashuvi

23.12.2023

"Olimpik" - "Kaysar" (Qozog'iston) 2:0

Gollar: O.Jo'raqo'ziev, F.Sohibjonov

26.12.2023

"Olimpik" - "Kaysar" (Qozog'iston) 2:0

Gollar: A.Odilov, R.Jiyanov

SHundan so'ng jamoaga kichik dam berildi. 2024 yilning 6 yanvar sanasidan esa Toshkentda navbatdagi yig'inga kirishildi. Poytaxtimizdagi 10 kunlik yig'inda Samarqandning "Dinamo" jamoasi bilan bellashildi.

Nazorat o'yini

10.01.2024

"Odil Ahmedov akademiyasi" stadioni

"Dinamo" - "Olimpik" 2:0

Gollar: D.Rahmatullaev, B.Nasimov


"Olimpik" yig'ini 17 yanvardan 7 fevralga qadar Turkiyada davom etdi. Ana shu davr mobaynida Kapadze jamoasi jami 7ta o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.

Nazorat o'yinlari

20.01.2024

"Olimpik" - "Radnichki" (Serbiya) 2:3

Gollar: J.Jaloliddinov, A.Odilov

23.01.2024

"Olimpik" - "SKA-Xabarovsk" (Rossiya) 0:3

24.01.2024

"Olimpik" - "Jenis" (Qozog'iston) 0:1

27.01.2024

"Olimpik" - "Aktobe" (Qozog'iston) 2:1

Gollar: SH.Toirov, J.Jaloliddinov - M.Samorodov

28.01.2024

"Olimpik" - "Maxachkala" Dinamo (Rossiya) 2:4

Gollar: U.Hoshimov, J.Jaloliddinov

04.02.2024

"Olimpik" - "Ximki" (Rossiya) 2:1

Gollar: A.Odilov (pen.), I.Ibragimov (pen.) - D.Stepanov

05.02.2024

"Olimpik" - "Kolxeti-1913" (Gruziya) 2:1

Gollar: P.Xoldorxonov, M.Abdumannopov.

Turkiyada o'tkazilgan ikkinchi yig'indan keyin "Olimpik" 13 fevraldan boshlab yangi mavsumga Toshkentda tayyorgarlik ko'rib keldi. Orada 16 fevral kuni kuchli qor ostida "Mashal" bilan nazorat uchrashuvi ham o'tkazildi.

Nazorat o'yinlari

16.02.2024

"Olimpik" - "Masha" 0:1

Gol: A.Murodov


Jamoa qaysi brend liboslaridan foydalanadi?

 "Olimpik" bu yil ham xuddi o'tgan mavsumdagidek "Nike" brendi ekipirovkalari va liboslaridan foydalanadi. Faqat yangi liboslar Toshkentga to'liq etib kelmagani sabab jamoa "Nasaf"ga qarshi 1-tur o'yinida o'tgan yilgi formada o'ynaydi.


Superliga-2024 startida "Olimpik" kimlar bilan o'ynaydi?

Timur Kapadze shogirdlari Superliga-2024 1-turini Qarshida "Nasaf"ga qarshi o'tkazishadi. 1 mart sanasiga belgilangan bahs 19:15da start oladi va "Sport" telekanalida to'g'ridan-to'g'ri efirga uzatiladi. 2-turda "Olimpik" "Lokomotiv"ni mehmon qiladi. 9 mart sanasiga belgilangan ushbu bellashuv "Bunyodkor" stadionida bo'lib o'tadi. Sababi, o'sha paytda "Jar" stadionida qizlar o'rtasida U-20 Osiyo chempionati o'yinlari o'tkazilayotgan bo'ladi. 15 mart kuni esa jamoa 3-tur doirasida "So'g'diyona" mehmoni bo'ladi.


"Olimpik"ning imkoniyatlari

Bu yil Timur Kapadze va uning shogirdlari uchun Superligadanda muhimroq musobaqa bor. 15 apreldan 3 mayga qadar Qatarda U-23 Osiyo kubogi bahslari bo'lib o'tadi. Ana shu musobaqada Parij olimpiadasi yo'llanmalari ham o'ynaladi. SHunday ekan bosh murabbiy asosiy etiborni Osiyo kubogiga qadar futbolchilarni sinab olish va o'yinni yaxshilashga qaratishi shubhasiz. Lekin, bu jamoa Superligaga etiborsizlik bilan qaraydi degani emas. Albatta, ichki chempionatda ham imkon qadar yuqori o'rinlar uchun kurash olib borishga urinilishi aniq. Jamoa "Nasaf", "Navbahor", "Neftchi" yoki "Paxtakor" kabi chempionlik uchun kurashmasa-da, munosib ishtirok etishga urinadi. Tarkibdagi asosiy futbolchilar yozda boshqa jamoalarga ketib qolishi mumkinligini hisobga olsak, "Olimpik"ka ikkinchi davrada oson bo'lmasligi aniq.

Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика